Alohida muhofaza qilinadigan hududlar
www.arxiv.uzAlohida muhofaza qilinadigan hududlar Reja: 1. Mamlak at im iz milliy bog'lari v a qo'riqxonalari 2. O'zbek ist on Respublik asi Tabiat ni muhofaza qilish dav lat qo'mit asi Axborot xizmat
www.arxiv.uz 2014 yil 10 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya resurslari qo'mitasi hamda Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog'ini jalb qilgan holda « Mamlakatimiz milliy bog'lari va qo'riqxonalari » mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya resurslari qo'mitasi, Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog'i mas’ul rahbar va xodimlari, manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
www.arxiv.uz Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sifatida O'zbekistonda ayni vaqtda 8 ta davlat qo'riqxonalari, 2 ta milliy bog', 1 ta ekomarkaz, 1 ta biosfera rezervati, 10 ta davlat buyurtmaxonalari, 5 ta tabiat yodgorligi hududlari faoliyat ko'rsatmoqda. Bu hududlarda milliy hamda xalqaro "Qizil kitob"larga kiritilgan, yo'qolish ehtimoli bo'lgan nabodot va hayvonot turlari davlat muhofazasiga olingan. Mazkur tizimda davlat tabiat qo'riqxonalari asosiy o'rinni egallaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat qo'riqxonalari hududlari qat’iy muhofaza rejimi ostida bo'lib, unda yil davomida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish borasida kuzatuvlar olib boriladi. Qo'riqxonalarning asosiy maqsadi qimmatli tabiiy ob’yektlar, landshaftlar, noyob va qimmatli o'simliklar hamda hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdir. Bugungi kunda qo'riqxonalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar aholi o'rtasida muhofaza etiladigan yovvoyi tabiat boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o'rni bilan bog'liq keng targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishga da’vat etilgan.
www.arxiv.uz Qator mamlakatlar bioxilma-xillikni muhofaza qilishda Milliy bog'larni rivojlantirishga xissalarini qo'shmoqdalar. 2011 yilning 26 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 243-sonli Qarori bilan 68717, 8 ga maydonga ega Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati tashkil etildi. Mazkur rezervat "Baday-to'qay" davlat qo'riqxonasi bazasida tashkil etildi. Qo'riqlash hududi 11568, 3 ga bo'lib, qat’iy muhofaza rejimi ostidagi hudud hisoblanadi. Biosfera rezervati qo'riqxona va buyurtmaxona vazifalarini bajaruvchi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga kiradi. U o'z faoliyatida biologik xilma-xillik hamda biologik resurslardan fuqarolar va xo'jalik yurituvchi sub’yektlar manfaatlari yo'lida ulardan barqaror foydalanishdek faoliyatni o'zida mujassam etadi.
www.arxiv.uz Biosfera rezervatlari nafaqat u joylashgan hududda istiqomat qiluvchi aholining tabiat bilan uyg'un holatda rivojlanish imkonini beradi, balki jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv O'zbekiston Respublikasining biologik xilma-xilligini muhofaza qilish bo'yicha Milliy strategiyasi va chora-tadbirlar rejasida o'z aksini topgan. O'tkazilgan matbuot anjumanida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi vakillari tomonidan O'zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari haqida, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi Qo'riqxonalar, milliy tabiiy bog'lar va ovchilik xo'jaligi boshqarmasi tizimidagi Surxon davlat qo'riqxonasi vakili tomonidan "Surxon davlat qo'riqxonasi. Idmiy tadqiqotlar" haqida, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya resurslari qo'mitasi vakili tomonidan "Kitob Davlat geologiya qo'riqxonasi zaminimizning 460 million yillik tarixi nigohida" haqida va Toshkent viloyati hokimligi qoshidagi Ugom-Chotqol dalvt tabiat milliy bog'i vakili tomonidan "Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog'i" haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari xodimlariga yetkazildi,