logo

Kimyoviy reaksiyasi energetikasi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

53.130859375 KB
Mavzu :    Kimyoviy  
reaksiyasi energetikasi.       Reja:

Issiqlik effekti

Standart issiqlik effekti

Gess qonuni

Issiqlik sig’imi Kimyoviy reaksiya bir kimyoviy moddalar 
majmuining boshqa moddalarga aylanishi 
jarayonidir.[1] Kimyoviy reaksiyalar spontan, yaʼni 
oʻz-oʻzidan, yoki boshqariluvchi boʻlishi mumkin. 
Ikkinchi holda kimyoviy reaksiyani oʻtkazish uchun 
tashqaridan biror energiya (issiqlik, yorugʻlik, 
elektr) talab etiladi. Kimyoviy reaksiyalarda 
elektronlar harakati bosh rolni oʻynaydi. Kimyoviy 
reaksiyaga kirishuvchi moddalar reagentlar, deb 
ataladi. Reaksiya natijasida hosil boʻladigan 
moddalar esa kimyoviy reaksiya mahsulotidir. 
Kimyoviy reaksiyalar kimyoviy formulalar orqali 
ifoda etiladi. Kerakli mahsulotni olish uchun bir 
necha reaksiyalar ketma-ketligi talab etilishi 
mumkin, bu jarayonga kimyoviy sintez deyiladi. Kimyoviy reaksiyalar - bir turdagi 
kimyoviy moddalarningtarkibi va 
xossalari jihatidan farq qiladigan ikkinchi 
turdagi moddalarga aylanish jarayoni. 
Kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy 
tenglama bilan ifodalash mumkin, mas, 
sulfat kislotaga ruh taʼsir ettirilganda ruh 
sulfat va vodorod gazi hosil boʻladi: H2SO4+Zn=ZnSO4+H2T. Kimyoviy reaksiyalarda 
atomlar oʻzgarmaydi, bir birikmadan ikkinchisiga 
oʻtadi, xolos. Kimyoviy jarayonlarda toʻgʻri 
(qaytmas) reaksiya (mas, vodorod yodidning 
vodorod va yoddan hosil boʻlishi: N2+12->2N1) 
bilan bir qatorda, qaytar reaksiya (mas, vodorod 
yodidning parchalanishi:2HI<=>H2+I2) ham sodir 
boʻladi. Kimyoviy reaksiyalardaishtirok etadigan 
elementlarning oksidlanish darajadari 
(valentliklari) oʻzgarsa, bunday reaksiyalar 
oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari deyiladi. Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar, atomlar va 
ionlar ishtirok etishi mumkin. Shunga koʻra, 
reaksiyalar uchga boʻlinadi: oddiy, ionli va radikal 
reaksiyalar.
Oddiy reaksiyalarda molekulalar oʻzaro 
reaksiyaga kirishadi, mas, N2+S12=2NS1. Ionli 
reaksiyalar ionlar ishtirokida boradi, mas, N++ON~ 
=N2O. Radikal reaksiyalarda oraliq mahsulot 
sifatida albatta erkin radikal hosil boʻladi. Radikal reaksiyalar, odatda, zanjir tarzida 
boradi (k,. Zanjir reaksiyalar). Toʻgʻri va 
teskari reaksiyalar tezligi teng boʻlganda 
sistemada kimyoviy muvozanat karor 
topadi (qarang Kimyoviy termodinamika).
Murakkab reaksiyalar, parallel reaksiyalar, 
ekzotermik reaksiyalar, endotermik 
reaksiyalar, qattiq fazali reaksiyalar ham 
mavjud. Turli jarayonlarda, shu jumladan, kimyoviy 
jarayonlarda ajraladigan yoki yutiladigan 
issiqlikka reaksiyaning  issiqlik effekti  deyiladi. 
Issiqlik noto’liq funksiya bo’lganligidan issiqlik 
effektining qiymati jarayonning borish sharoitiga 
bog’liq. 
a) Izoxorik  (V=const ) jarayondagi issiqlik effekti 
Qv birinchi bosh qonunning asosiy 
tenglamasiga muvofiq, d б Q=dU+PdV va 
shartimiz bo’yicha V=const; dV=0 
bo’lganligidan  dQv=dU bo’ladi. 
b) Izobarik  (P=const)  jarayondagi issiqlik effekti 
Qp tenglama bo’yicha integrallansa: Qp=(U2-
U1)+P(V2-V1)=(U2+PV2)-(U1+PV1) Standart issiqlik effektlari

Standart issiqlik effektlari ichki 
energiya va entalpiyaning mutlaq 
qiymatini o’lchash va hisoblash 
mumkin emasligini va shu sababdan 
faqat ularni ma’lum jarayondagi 
o’zgarishini o’lchash va hisoblash 
mumkinligi yuqorida bayon etildi. 
Odatda bu o’zgarish ma’lum 
temperaturada, ularning mutlaq T=0 
qiymatiga nisbatan (UT-Uo) yoki 
T=298,16 K(25C) qiymatiga nisbatan 
(UT-T298,16) hisoblanadi. GESS QONUNI

Gess qonuni  termokimyoning  asosiy qonuni 
bo’lib, issiqlik effektlarining  to’liq 
funksiyaliligiga asoslangan.

Gess qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin: 
kimyoviy reaksiyalarning turg’un hajm va 
turg’un bosimdagi issiqlik effekti sistemaning 
boshlang’ich va oxirgi holatiga bog’liq bo’lib, 
jarayonning borish yo’liga, qanday oraliq 
bosqichlar orqali borganligiga bog’liq emas.

Gess qonunidan foydalanib, issiqlik effekti 
noma’lum bo’lgan yoki o’lchash qiyin bo’lgan 
jarayomlarning issiqlik effektini hisoblab 
topish mumkin. Issiqlik sig’imi 

Issiqlik sig’imi issiqlik effekti bilan bir qatorda 
kimyoviy jarayonlarni harakatlantiruvchi 
kattalikdir. Bir birlik massadan iborat 
sistemaning temperaturasini bir gradusga 
oshirish uchun sarf bo’lgan issiqlik miqdoriga 
issiqlik sig’imi deyiladi. 

Qattiq va suyuq holdagi moddalarda, 
temperatura o’zgarishi bilan ularning hajmi 
kam o’zgaradi. Shunga ko’ra Cv, Cp o’rtasidagi 
farq kam bo’ladi. Sistemaga berilgan issiqlik  
faqatgina sistemaning ichki energiyasini 
oshirishga sarf bo’ladi. Isitish turg’un bosimda 
olib borilganda esa issiqlik sistemaning ichki 
energiyasini oshirishdan tashqari ish 
bajarishga ham sarf bo’ladi. E’tiboringiz 
uchun rahmat

Mavzu : Kimyoviy reaksiyasi energetikasi.

Reja:  Issiqlik effekti  Standart issiqlik effekti  Gess qonuni  Issiqlik sig’imi

Kimyoviy reaksiya bir kimyoviy moddalar majmuining boshqa moddalarga aylanishi jarayonidir.[1] Kimyoviy reaksiyalar spontan, yaʼni oʻz-oʻzidan, yoki boshqariluvchi boʻlishi mumkin. Ikkinchi holda kimyoviy reaksiyani oʻtkazish uchun tashqaridan biror energiya (issiqlik, yorugʻlik, elektr) talab etiladi. Kimyoviy reaksiyalarda elektronlar harakati bosh rolni oʻynaydi. Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar reagentlar, deb ataladi. Reaksiya natijasida hosil boʻladigan moddalar esa kimyoviy reaksiya mahsulotidir. Kimyoviy reaksiyalar kimyoviy formulalar orqali ifoda etiladi. Kerakli mahsulotni olish uchun bir necha reaksiyalar ketma-ketligi talab etilishi mumkin, bu jarayonga kimyoviy sintez deyiladi.

Kimyoviy reaksiyalar - bir turdagi kimyoviy moddalarningtarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan ikkinchi turdagi moddalarga aylanish jarayoni. Kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy tenglama bilan ifodalash mumkin, mas, sulfat kislotaga ruh taʼsir ettirilganda ruh sulfat va vodorod gazi hosil boʻladi:

H2SO4+Zn=ZnSO4+H2T. Kimyoviy reaksiyalarda atomlar oʻzgarmaydi, bir birikmadan ikkinchisiga oʻtadi, xolos. Kimyoviy jarayonlarda toʻgʻri (qaytmas) reaksiya (mas, vodorod yodidning vodorod va yoddan hosil boʻlishi: N2+12->2N1) bilan bir qatorda, qaytar reaksiya (mas, vodorod yodidning parchalanishi:2HI<=>H2+I2) ham sodir boʻladi. Kimyoviy reaksiyalardaishtirok etadigan elementlarning oksidlanish darajadari (valentliklari) oʻzgarsa, bunday reaksiyalar oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari deyiladi.