logo

INSONNING MA'NAVIY KAMOLOTIDA FALSAFIY DUNYOQARASHNING ROLI

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

303 KB
     Reja:
 
1. Inson shaxsining rivojlanishi va tarbiyasi
2. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi va uning sharqona 
ta’rifi
3. Falsafa dunyoqarash sifatida
4. Falsafa tarixiy davrning o‘z-o‘zini idrok qilish sifatida     Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida 
yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bolib, ilmiy bilimlar 
orasida muhim orin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish 
qonuniyatlarini organib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil 
qiladi.
Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa 
kishilarning olam va uning ozgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, 
siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari 
majmui-dan iborat.
Odatda, falsafani organishga kirishuvchi har bir kishida, qanday 
bolmasin, falsafa togrisida oziga xos biron bir tasavvur mavjud boladi. 
Bu tasavvurni u oz hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik 
turmushda, oz atrofidagi kishilar, narsalar, buyumlar bilan bolgan 
munosa-batlari asosida, u yoki bu manbani oqishi, boshqa kishi-lardan 
eshitishi, kinofilmlarni korishi orqali hosil qilgan boladi. Kishi bunda 
ozining hayoti, yashashi, hayotdagi orni, kundalik ishlari haqida, 
hayotdagi quvonch va sevinch-lar, gam-tashvishlar, baxt va baxtsizlik 
haqida, kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan otishi haqida 
malum ta-savvurga ega bolib boradi.      Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining 
muhim muammosi hisoblanadi. O’sib va rivojlanib 
boruvchi inson tarbiya ob'yekti hisoblanadi. 
Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida 
davom etadi. Bunda u turli o’zgarishlarni jismoniy, 
ruhiy, miqdor va sifat o’zgarishlarni o’z boshidan 
kechiradi. Insonda bo’ladigan jismoniy 
o’zgarishlarga – bo’yinning o’sishi, vaznining 
og’irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining 
ichki a'zolari va asab tizimining o’zgarib borishi 
kiradi. Ruhiy o’zgarishlari esa uning aqliy rivojiga 
aloqador bo’ladi va insonda ruhiy sifatlarning 
shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo’lgan 
sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam 
bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon 
hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning 
xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi 
hamisha bir xil bo’lavermaydi. Shaxsning 
fazilatlarini to’g’ri aniqlash va bexato baholash 
uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli 
vaziyatlarda kuzatib ko’rish lozim. Islom Karimov     Ma’naviy barkamol inson tushunchasi va uning sharqona ta’rifi
Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi? 
Prezidentimiz	
  uqtirganidek	 odam tabiiy omillarga ko‘ra, o‘zi mansub 
bo‘ladigan irq va elatni tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashini, axloqiy 
madaniyatini hech kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, zo‘ravonligisiz o‘zi tanlab 
olishi mumkin va lozim. Modomiki, shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy 
demokratik tamoyillarga asoslangan davlat, fuqarolik jamiyati qurish sari 
borayotgan ekanmiz, qanday dunyoqarashga asoslanishimiz kerak?Hozirgi 
zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo‘nalishdagi – 
ilmiy – falsafiy va diniy – mistik dunyoqarash mavjudligi o‘z - o‘zidan ayon. 
Ularni bir biriga qarama – qarshi qo‘ymagan holda – shuni ta’kidlash 
kerakki, O‘zbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyasida dunyoviy 
davlat qurish nazarda tutilganligi bois bog‘cha, maktab,	
 oliy	 o‘quv yurtlari 
va boshqa muassasalardagi ta’lim - tarbiya tizimi jarayonida ilmiy - falsafiy 
dunyoqarash shakllantiriladi.
Komil inson to‘g‘risidagi nazariya va	
 uslubiyat	 metodologik jihatdan 
O‘zbekiston Prezidenti asarlarida, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida, “Ta lim to‘g‘risida”gi	
 Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan.     Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning	 eng noyob 
fazilatlaridan biri	
 uning	 komillikka intilishidir. Mehnat, aql, idrok, odob – 
axloq, odamlarga yaxshilik qilish – insonning oddiy fazilati.
Har bir xalqning o‘zi yetuk allomalari, komil inson unvoniga musharraf 
bo‘lgan ajdodlari bor. Ularning mehnati, merosi avlodlar ko‘ksini g‘urur 
bilan to‘ldiradi.	
 Xorazmiy, Farobiy,	 Farg‘oniy,	 Ibn	 Sino, 
Ismoil	
 Buxoriy,	 Margiloniy, Beruniy, Ulug‘bek, Navoiy,	 Muqumiy	 va 
boshqalar inson qadr qiymatini hamma narsadan ustun qo‘yishga 
harakat qilganlar.
Farobiy	
 insonnig	 yaratuvchanlik qobiliyatiga yuksak baho beradi. U 
inson biologik mavjudot emas, balki aql zakovat sohibi ekanligini, o‘z 
mehnati bilan ijtimoiy mohiyat kasb etishini uqtiradi. Yusuf Xos Hojib 
ham insonga aql berib qo‘yilgan, shuning uchun ham yer yuzida har 
qanday mushkullikni oson yenga oladi, degan fikrni bildiradi. Navoiy 
dunyoda insonga qaraganda ulug‘roq kamolot yo‘q, deydi: “Menga 
ne	
 yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam o‘lsam ushbu basdir.”     Har qanday falsafa insonning dunyoga nisbatan u yoki bu munosabatini 
ifodalab, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi. Falsafaga berilgan eng 
oddiy va dastlabki ta'riflar:  falsafa - bu dunyoqarash  	yoki boshqacha 
aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir.
Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof 
muhitga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini 
belgilovchi savollar ko‘ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday 
tarzda ularga duch kelamiz. Bizni o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil 
topgan? Uni bilib bo‘ladimi va agar bilish mumkin bo‘lsa, qay darajada? 
Insonni o‘zi nima? U qanday bo‘lishi kerak? O‘limdan so‘ng bizni nima 
kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? 
Inson dunyoni o‘zgartira oladimi?
Mana shunday savollarga javoblardan inson dunyoqarashi 
shakllanadi.	
  Dunyoqarash - bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning 
unda tutgan o‘rniga	
  nisbatan qarashlar majmuidir . Dunyoqarashning 
asosiy masalasi - « Men » (sub'ekt dunyosi) va «Men - emas» (sub'ektga 
nisbatan tashqarida bo‘lgan dunyo) o‘rtasidagi munosabatdir.     Har qanday dunyoqarash tarkibiga:  bilim, baholash, 
e'tiqod  	
va	  aqidalar  	kiradi. Dunyoqarash turli shaklda mavjud bo‘lishi 
mumkin:	
  kundalik, mifologik, afsonaviy, diniy, badiiy, 
falsafiy  
va	  ilmiy  	tusdagi tasavvurlar.	 Dunyoqarash	  shaxsiy  	ong 
va	
  ijtimoiy  	ong dalili tarzida bo‘lishi mumkin. Masalan, afsonaviy 
dunyoqarash to‘g‘risida gapirganda biz muayyan shaxsning olam 
to‘g‘risidagi tasavvurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi 
tasavvurlari haqida fikr yuritamiz. Yohud biz xristianlar, musulmonlar, 
buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi to‘g‘risida 
gapiramiz. Shu bois dunyoqarash	
  shaxs, ijtimoiy guruh  	(diniy, milliy, 
yoshga oid, jinsiy, kasbiy va b.),	
  davlat, davlatdan tashqari  	tuzilmalar 
dunyoqarashi sifatida ham bo‘lishi mumkin.     Falsafa nazariylash-tirishning yakuniy usuli sifatida
Ta jriba (yakka, alohida narsalarni bilish) bilan fan (narsalar sababi va 
ibtidosini umumiy bilish) Qadimgi Yunon falsafasida bir muncha aniq 
ajratilgan. Qadimgi Yunon faylasuflari e'tiborni ibtido va sababni bilishga 
qaratganlar, «chunki qolgan hammasi ular orqali tushuniladi» 5
. Qadimgi 
(antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo‘lmish  ta'rif  	aniq 
farqlagan. Masalan: yunon faylasufi Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 
yillar) shunday deb yozgan edi: «Ta jribaga ega bo‘lganlar «nima» 
ekanligini biladilar, ammo «nima uchun ekanligini, ya'ni sababini 
bilmaydilar» 6
.
Dunyoning an'anaviy diniy-afsonaviy manzarasi bilan qanoatlanuvchi 
ko‘pchilik odamlardan farqli o‘laroq, eng ilk davrlardagi faylasuflar turli 
tabiiy va ijtimoiy jarayonlar hamda hodisalarni aqliy yo‘l bilan (nazariy) 
tushunishga va uni kelib chiqish hamda kechish sabablari va 
qonuniyatlarini tushuntirishga uringanlar. Faylasuf nigohiga tushgan 
barcha narsa, ya'ni Quyosh, Oy va ularning tutilishi, yulduzlar, 
mavsumlarning almashishi,	
 musiqiy asboblarning tuzilishi, hayvon va 
odamlarning kelib chiqishi, daryolarning toshishi, davlatning siyosiy 
tuzilishi kabi boshqa hamma narsalar faylasufona fikr yuritish (nazariy 
fikrlash) mavzusi bo‘lgan.     Falsafa tarixiy davrning o‘z-o‘zini idrok qilish sifatidaU yoki bu falsafiy 
tizimlarni ular shakllangan ijtimoiy-tarixiy sharoitga murojaat qilmay, 
ularning tarixiy asosini ko‘rib chiqmay turib, ularning o‘zidan, ya'ni 
falsafiy matndangina kelib chiqqan holda, to‘la to‘kis tushunish mumkin 
emas. Har qanday falsafa, ya'ni u xoh antik davr falsafasi, xoh o‘rta asr 
falsafasi yoki Uyg‘onish davri falsafasi bo‘lsin - o‘z davrining mahsulidir.
Masalan, Uyg‘onish davri yevropa falsafasining vujudga kelishi va 
rivojlanishi feodal jamiyatga qarshi turuvchi ilk burjuaziya jamiyati 
madaniyati asosida yuz bergan. Aynan shunday tarixiy asosda 
Uyg‘onish davri falsafasining insonparvarlik, klerikalistik (cherkoviy) va 
qotib qolgan aqidalarga bo‘lgan
 qarshiligi, qadimgi davr orzulariga 
bo‘lgan yo‘nalishi kabi xususiyatlari o‘z ifodasini topadi. Masalan, XIX 
asr ikkinchi yarmi XX asr birinchi yarmida G‘arbiy yevropa falsafasidagi 
irratsionalizmning avjga chiqishi Yangi davr sivilizatsiyasidagi bo‘hron, 
kapitalizm bo‘hroni yevropa bo‘ylab tarqalgan ijtimoiy inqiloblarda, 
birinchi jahon urushi va dunyoni ikki qutbga bo‘linib ketishi o‘z ifodasini 
topdi. Bundan tashqari, u mexanistik tabiatshunoslik bo‘hroni, Yangi 
davrning qadriyatlari yo‘nalishi va dunyoqarashi asoslarining natijasi 
bo‘lib: ssientizm, akademizm, gnoseologizm va «mutlaq tizimlar» 
tuzilishidagi bo‘hronlar natijasi hamdir.     Etiboringiz uchun rahmat

Reja:   1. Inson shaxsining rivojlanishi va tarbiyasi 2. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi va uning sharqona ta’rifi 3. Falsafa dunyoqarash sifatida 4. Falsafa tarixiy davrning o‘z-o‘zini idrok qilish sifatida

Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bolib, ilmiy bilimlar orasida muhim orin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini organib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi. Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa kishilarning olam va uning ozgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari majmui-dan iborat. Odatda, falsafani organishga kirishuvchi har bir kishida, qanday bolmasin, falsafa togrisida oziga xos biron bir tasavvur mavjud boladi. Bu tasavvurni u oz hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik turmushda, oz atrofidagi kishilar, narsalar, buyumlar bilan bolgan munosa-batlari asosida, u yoki bu manbani oqishi, boshqa kishi-lardan eshitishi, kinofilmlarni korishi orqali hosil qilgan boladi. Kishi bunda ozining hayoti, yashashi, hayotdagi orni, kundalik ishlari haqida, hayotdagi quvonch va sevinch-lar, gam-tashvishlar, baxt va baxtsizlik haqida, kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan otishi haqida malum ta-savvurga ega bolib boradi.

Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O’sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya ob'yekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o’zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o’zgarishlarni o’z boshidan kechiradi. Insonda bo’ladigan jismoniy o’zgarishlarga – bo’yinning o’sishi, vaznining og’irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a'zolari va asab tizimining o’zgarib borishi kiradi. Ruhiy o’zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo’ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo’lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha bir xil bo’lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko’rish lozim. Islom Karimov

Ma’naviy barkamol inson tushunchasi va uning sharqona ta’rifi Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi? Prezidentimiz uqtirganidek odam tabiiy omillarga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘ladigan irq va elatni tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini hech kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, zo‘ravonligisiz o‘zi tanlab olishi mumkin va lozim. Modomiki, shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan davlat, fuqarolik jamiyati qurish sari borayotgan ekanmiz, qanday dunyoqarashga asoslanishimiz kerak?Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo‘nalishdagi – ilmiy – falsafiy va diniy – mistik dunyoqarash mavjudligi o‘z - o‘zidan ayon. Ularni bir biriga qarama – qarshi qo‘ymagan holda – shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish nazarda tutilganligi bois bog‘cha, maktab, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalardagi ta’lim - tarbiya tizimi jarayonida ilmiy - falsafiy dunyoqarash shakllantiriladi. Komil inson to‘g‘risidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan O‘zbekiston Prezidenti asarlarida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Ta lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan.