logo

Ilk savdo yo`llarining vujudga kelishi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1483.767578125 KB
Mavzu:Ilk savdo 
yo` llar ining 
vujudga kelishi               Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan 
bog’liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi 
Yevropa fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk 
tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar 
o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik 
davrda sivilizatsiya so’zi bilan belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga 
varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar.
              Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli 
ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni 
lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda 
qo’llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy 
bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya 
tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama 
o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar 
o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik 
faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, 
“madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. 
XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining 
so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-
qarshi qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi 
bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o’giradi. Nemis 
faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda 
tutgan.              Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi 
davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. 
Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada 
bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. 
Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama 
kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi.
             Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli 
unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari 
mavjud bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum 
tomonlari, jihatlariga alohida urg’u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning 
ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi.
              Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy 
jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy-
texnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon 
tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq 
bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - 
madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr 
sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya 
madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat 
ma’nosida ham qo’llaniladi.                Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, 
sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor 
Riketi Mirabo (1715-1789 yy) o’zining “Qonunlar do’sti” asarida 
qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam 
Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda ushbu 
atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan. 
Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va 
o’rta asrlarga qarama-qarshi qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy 
jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning 
o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, 
sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu 
davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, 
nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, 
ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya
       Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya 
tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. 
Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan 
jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar.                Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII asrdan 
“sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam o’rin oldi. Shu davrdan 
sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar 
to’g’risida ko’plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-
barangligini tan olishni anglatardi.
               O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va rang-
baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab olgan dastlabki 
tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o’zining “Millatlar 
umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida jahon tarixining 
barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy 
konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga ko’ra, barcha xalqlar o’z rivojlanishida bir xil 
bosqichlardan o’tadi: ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) 
orqali demokratik respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari 
harakatlanadi. Har bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan 
tugaydi. Tsikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, 
lekin yuqoriroq darajada o’tadi. Vikoning g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning 
rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo’lgan.
              1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf L.Morgan (1818-1881 yy) o’zining “Qadimgi 
jamiyat” kitobida sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum 
darajasini belgilash uchun qo’llashni taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat 
taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik 
va varvarlik davrlarining har birini, xo’jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining 
belgilariga ko’ra quyi, o’rta va yuqori bosqichlarga bo’ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab 
chiqarish kuchlari rivojining darajasi mezon bo’lib xizmat qiladi.                 Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus 
tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri 
alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki 
sivilizatsiyalar “asosi” - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar 
orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi 
konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar 
kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va 
vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi.
               Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-1936 yy) ning 
fikricha, “sivilizatsiya” har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan 
tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida 
tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.
            O.Shpengler “Yevropa quyoshning so’nishi” asarida G’arbiy Yevropa 
tarixiga xos evropotsentrizm, panlogizm, istorizm, to’g’ri chiziqli 
progressizm printsiplarini tanqid qildi va madaniy - tarixiy jarayonning 
aylanma harakati nazariyasini yaratdi. Bu nazariya sivilizatsiyaning tsiklli 
rivojlanishi, ya’ni takrorlanib turishi haqidagi konsepsiyaga olib keldi.        Toynbining fikricha din har qanday sivilizatsiyaning o’zagi va 
tayanchidir. Sivilizatsiyalarni bir – biridan farqlash va tasnif 
qilishda u yoki bu jahon dinlarini asos qilib olinishi bejiz 
emasdir: musulmon sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi va 
hokazo.
    U dastlab 21, keyinchalik 37 ta sivilizatsini sanab o’tib, tarixiy 
jarayonning to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanishi haqidagi 
qarashlarga qarshi chiqdi va sivilizatsiyaning bosqichli-tsiklik 
rivojlanishini ta’kidladi. Toynbi Arab, Xitoy, Shumer, Mayya, 
Hind, Ellin, G’arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va 
Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa 
sivilizatsiyalarni tadqiq etish natijasida “...tabiiy muhitdagi va 
odamlar tegrasidagi yashash sharoitlarining og’irligi 
sivilizatsiyaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi”, -degan 
xulosaga keladi. Toynbi sivilizatsiyalarga “evolyutsion tipdagi 
faol tuzilmalar” sifatida yondashib, har bir sivilizatsiyada 
tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, 
rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. 
Bu asosiy bosqichlardan o’tgach, sivilizatsiya, odatda, halok 
bo’ladi va uning o’rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.               Nemis faylasufi K.Yaspers (1883-1969 yy.) o’zining “Tarix manbalari 
va uning maqsadi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning bosqichma-
bosqich rivojlanishi konsepsiyasini ilgari surdi: tarixgacha bo’lgan davr, 
qadimgi davr madaniyati, vaqt o’qi (jahon tarixining boshlanishi), 
texnik davr (yagona jahon tarixiga o’tish). Uning fikricha tarixning 
mazmuni va negizi butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan e’tiqod bilan 
belgilanadi. Mazkur e’tiqod insoniyat vakillarini bir-biridan ajratmaydi, 
balki jipslashtiradi. Insoniyatga bunday e’tiqodni biron-bir jahon dini 
yoki milliy din taklif qilolmaydi
            Sotsiolog P.Sorokin (1889-1968) insoniyat madaniyatining 
butunjahon-tarixiy taraqqiyoti nazariyasini yaratdi. U bu taraqqiyotni 
markaziy mazmunga yoki mentallikka ega ulkan madaniy supertizimlar 
doirasida ko’rib chiqdi. Bu madaniy supertizimlar yoki sivilizatsiyalar 
insonlarning hayoti va hulqini, ko’pgina tarixiy jarayonlar va 
an’analarni belgilaydi. Tarixning har qanday davrida, Sorokinning 
fikricha, beshta asosiy madaniy tizimlar mavjud: til, ahloq, din, fan, 
san’at. U sivilizatsiyalarni moddiy madaniyat hech bir tizimsiz ravishda 
namoyishga qo’yilgan ulkan muzeylar sifatida talqin qiladi. Sorokin 
sivilizatsiyalar tabiatining yaxlitligi g’oyasiga tanqidiy yondashib, uning 
tarkibiy qismlari o’zaro bog’lanmagan, deb hisoblagan .

Mavzu:Ilk savdo yo` llar ining vujudga kelishi

Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan bog’liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi Yevropa fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so’zi bilan belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar. Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama- qarshi qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o’giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan.

Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi. Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg’u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi. Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy- texnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi.

Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-1789 yy) o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan. Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-qarshi qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar.