Chalaqoʻrgʻon Qishloq tarixi
MAVZU: CHALAQOʻRGʻON QISHLOQ TARIXI • Reja: 1. Men istiqomat qiladigan qishloqning geografik oʻrni 2. Qishloq xoʻjaligi va aholisi 3. Qishloq asosini tashkil etuvchi sulolalar.
Men yashaydigan qishloq nomi “Chalaqoʻrgʻon” deb nomlanadi. Qishloq yuzaga kelishi vaqti haqida aniq maʼlumotlarga ega boʻlmasamda. Lekin qishloqning yuzaga kelish vaqti oʻtgan asrning taxminan 20-30 yillariga toʻgʻri kelsa kerak. Chunki qishloq sovet davrida chekka hududlarni oʻzlashtirish maqsadida tashkil etilgan va “Ibn Sino” kalxozi tarkibiga kiritilgan koʻplab qishloqlardan biri edi.
Qishloq geografik joylashuv oʻrniga koʻra Samarqand viloyati Narpay tumani hududiga kiradi. Bundan tashqari qishloq Zarafshon daryosi boʻyida joylashgan. Shu sababli bizdan shimoliy tomonda boshqa qishloqlar mavjud emas. Daryoning narigi tomonidan boshlab Kattaqoʻrgʻon tumani hududlari boshlanadi. Asosiy M-37 magistral avtomobil yoʻlidan 4km ichkarida joylashganligi qishloqning iqtisodiy jihatdan qoloqligining aaosiy sabablaridan biri deb oʻylayman.
Qishloq Samarqand shahridan 100 km uzoqlikda, gʻarb tomonda joylashgan. Qishloq chegarasi jud akatta hududni qamrab olgan boʻlsada, aholisi juda kam. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida qishloq xoʻjaligining asosini dehqonchilik tashkil etishi va hududning asosiy qismini dala ekin maydonlari egallashini koʻrsatish mumkin. Bizga Yangiqoʻrgʻon, Qulogʻoy singari qishloqlar bilan chegaradosh