Buyuk ipak yo’lidagi qadimiy shaharlar
Buyuk ipak yo’li dagi qadimiy shaharlar • Reja: • Buyuk ipak yo’li dagi qadimiy shaharlar • Buyuk ipak yo’li- qadimda sharq bilan g arbni ʻ bo g lab turgan savdo yo li. ʻ ʻ ʻ
Buyuk ipak yo’li dagi qadimiy shaharlar Buyuk Ipak yo’li – insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining o’ziga xos bo’lgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: «O’tirgan – bo’yra, yurgan - daryo». Harakatlanish – bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan edi. www.arxiv.uz
Insoniyat tarixida eng ulkan bo’lgan ushbu qit’alararo savdo yo’li Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog’lab, o’tmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha cho’zilgan edi. Albatta, sharq va G’arb o’rtasidagi savdo o’tmish qa’riga cho’kkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yo’lning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil bo’lishiga Markaziy Osiyo tog’larida yarim qimmatbaho toshlar – Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish ko’p jihatdan ko’maklashgan
Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan «lazurit yo’li» mavjud edi. U bilan bir paytda «nefrit yo’li» ham tarkib topgan, bu yo’l Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bog’lar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga So’g’diyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yo’nalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yo’liga kirib mujassamlashgan.
Markaziy Osiyodan G’arbga va Janubga o’tkazilgan karvon yo’llarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yo’llarni o’zaro bog’lab bergan buyuk yo’lning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning o’rtalarida, deb hisoblaydilar, o’sha davrda xitoyliklar uchun ilk bora G’arb o’lkalari – Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.