logo

DEHQONCHILIK

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

7436.787109375 KB
DEHQONCHILIK Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining yarmidan ortiq-
rog‘i dehqonchilikdan, qolgani esa chorvachilikdan 
olinadi.  Dehqonchilikda tuproq-iqlim sharoiti qat’iy hisobga 
olinadi. Dehqonchilik  dalachilik, bog‘dorchilik  va  uzum-
chilikdan   iborat.  Ekin  turlari bo‘yicha don ekinlari, texnika ekinlari, 
yem-xashak, sabzavot,  kartoshka va poliz ekinlari 
xo‘jaliklarga bo‘linadi. Ekinlar hosiliga o‘simlikning vegetatsiya davri, yorug‘-
lik, issiqlik va namlikning yalpi miqdori ta’sir ko‘r-
satadi.  Vegetatsiya davri  – sutkalik o‘rtacha  harorat +5 
darajadan kam bo‘lmagan kunlar. O‘zbekistonda sug‘orib dehqonchilik qilish keng tarqal-
gan. Sug‘oriladigan yerlar mamlakat yer boyliklarining 
9,2 foizini tashkil etsa-da, qishloq xo‘jaligida yetish-
tiriladigan yalpi mahsulotning  98,5 foizi shu yerlar da 
yetishtiriladi. Dehqonchilikda paxtachilik katta o‘rin egallaydi (56-
rasm).  O‘zbekistonda asosiy  texnik ekin  bo‘lgan paxta qishloq 
xo‘jaligining  deyarli barcha sohalari va sanoatning  ko‘pgina 
tarmoqlari yuksalishi ning bosh omilidir (57-rasm).  Paxta barcha texnik ekin maydonlarining  katta qismini 
egallaydi. Paxtachilik yuksala borgan sari iqtisodiyotning turli 
tarmoqlari bilan uning ishlab chiqarish aloqasi 
kengayib, paxtachilik majmuasi vujudga keldi Paxta, beda, makkajo‘xori va sholi bilan almashlab ekil-
sa, tuproq tarkibi yaxshilanadi, uning sho‘ri kamayadi, 
paxta kasallikka chalinmaydi. Beda, makkajo‘xori 
ekilishi tufayli chorva mollari uchun ozuqa ham olinadi. Ayni vaqtda  donli ekinlar  ekishni rivojlantirishga ham 
katta e’tibor berilmoqda. Mustaqillikka qadar jami ekin 
maydonining 20 foiziga yaqin qismida donli ekinlar 
ekilgan bo‘lsa,  endilikda donli ekinlar maydonlari hissasi 50 foizdan 
oshdi. Natijada mamlakatimiz don mustaqilligini ham 
qo‘lga kiritdi.  Donning asosiy qismini bug‘doy, arpa, sholi,  makka-
jo‘xori va oq jo‘xori tashkil  qiladi. Bug‘doy va arpa 
ko‘proq  bahorikor yerlarga ekiladi.  Qishning yumshoq va nam kelishi hamda bahorgi yo-
g‘ingarchilik kuzgi g‘alla uchun qulay sharoit yaratadi.
Bug‘doyning kuzgisi lalmi bug‘doyga qaraganda ser-
hosil bo‘ladi (58-rasm). Donli ekinlar yetishtirishda sholikorlik ham kattagina 
o‘rin tutadi. Sholi vegetatsiya davri uzoq, serquyosh, 
suvga mo‘l yerlarda yaxshi o‘sadi.  U hosildorlik jihatidan faqat makkajo‘xoridan keyin 
turadi. Sholi Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 
Toshkent viloyatida, Zarafshon va Farg‘ona vodiylarida 
ko‘p ekiladi.
12
4 53 Amudaryo quyi oqimi sohillaridagi unumdor qo‘riq
yerlarni ishga solish va ularni sug‘orish uchun suv boy-
ligidan foydalanish ko‘plab sholi yetishtirish imkonini 
bermoqda. Endilikda yetishtirilgan guruchni chetga 
eksport qilish imkoniyati tug‘ildi. O‘zbekistonda ko‘p yillik taran (teri  oshlashda 
ishlatiladigan xomashyo), kanop, zig‘ir, kunjut, maxsar, 
tamaki ham o‘stirilmoqda.
taran
kanop zig‘ir
kunjut maxsar Sabzavotchilik, kartoshkachilik va polizchilik  deyarli 
barcha viloyatlarda rivojlangan.  U Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlar 
atrofida katta maydonlarni egallaydi.
1
3
2 O‘zbekiston qovunlari xush bo‘y va shirinligi bilan 
qadimdan mashhur.  Ular Xorazm, Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari 
hamda Qoraqalpog‘istonda ko‘plab yetishtiriladi.
2 4
315 Bog‘dorchilik va uzumchilik  tabiiy sharoit, xalqning 
asrlar bo‘yi to‘plagan boy tajribasiga muvofiq har bir 
viloyatda alohida tarmoq sifatida ixtisoslashgan. Quva (Farg‘ona viloyati) va Dashnobod (Surxondaryo 
viloyati) anorlari, Andijon uzumi, Samarqand mayizi 
azaldan mashhurdir. Oltiariqda uzumchilik va bodring yetishtirish, Farg‘ona 
viloyati adirlarida (O‘qchi, Rishton, Chimyon, Mindon) 
o‘rik, shaftoli yetishtirish, Oqqo‘rg‘onda (Buvayda) 
anjir yetishtirish rivojlangan.
Farg‘ona adirlari  Xorazm, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda 
bog‘ va tokzor maydonlar birmuncha kamroq.
3
1
2 Sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumlar mamlaka-
timizdan shimolda joylashgan yurtlardagiga nisbatan 
60–70 kun erta yetiladi. Demak, bu sohada ham O‘zbe-
kiston talay eksport imkoniyatlariga ega.  O‘zbekistonda bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisos-
lashgan ko‘plab xo‘jaliklar bor. Ularning aksariyati o‘zi 
yetishtirgan mahsulotni shu yerda qayta ishlab, sharbat 
va konserva tayyorlaydi.  Ana shunday sanoat korxonalari bo‘lgan xo‘jaliklar 
negizida agrosanoat birlashmalari vujudga kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2014,2019 / 
www.eduportal.uz

DEHQONCHILIK

Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining yarmidan ortiq- rog‘i dehqonchilikdan, qolgani esa chorvachilikdan olinadi.

Dehqonchilikda tuproq-iqlim sharoiti qat’iy hisobga olinadi.

Dehqonchilik dalachilik, bog‘dorchilik va uzum- chilikdan iborat.

Ekin turlari bo‘yicha don ekinlari, texnika ekinlari, yem-xashak, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari xo‘jaliklarga bo‘linadi.