logo

Alisher Navoiy. Qit'alar va fardlar

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6216.865234375 KB
Alisher 
N av oiy. 
Qit 'alar v a 
fardlar                                             Bu mav zuda biz:
–  Alisher  Nav oiy   qit ’alari  v a  fardlaridagi 
g‘oy alarni t ahlil qilamiz;
–  fard  v a  qit ’a  haqidagi  t ushunchalarga  ega 
bo‘lamiz;
–  mumt oz  adabiy ot dagi  k ichik   janrlarni 
solisht iramiz.               Alisher Navoiy  haqida
Alisher  Navoiy  (1441–1501)  o‘z  davrining  iste’dodli  shoiri,  davlat   arbobi,  olim, 
ko‘plab  asarlari  bilan  o‘zbek  adabiyoti  tarixida  o‘chmas  iz  qoldirgan  buyuk 
mutafakkirdir.  U  to‘rt  yoshidan  adabiyotga,   she’riyatga  va  ilm  olishga  qiziqdi, 
o‘tkir  zehni  va  tug‘ma  qobiliyati   bilan  zamonasining  obro‘li  ijodkorlari,  san’atkor 
va  olimlari  e’tiborini  tortdi.  O‘n  –  o‘n  ikki  yoshlaridan  she’rlar  yoza  boshladi. 
Tarixchilarning  yozishicha,  mashhur  shoir  Lutfiy  Alisherning  bolalikda
yozgan:
Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh...
misralari  bilan  boshlanadigan  g‘azalini  tinglab,  “Agar  mumkin   bo‘lsa  edi,  men 
o‘zimning  forsiy  va  turkiy  tillarda  aytgan  o‘n-o‘n  ikki   ming  she’rimni  shu  bir 
g‘azalga  almashar  edim”,  –  degan  ekan.   Navoiy  iste’dodi  keyinchalik  tinimsiz 
mehnat va izlanishlar bilan uyg‘unlashib, jahon adabiyoti durdonalari   darajasidagi 
buyuk asarlarning dunyoga kelishida muhim omil bo‘lib xizmat   qildi.                  Moskva shahridagi   Alisher Navoiy haykali  Alisher Nav oiy  qit ’alarini t ahlil qilamiz  
Qit ’a  (arabcha  “bo‘lak,  qism,  parcha” 
so‘zidan)  mumtoz  adabiyotda   qo‘llangan 
janrlardan  biri  bo‘lib,  unda  muallifning  turli 
mazmundagi   fikr-mulohazalari,  qarashlari 
ifodalanadi.  Qit’a  ikki  bayt  (to‘rt  qator)  va  
undan  ortiq  bo‘lishi  mumkin.  Unda  har  
ikkinchi misra (qator) o‘zaro   qofiyalanadi.  Quyidagi qit’ani o‘qing va qofiyalanishiga e’tibor bering. Qit’a   mazmunini hozirgi 
o‘zbek tilida ifodalashga harakat qiling.   J uft -juft  bo‘l ib i shl ang. N av oiy  qit ’alari dan namunalarni  o‘qing   v a 
t ahli l qiling. J adv alni  daft ari ngizda t o‘ldiring.  Alisher Navoiy fardlarini tahlil qilamiz  
Quyidagi  fardni  o‘qing.  Unda  qanday  g‘oya  
ifodalanmoqda?   Fardning  ikkinchi  misrasi  (qatori)  nimaga 
xizmat qilmoqda?
Yuqar yamonlig‘ angakim, kirar yamon el aro,
Ko‘mur aro ilik urg‘on qilur ilgini qaro.  •
A)   YOMONGA  AYTSANG  SIRINGNI,  MINGTA 
QILAR BIRINGNI.
•
B)   ZOLIM  OSHI  OSH  BO‘LMAS,  YOMON  YIG‘ILIB 
BOSH BO‘LMAS.
•
C)  QOZONGA  YAQIN  YURSANG,  QORASI  YUQAR, 
YOMONGA YAQIN   YURSANG – BALOSI. Berilgan maqollardan qay si biri fardning g‘oy asini ak s 
et t iradi? Juft-juft  bo‘lib  ishlang.  Navoiy 
fardlaridan  namunalarni  o‘qing   va 
tahlil  qiling.  Har  bir  fardning  g‘oyasini 
bitta  gap  bilan  ifodalang  yoki  unga 
mos maqol toping.  Tahlil qiling va lug`at so`zlarni eslab qoling! Tahlil qiling v a lug` at  so` zlarni eslab qoling! MUMTOZ A DA BIYOTDAGI J A N RLA RN I QIYOSLAY MI Z  
Siz  bilan  oldingi  sinflarda  Alisher  Navoiy 
ruboiylarini  o‘qib,  tahlil  qilgan  edik.  Ruboiy, 
qit’a  va  fardlar  qaysi  jihatlari  bilan  bir-biriga  
yaqin va qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
Quyida  Alisher  Navoiyning  ruboiy,  qit’a  va 
fardlaridan  namunalar   berilgan.  Ularni 
qiyoslab  tahlil  qiling.  Jadvalni  daftaringizda 
to‘ldiring.      J adv alni daft aringizda t o‘ldiring ! Alisher Navoiy devoni (she’rlar to‘plami).  
XVI asr  Tahlil qiling, munozara uy usht iring
1. Takalluf erur tang‘a farsudaliq,
Aning tarkidur jong‘a osudaliq. 
t ak alluf –  yuzaki,   zo‘rma-zo‘raki
farsudaliq –   horg‘inlik  Tahlil qiling, munozara uy usht iring
2.  Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.
saxo  – saxovat,   qo‘li ochiqlik
faqr  – kambag‘allik; kamtarlik
rizo  – rozilik,   ko‘nish         Asar janrini aniqlang
Ahli ma’ni guruhida zinhor
Hech or aylama gadolig‘din
Kim, bularg‘a gadolig‘ ortug‘dur,
Ahli suratg‘a podsholig‘din.
ahli ma’ni  –   olimlar, bilimdonlar
ahli surat   –   nodon kishilar      Asar janrini aniqlang
Xaliq o‘lg‘an saxiydin elga bo‘ldi yakki baxshoyish
Ham ehsonidin oroyish, ham axloqidin osoyish.
xaliq  – chiroyli
bax shoy ish  –   tuhfalar, hadyalar
oroy ish  – bezak,   pardoz
osoy ish  – tinchlik       Foy dalangan 
adabiy ot
Adabiy ot  7 [Mat n]: 7-sinf 
uchun darslik  / Z. I . 
Mirzay ev a, K. Q. Djalilov. – 
Toshk ent : Respub -lik a 
t a’lim mark azi, 2022. – 224 
b. Ushbu taqdimot slaydi
mahsulotidir.
DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Alisher N av oiy. Qit 'alar v a fardlar

Bu mav zuda biz: – Alisher Nav oiy qit ’alari v a fardlaridagi g‘oy alarni t ahlil qilamiz; – fard v a qit ’a haqidagi t ushunchalarga ega bo‘lamiz; – mumt oz adabiy ot dagi k ichik janrlarni solisht iramiz.

Alisher Navoiy haqida Alisher Navoiy (1441–1501) o‘z davrining iste’dodli shoiri, davlat arbobi, olim, ko‘plab asarlari bilan o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkirdir. U to‘rt yoshidan adabiyotga, she’riyatga va ilm olishga qiziqdi, o‘tkir zehni va tug‘ma qobiliyati bilan zamonasining obro‘li ijodkorlari, san’atkor va olimlari e’tiborini tortdi. O‘n – o‘n ikki yoshlaridan she’rlar yoza boshladi. Tarixchilarning yozishicha, mashhur shoir Lutfiy Alisherning bolalikda yozgan: Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh... misralari bilan boshlanadigan g‘azalini tinglab, “Agar mumkin bo‘lsa edi, men o‘zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o‘n-o‘n ikki ming she’rimni shu bir g‘azalga almashar edim”, – degan ekan. Navoiy iste’dodi keyinchalik tinimsiz mehnat va izlanishlar bilan uyg‘unlashib, jahon adabiyoti durdonalari darajasidagi buyuk asarlarning dunyoga kelishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

Moskva shahridagi Alisher Navoiy haykali

Alisher Nav oiy qit ’alarini t ahlil qilamiz Qit ’a (arabcha “bo‘lak, qism, parcha” so‘zidan) mumtoz adabiyotda qo‘llangan janrlardan biri bo‘lib, unda muallifning turli mazmundagi fikr-mulohazalari, qarashlari ifodalanadi. Qit’a ikki bayt (to‘rt qator) va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Unda har ikkinchi misra (qator) o‘zaro qofiyalanadi.