Franklar davlati va feodalizmining vujudga kelishi
Franklar davlati va feodalizmining vujudga kelishi Reja: Franklar davlatining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari. Franklar davlatining ijtimoiy tuzumi. Franklarning davlat tuzumi. Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari.
Ma’lumki, varvarlarning Rim imperiyasiga bo‘lgan munosabati IV asr oxirlariga kelib juda keskinlashib ketgan edi. Imperiyaning zaiflashuvi varvar qabilalariga imperiya chegarasidan deyarli bemalol o‘tib, uning hududini egallab olish uchun imkon berdi. Imperiya varvarlarning siquvini yana bir oz vaqt to‘xtatib tura olar edi, lekin u ittifoqchilar tarzida xizmat qilayotgan varvarlarning o‘zini yordamiga tayangan chog‘dagina shunday qila olar edi. Ammo ittifoqchilarning dushmanga aylanishi oson edi: bu-ning oldini olish uchun imperiya ularga tobora ko‘proq yon berishga maj-bur bo‘lmoqda edi. German qabilalari II-IV asr o‘rtalarida o‘zlarining ishlab chiqarish kuchlarini ancha rivojlantirdilar. Ular o‘z yerlarini Sezar va Tatsit zamo-nidagidan yaxshiroq ishlay boshladilar. Ularda hayvonlarning nasli (jum-ladan, otlarning nasli) yaxshilandi. Hunarmandchilik taraqqiy etdi. Che-gara viloyatida yashovchi germanlar rimlik savdogarlar bilan savdo-sotiq qila boshladilar. Varvarlarning aholisi tobora ko‘payib borayotganligi sababli yer masalasi juda keskin masala bo‘lib qoldi. Varvarlar aholining oshib-toshib ketayotganligini sezmoqda edi. Ular imperiyaning serhosil va qisman butunlay ishlov berilmagan yerlarini ishg‘ol qilishga intildilar. Butun bir varvar qabilalarining Rim imperiyasiga qarshi keskin kurash olib borishiga olib kelgan eng muhim va asosiy sabab yer tanqisligi edi.
Bu vaqtga kelib german qabilalarining ichida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. German jamiyatining tobora ko‘proq tabaqalanib borishi – zoda-gonlarning ajralib chiqishi, ularga qaram bo‘lgan kishilar sonining ko‘payishi va hokazolar bilan bir qatorda, qabilalarning katta-katta ittifoq-larga birlashuvi jarayoni ham yuz bermoqda edi. Quyi Reynda ham birlashuv jarayoni vujudga kelayotgan edi. Quyi Reynda hamda Yutlan-diya yarim orolida ingliz-saks qabilalari birlashmasi; O‘rta Reynda frank qabilalari ittifoqi; Yuqori Reynda allemanlar ittifoqi ; Elbada va Elbaning narigi tomonida langobardlar, vandallar, burgundlarning ittifoqlari tashkil topdi. Bundan ilgariroq gotlarning ikkita ittifoqi - vestgotlar ittifoqi va ostgotlar ittifoqi vujudga kelib, bularning har biri Dunay va Qora dengiz bo‘yi hududida ko‘p qabilali davlat tashkil qilgan edi. IV asrning oxirlaridan boshlab va, ayniqsa, V asrda varvarlar yoppasiga Rim imperiyasi hududiga qarab yo‘l olib, uni asta-sekin istilo qila boshladilar. To‘g‘ri, bu istilo qilish qariyb butun bir asrga cho‘zildi. G‘arbiy Rim imperiyasi tobora qulab borayotgan edi. Chunki varvarlar imperiyani istilo etish bilan bir vaqtda imperiya hududiga o‘zlarining bu-tun oilalari, uy anjomlari , sigir-buzoqlari va hokazolari bilan ko‘chib kelib, o‘rnashayotgan edi. Shuning uchun IV asrning oxiri va V asrning hamma-sini o‘z ichiga olgan bu davrni tarixchilar odatda Xalqlarning buyuk ko‘-chishi davri deb ataydilar. V asr oxiriga kelib germanlar G‘arbiy Rim imperiyasi hududiga: vandallar Shimoliy Afrikaga, vestgotlar (G‘arbiy gotlar) Ispaniyaga, ost-gotlar (sharqiy gotlar) Italiyaga, franklar Galliyaga, inglizlar bilan sakslar Britaniyaga joylashdilar. Germanlar shu joylarda o‘z davlatlarini barpo qildilar.
Rim imperiyasi hududida tuzilgan varvar qirolliklari ichida eng kattasi va kuchlisi franklar qirolligi edi. Franklar bora-bora burgundlarni bo‘ysundirdilar. Galliyadan vestgotlarni surib chiqardilar. Italiyada lango-bardlarni zabt etdilar va Reynning narigi tomonidagi german qabilalari-ning deyarli hammasini o‘zlariga itoat ettirdilar. Franklarning o‘zlari ham dastlab Reynning narigi tomonida yashar edilar. Ularning ota-bobolari Tatsitning asarida har xil nomlar bilan, chunonchi , xamavlar, sukabrlar, batavlar va boshqa nomlar bilan atalgan. ”Frank” degan nom (bu so‘zni ”jasur”, ”erkin” deb tarjima qilishadi) III asrning o‘rtalaridagina paydo bo‘lib, qandaydir bitta qabila emas, balki Reynning o‘rta va quyi oqimlarida yashagan butun bir guruh german qabi-lalariga taalluqli umumiy bir nom edi, bu qabilalar dastlab Reyn daryosining o‘ng qirg‘og‘ida yashardilar. Dastlab ular rimliklarga nisbatan dush-manlik munosabatida bo‘ldilar, keyin bu munosabat ancha do‘stona munosabatga aylandi.