Fuzuliy hayoti va ijodi



• Mavzu: Fuzuliy hayoti va ijodi
Reja: Fuzuliy – turkiy adabiyotning mashhur qalam sohiblaridan biri. Fuzuliyning hayot yo’li. Fuzuliy ijodi.
Ozarboyjon shoiri Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy turkiy she’riyatning Alisher Navoiydan keyingi eng mashhur qalam sohiblaridan biri hisoblanadi. Chunki u adabiyotda aynan Navoiy an’analarini izchil davom ettirdi, yuksak g’oyaviy – badiiy darajadagi go’zal she’rlar ijod qildi. Fuzuliy – turkiy adabiyotning mashhur qalam sohiblaridan biri.
U o’zining ,,Layli va Majnun’’ dostonida Navoiyni o’z ustozi deb tilga oladi: Turk-u arab-u ajamda ayyom, Har shoira vermish edi bir kom. O’lmish edi Navoiy suxandon- Manzuri shahanshohi Xuroson.