Klassik geosiyosat Anglosakson, atlantika geosiyosati
MAVZU: KLASSIK GEOSIYOSAT: ANGLOSAKSON, ATLANTIKA GEOSIYOSATI.
REJA: • 1 .Alfred Mexenning geosiyosiy g‘oyalari, uning asarlari. “Dengiz kuchlari” g‘oyasi. • 2.R. Chellin g‘oyalari. • 3.X. Makkinderning geosiyosiy g‘oyalari(formulasi). Xartland va Rimland. • 4.Dunyo geosiyosati tarixining uch bosqichi. “X. Makkinder” • 5.N.Spekmanning g‘oyalari(formulasi, davlatning geosiyosiy qudratini aniqlash mezonlari )
ALFRED MEXEN TA’LIMOTIDA DENGIZ KUCHLARINING QUDRATI MASALALARI. A.Mexen (1840 - 1914) AQSH harbiy - dengiz floti admirali, harbiy - dengiz nazariyotchisi, tarixchi. A.Mexen Amerika oddiy zobitdan admiral darajasigacha ko‗tarilgan. 1885 - yildan boshlab Nyu - Portdagi (Roud - Aylend, AQSH) «Naval War College»da harbiy flot tarixidan dars bera boshlagan. 1890 - yil u o‗zining «Tarixda dengiz kuchlari (1660 - 1783)» nomli birinchi kitobini nashrdan chiqardi. A.Mexenning mazkur asari keyinchalik harbiy strategiya borasida bitilgan klassik manba sifatida jamoatchilik o‗rtasida tan olindi. A.Mexen umrining oxirigacha yuqoridagi Harbiy - dengiz kollejida o‗qituvchi bo‗lib ishlagan. A.Mexen 1914 - yil 74 yoshida vafot etgan. Mashhur asarlari: «Tarixda dengiz kuchlari (1660 - 1783)» (1890), «Dengiz kuchlarining Fransuz revolyutsiyasi va imperiyasiga ta‘siri (1793 - 1812)» (1892), «Dengiz kuchlari markazida Amerika manfaatlari: bugun va kelajak» (1897), «Osiyo muammolari va uning xalqaro siyosatga ta‘sir etishi» (1900), «Dengiz kuchlari va uning urushga munosabati» (1905) va hokazo…