Asarini o’qish, mazmunini konspektlashtirish
Asarini o’qish, mazmunini konspektlashtirish
Reja: 1. Asqad Muxtorning “Onani koyimaydilar” she’rini o’qish, she’rdan fe’larni aniqlash. 2. Erkin Azamning “Bayramdan boshqa kunlar” asarini o’qish, mazmunini konspektlashtirish va darak, buyruq va so’roq gaplarni aniqlash 3. Halima Xudoyberdiyevaning “Ona” She’rini yodlash va she’r matnidan fe’l zamonlarini aniqlash. 4. Shavkat Rahmonning “Turkiylar” sherini yodlash va she’r matnidan sinonim va paronim so’zlarini aniqlash.
Asqad Muxtor - Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin koʻchalari” kabi qissalarida, “Opa-singillar” (1955), “Tugʻilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1973) “Amu” kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari oʻz ifodasini topgan. “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar toʻplami oʻzbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Asqad Muxtorning “Mardlik choʻqqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi pyesalari tomoshabinlar va oʻquvchilar qalbidan chuqur joy oldi.
Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta- jurnallari tahririyatlarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, “Sharq yulduzi” jurnalida (1960–1965) bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) singari masʼul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosh muharrirlik qildi. Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk sheʼrlarida (1935–1938) sheʼriyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga intiladi. U sheʼriyatga “qalbga qanot”, “dardga davo” beruvchi deb qaraydi. Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan “Gʻalaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tugʻishganlar qaytdi”, “Sogʻinish”, singari qator sheʼriy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undadi. Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, xalq hayotidagi oʻzgarishlarni tasvirlovchi “Poʻlat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954), “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitoblarini yozdi.
ONANI KOYIMAYDILAR Oramizda uzoq-uzoq yo‘llar; Senga intilaman bog‘lar gullasa, Ammo yo‘llar… yo‘llar mayli edi, Oradagi yillar bo‘lmasa. Lekin men ularni koyimayman, chunki Taqdir bo‘lib qolgan zamona. Orqamdan kuzatar meni, onamdek, U meni tuqqandir, chindan ham Ona Seni o‘ylaganda o‘sha yillar go‘yo Sekinlatar qalbim zarbini. Ular meni behudaga chorlar, Yaradek og‘riydi har biri.