Farg‘ona iqtisodiy rayoni
Farg‘ona iqtisodiy rayoni
Iqtisodiy o‘rni va tabiiy boyliklari • Farg‘ona iqtisodiy rayoni ma'muriy jihatdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topgan. Bu iqtisodiy rayon respublika hududining 4 foizidan sal ortiqroq qismini egallasada, unda O‘zbekiston aholisining 1/3 qismi yashamoqda. Rayon hududi hamma tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan.
• Foydali qazilmalarning asosiy qismi tog‘larda to‘plangan. Tog‘ oralarida Shohimardon, Nanay, G‘ovasoy va Kosonsoy kabi xushmanzara vohalar bor. Bu yerlarda dam olish uylari, sanatoriyalar va boshqa istirohat maskanlari barpo qilingan. Iqtisodiy rayonning eng past yeridan Sirdaryo oqib o‘tadi. Aholining ming yillardan beri obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanishi orqasida tuproq va o‘simlik dunyosi madaniylashgan.