logo

Amir Temur davrida davlat boshqaruvi

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1246.0419921875 KB
Mavzu:  Amir  Temur davrida davlat boshqaruvi
Reja:
1.Amir Temur davlatining markaziy hokimiyat va boshqaruv 
organlari.
2.Davlatning harbiy-boshqaruv tizimi.
3.Mahalliy boshqaruvning amalga oshirilishi.
4.Sud va politsiya hokimiyatining tashkil etilishi.
     Amir Temur davlatining markaziy hokimiyat va boshqaruv 
organlari
XIV asrning II yarmi — XV asrning boshlarida Amir Temur 
o’zining buyuk imperiyasiga asos soldi. Movarounnahrda uzoq vaqt 
hukm surgan feodal tarqoqlikka chek qo’yilib, nisbatan 
naarkazlashgan kuchli davlat tashkil etildi. Yakka hokimlik shaklida 
idora etiluvchi mazkur davlatning tepasida monarx — yakka hokim 
— amir turar edi. Davlat boshlig’i — amir hokimiyati 
cheklanmagan. U qonunlar chiqargan, o’zi ularni bekor qilgan. 
Davlatdagi hamma mansablar amir tomonidan ta’sis etilgan. Amir 
barcha mansabdor shaxslarni tayinlagan va bo’shatgan. Amir 
mamlakat harbiy qo’shinlarining yagona qo’mondoni hisoblangan.  «Temur tuzuklari»ning «Saltanatni o’z erkimda saqlash uchun amal qilgan 
tuzugim» deb nomlangan maxsus bobida quyidagi ko’rsatmalar mavjud: 
«raiyat podshosining aytgan so’zini, qilgan ishini o’zi aytadi, o’zi qiladi, 
hech kirn bunga aralasha olmaydi…, boshqalar saltanat ishlarida podshohga 
sherik, yoxud ustun bo’lmasliklari shart…. Butun mamlakatda buyruq-
farmon berish ishlari, podshoning o’z ixtiyorida bo’lishi lozim. Podshoh bar 
ishda o’zi hukm chiqarsin, toki hech kirn lining hukmiga aralashib, 
o’zgartira olmasin… Podshoh hukmi joriy etilishi darkor, ya’ni qanday 
hukm chiqarishidan qat’iy nazar, amalga oshirilishi shart… Biron kimsa 
unga monelik qilolmasin… Saitanat ishlarida, hukm yurgazishda podshoh 
o’zini yagona bilib, hech kimni o’ziga saltanat sherigi qilmasin».’ Shu 
tariqa, amir davlat hayotining barcha masalalarini mustaqil hal qilgan va 
cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan. Amir Temur davlatni idora qilishda adlu adolat, qonun ustuvorligiga 
asoslanib ish ko’rishga, fuqaro manfaatlarini ko’zlab siyosat yurgizishga 
alohida e’tibor berdi. Mamlakat hayotiga daxldor har bir katta-kichik 
masalada o’ziga yaqin tutgan xos kishilar, dinu ilm ahllari, har sohaning 
bilimdon vakillari bilan maslahatlashib, kengashib faoliyat yuritdi. Uning 
aql-zakovati va donishmandligi mahsuli bo’lgan «Tuzuklar»da buyuk 
davlatni boshqarishning barcha asosiy tamoyillari, yo’1-yo’riqlari har 
jihatdan asoslab berilgan edi. Taniqli xorijlik olim D. Logafetning 
yozishicha, «Yevropada konstitutsiya haqida oddiy tushunchaga ham ega 
bo’lishmagan davrlarda uning davlatida konstitutsiyaviy qonunlar majmuasi 
— «Tuzuk» mavjud bo’lgan».   Temur muhim davlat ishlarini jamiyatning yuqori qatlami 
vakillaridan iborat majlis (kengash)da ko’rib hal qilgan. Majlisda 
kimlar ishtirok etishi va ularning taxtga nisbatan joylashish tartibi 
Temur tuzuklarining «Saltanat saroyida o’tirish va o’rin olish 
tuzugi» degan bobida batafsil ko’rsatib berilgan. Unda 
aytilishicha, sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo, shayxlar, ulug’lar 
va ashrof (sharaf va e’tiqodli kishilar), oliy tabaqaga mansub 
kishilar taxtning o’ng tomonida, amir ul-umaro, beklarbegi, 
amirlar, no’yonlar, ulus, tumanlar va qo’shinlarning sardorlari va 
amirlari, mingboshilar, yuzboshilar, o’nboshilar chap tomonda 
o’tirishlari lozim bo’lgan. Bundan tashqari, Temur tor doiradagi kishilar bilan ham kengash 
o’tkazib turgan. Bu davlat kengashida asosan shahzodalar va 
harbiy boshliqlar (amirlar ishtirok etib, urush va tinchlik 
masalalarini, ayniqsa uzoq mamlakatlarga yurish bilan bog’liq 
masalalarni muhokama qilganlar. Davlat kengashi tinchlik 
vaqtida Samarqandda amir saroyida chaqirilgan. Unda amirning 
qarindosh-urug’lari, ruhoniylarning oliy vakillari, bosh amir, 
beklarbegi, amirlar, uluslar va tumanlarning boshliqlari, 
mingboshilar, yuzboshilar, vazirlar, devonbegi va boshqalar 
ishtirok etganlar.  Devonxonada quyidagi vazifani amalga oshiruvchi vazirlar bo’lgan: 
1) mamlakat va raiyat vaziri — mamlakatdagi muhim xo’jalik va qurilish 
ishlarini, raiyat ahvolini va boshqalarni kuzatib turishgan; 
2) sipohi vazirlari -sipohilarning maoshlari va armiyaning holatidan 
xabardor bo’lib, boshqarib turganlar; 
3) davlat daromadlarini omonat saqlovchi vazir -egasiz qolgan, o’lib ketgan 
va qochganlarga tegishli mollarni, savdogarlar mol-mulkidan olinadigan 
zakot va bojlarni, mamlakat chorvalarini, ularning o’tloq-yaylovlarini 
boshqarib, bulardan yig’ilgan daromadlarni omonat saqlagan; 
4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir — butun saltanat idoralarining kirim-
chiqimlarini, xazinadan xarajatlarni kuzatib turgan. Oliy devonda — ijroiya hokimiyatda bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va 
soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarhadlar va tobe mamlakatlarning 
boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana uch vazir bo’lgan va devonbegiga 
hisobot berib turgan. Markaziy hokimiyat tizimida shayx-ul-islom, 
qozikalon, qoziyi ahdos (odat bo’yicha hukm chiqaruvchi qozi), qozi askar, 
sadri a’zam (vaqf yerlari, mulklari mutasaddisi), dodxoh (shikoyatlarni 
ko’ruvchi), eshikog’a, saroy vaziri, yasovul (hukmdorning shaxsiy 
buyrug’ini bajaruvchi), qalakchi (xiroj miqdorini aniqlovchi), muhassil 
(soliq undiruvchi), tavochi (asosiy qo’shinlarni to’plash ishiga mutasaddi 
amaddpr), qorovulbegi, qutvol (qal’abon), muhtasib (shariat qoidalari 
ijrosini, bozor tartiblarini nazorat qiluvchi) va boshqalar bo’lgan.  Davlatning harbiy-boshqaruv tizimi
Amir navkarlaridan iborat bo’lgan armiyaning tashkil etilishi va boshqarilishi davlat hayotining muhim jabhasi hisoblanadi. Amir Temurning o’zi butun qo’shinlarning bosh 
qo’mondoni edi. U o’z navkarlari ichidan 313 kishiga amirlik (harbiy boshliq) raansabini bergan va ularning har biriga o’rinbosar («amirlikka nomzod»-muntazir-ul-amorat) tayinlagan.
313 kishidan 4 nafarini beklarbegi, bir kishini amir ul-umaro etib tayinlagan. Amir ul-umaro bevosita amirning o’rinbosari bo’lib, uning hukmi amirlar va sipohiylar uchun majburiy 
bo’lgan.
Yuqoridagilardan tashqari, yana 12 kishi amirlik darajasiga ega bo’lgan. Bulardan birinchisi ming kishilik askarga, ikkinchisi ikki ming kishilik, uchinchisi uch ming kishilik va hokazo 
askarga, o’n ikkinchisi o’n ikki ming kishilik askarga amir hisoblangan. Amirlik tartibiga qarab biri ikkinchisiga noib bo’lgan. Masalan, birinchi amir ikkinchi amirga, ikkinchi amir 
uchinchi amirga va hokazo noib etib tayinlanganlar. O’n ikkinchi amir esa amir ul-umaroning noibi bo’lgan. Amir ul-umaro Amir Temur noibi hisoblangan.  Mahalliy boshqaruvning amalga oshirilishi
Temur tuzuklariga asosan har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchilar tayinlangan. Ular hokimlar, raiyat, sipoh va lashkarlarning xatti-harakati haqida, atrofdan kirgan-chiqqan 
mol-mulk, begona kishilar, qo’shni davlatlar va boshqalar haqida xabar yetkazib turishlari lozim edi. Shu bilan birga, ular armiyadagi holat, lashkarlarning jangovor tayyorligi va ma’naviy 
sifatlari to’g’risida ham axborot berib turganlar. Bundan tashqari yana «mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, riling nafar tezyurar piyodani 
chopar etib tayinlangan».’ Ular turli mamlakatlaiy sarhadlarning xabarlarini, qo’shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini yetkazib turganlar.
Har bir shahar va qishloqqa qutvol (qal’a boshlig’i — komendant) tayinlanib, u sipohu raiyatga soqchilik qilgan va turli xil o’g’irliklardan himoya qilib turishi lozim bo’lgan. Bundan tashqari 
maxsus yo’l kuzatuvchilari, zobitlar ( idora etuvchi qo’shin boshliqlari) tayinlanib, yo’llarni qo’riqlab, o’tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarni manzildan-
manzilga yetkazib qo’yish fiiajburiyatiga ega bo’lganlar. Yo’lda birortasining narsasi yo’qolsa, 
o ‘
Z i o’ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, hamma uchun javob berganlar. Temur arzbegi mansabini ta’sis etgan. U sipoh , raiyat yoki ariza va shikoyat bilan kelganlarning ahvolini, mamlakat obodonchiligini, muhim jshlardan qaysi biri bitgan-bitmaganligini hal qilgan.
Temur hokimiyati ostidagi o’troq dehqon ommasi va shahar aholisini boshqarish viloyatlaming hokimlari — valilar, o’lkalar — beklar va shaharlar — hokimlar tomonidan amalga oshirilgan.
Kentlar (uyezd) va qishloqlar tepasida arboblar turgan. Ular viloyat va okruglarning hokimlari tomonidan tayinlangan.
Mahalliy hokimiyat boshliqlari asosan aholidan soliq va o’lponlarni yig’ishni va bularni davlat xazinasiga o’z vaqtida yetkazishni kuzatib turganlar.
Har bir viloyat, tuman va shaharlarda moliya ishlarini 3 ta vazir yuritgan: 1) xiroj va miqdorini belgilashi va uni yig’ish bilan shug’ullanuvchi vazir; 2) navkarlar o’rtasida soliqlardan tushgan mablag’larni taqsimlovchi vazir; 3) egasiz 
mulklarni boshqaruvchi vazir.
Ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi ichida mahalliy hokimiyat tumanlar va uluslarning hokimlariga tegishli «bo’lgan. Bu yerlarda aholi orasida urug’-qabilachilik an’analari saqlanib qolgan bo’lib , u asta-sekin shariat normalari 
tomonidan siqib chiqarilgan.  Sud va politsiya hokimiyatining tashkil etilishi
Temur davlatida sud ishlari qozilar tomonidan amalga oshirilgan. Sudlar ochiq ko’rinishdagi toifaviy xarakterga ega bo’lgan. Aholi uchun, qo’shinlar uchun, ruhoniylar-dindorlar uchun va xizmatchilar uchun alohida sudlar (qozilar) mavjud bo’lgan.
Umuman sud hokimiyati 3 xil ko’rinishga ega bo’lgan: 1) ma’muriy sudlar; 2)shariat qozisi, ya’ni shariat normalariga asoslanib ish yurituvchi sudya; 3) ahdos qozisi — odat huquqi asosida ish ko’ruvchi sudya.
Diniy martabadagi kishilarni shayx-ul-islom sud qilgan.
Barcha sudlarda qozilarga fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha xulosalarni mufti (qonunshunos yurist) bergan. Sud jarayoni juda sodda va oddiy bo’lgan. U tortishuv xarakteriga ega bo’lib, tomonlarning o’zlari ayblovchi va oqlovchi ma’lumotlarni, hujjatlarni to’plaganlar, 
guvohlarni keltirganlar. «Temur tuzuklari»ga asosan, qozilar, har kimni qilmishiga yarasha javobgarlikka tortishi, «asosli qarorlar va hukmlar» chiqarishi lozim edi. Tomonlar qozilarning hukmlari va qarorlaridan norozi bo’lsalar faqat amirga shikoyat qilishlari mumkin edi. 
Amirning hukmi vojib bo’lgan. Javobgarlikka tortishda va jazo berishda shaxsning ijtimoiy holatiga alohida e’tibor berilgan. Masalan: bosib olingan o’lkalarni idora etuvchi taxt vorisi markaziy hokimiyatga bo’ysunmasa, unga tan jazosi qo’llanishi mumkin emas 
edi. Bunday holda uni tergov tugaguncha qamoqda (zindonda) saqlash va amirga ma’lum qilish kerak edi. Uni ustidan sudni amirning o’zi amalga oshirgan.
Temur juda ko’p davlatlarni bo’ysundirgan. U bosib olgan mamlakatlarning aholisining itoatkorligini, hukmron sinflarning yurish-turishlarini qattiq kuzatib turgan. Temurning maxfiy agentlari bo’lgan. Shu bilan birga har bir 
mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turish-turmushlarini, qilish-qilmishlarini kuzatib turish uchun voqeanavis (yurtda bo’ladigan voqealarni kunma-kun yozib boruvchi odam)lar tayinlangan. Voqeanavis maxfiy politsiya 
funksiyasini bajargan. U o’ziga tegishli hududdagi aholi orasida, harbiy boshliqlar va lashkarlar orasida nima voqealar bo’layotganidan doimo xabardor bo’lib turishi va bular haqida Temurga har kuni ma’lum qilib turishi kerak edi.
Maxfiy politsiya funksiyasini mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan chopqunchilar, ming nafar choparlar amalga oshirganlar. Ular turli mamlakatlar va sarhadlarning xabarlarini, qo’shni hukmdorlarning maqsadlari va 
niyatlarini bilib amirga yetkazib turganlar.   E’tiboringiz uchun rahmat

Mavzu: Amir Temur davrida davlat boshqaruvi Reja: 1.Amir Temur davlatining markaziy hokimiyat va boshqaruv organlari. 2.Davlatning harbiy-boshqaruv tizimi. 3.Mahalliy boshqaruvning amalga oshirilishi. 4.Sud va politsiya hokimiyatining tashkil etilishi.  

Amir Temur davlatining markaziy hokimiyat va boshqaruv organlari XIV asrning II yarmi — XV asrning boshlarida Amir Temur o’zining buyuk imperiyasiga asos soldi. Movarounnahrda uzoq vaqt hukm surgan feodal tarqoqlikka chek qo’yilib, nisbatan naarkazlashgan kuchli davlat tashkil etildi. Yakka hokimlik shaklida idora etiluvchi mazkur davlatning tepasida monarx — yakka hokim — amir turar edi. Davlat boshlig’i — amir hokimiyati cheklanmagan. U qonunlar chiqargan, o’zi ularni bekor qilgan. Davlatdagi hamma mansablar amir tomonidan ta’sis etilgan. Amir barcha mansabdor shaxslarni tayinlagan va bo’shatgan. Amir mamlakat harbiy qo’shinlarining yagona qo’mondoni hisoblangan.