Fuqarolik jamiyati nazoratini kuchaytirishda davlat hokimiyati organlari faoliyati ochiqligining ahamiyati
M AV Z U : F U QA R O L I K J A M IYAT I N A ZO R AT I N I K U C H AYT IR IS H DA DAV L AT H O K IM I YAT I O R G A N L A R I FAO L IYAT I O C H IQ L IG I N I N G A H A M I YAT I
R E J A : 1. Oʻzbekistonda ijtimoiy tartibni oʻrnatishning demokratik yoʻlini tanlanishi. 2. Ijtimoiy tartibni oʻrnatishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligining ahamiyati. 3.Ragʻbatlantirish jarayonida fuqarolik jamiyati nazoratni samarali qilishda ochiqlikninng oʻrni.
Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston ham ijtimoiy tartibni oʻrnatishning demokratik yoʻlini tanladi. Chunki hozircha insoniyat demokratiyadan afzalroq boʻlgan taraqqiyot yoʻlini hali-hanuz oʻylab topgani yoʻq. Demokratiya hokimiyatning xalq tomonidan shakllantirilishi va nazorat qilinishidir. Xalq hokimiyatni shakllantirishda ishtirok etsayu, lekin nazorat qilishda ishtirok etmasa, hokimiyat halqning manfaatini ifodalamay qoʻyadi. Nazorat boʻlmagan joyda esa hokimiyat xalqqa xizmat qilmaydi, balki hukmronlik qila boshlaydi va bunday joyda ertami-kechmi demokratiya oʻrnini diktatura egallaydi. Diktatura – bu zuravonlik, zoʻravonlik boʻlgan joyda adolatsizlik kelib chiqadi, adolatsizlik boʻlgan joyda odamlar norozi boʻladi, norozilik parokandalikka olib keladi va mustaqillikning bardavomligini gumon qilib qoʻyadi. Shunga asosan milliy xavfsizligimizga eng kuchli tahdid – bu adolatsizlik deb aytish mumkin.
Jamiyat nazoratini kuchli qilish uchun jamiyat hokimiyat faoliyatidan xabardor boʻlishi kerak va buning uchun xalqqa hokimiyat faoliyati toʻgʻrisida axborot berish lozim. Agar xalq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida axborotga ega boʻlmasa, u oʻzining nazorat funksiyasini amalga oshira olmaydi. Jamiyat nazorati boʻlmagan joyda ijtimoiy tartibning barqarorligini taʼminlab boʻlmasligini tarix yaqqol koʻrsatib bergan. Buni anglab olgan sobiq shoʻrolar davlati rahbariyati “Xalq nazorati toʻgʻrisida” qonun qabul qilib, uni amalga tatbiq etishga xarakat qiladi. Lekin bu qonun asosida tuzilgan xalq nazorati komitetlari jamiyat nazoratini tashkil qila olmadi, oqibatda ijtimoiy tartibsizlik kuchayib bordi va dunyodagi qudratli davlatlardan biri boʻlgan shoʻrolar davlati barham topdi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi taʼminlanishi uchun axborot beruvchi va axborot oluvchi ochiqlikdan manfaatdor ekanligini anglab olgan boʻlishi lozim. Buning uchun davlat ham, jamiyat ham bir oddiy haqiqatni, yaʼni jamiyatning mavjud boʻlishi va taraqqiy topishining muhim sharti ijtimoiy tartib ekanligini bilishlari kerak. Ijtimoiy tartib deganda adolatning qaror topganligi tushuniladi. Adolatsizlik boʻlgan joyda odamlar norozi boʻladi va ertami- kechmi bunday holat mustaqillikning qoʻldan ketishiga olib keladi. Mustaqillik inson baxtli boʻlishining muhim sharti hisoblanadi, chunki inson baxtli boʻlishi uchun u erkin boʻlishi kerak, lekin erkin boʻlishi uchun u oldin mustaqil boʻlishi kerak. Demak, mustaqillikni asrash uchun ijtimoiy tartib oʻrnatilgan va adolat qaror topgan boʻlishi kerak.