Ibroyim Yusupov
I b r o y i m Y u s u p o v
Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani hududidagi Azot ovulida 1929-yilning 5-may kuni tavallud topgan.
• O‘rta maktabni tugallab, Qoraqalpog‘iston pedagogika institutiga o‘qishga kirgan va uni 1949-yilda muvaffaqiyatli bitirgan. 1961-yilgacha mazkur institutda talabalarga til va adabiyot ilmidan saboq beradi.
• 1961-1962-yillarda u Qoraqalpog‘istonning markaziy adabiy nashri bo‘lmish «Amudaryo» jurnalining bosh muharriri vazifasini bajaradi. • 1962-1965-yillarda esa respublikaning Tarix, til va adabiyot ilmiy-tekshirish institutida avval ilmiy xodim, keyin sektor mudiri bo‘lib ishlaydi.
• Ibroyim Yusupov respublika adabiy jamoatchiligi o‘rtasida qozongan obro‘- e’tibori tufayli uzoq yillar davomida (1965-1980) Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasiga raislik qiladi.