logo

Konduktometrik analizning ishlab chiqarishda qo’llanilishi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

244.740234375 KB
Mavzu:   Konduktometrik 
analizning ishlab 
chiqarishda qo’llanilishi Reja:

I .KIRI SH

I I . ASOSI Y  QI SM 

1.  Konduk t omet riy a

  2.   Past  chast ot ali k onduk t omet riy a da 

3.  Bev osit a k onduk t omet riy a da

  4. Kolraush qonuni .

5.  Konduk t omet rik  t it rlash .

6.  Yuqori chast ot ali k onduk t omet riy a .

7.  Sirk a k islot ani bev osit a k onduk t omet rik  aniqlash.

I I I.X ulosa 

I V.Foy dalanilgan adabiy ot lar KI RI SH :

Konduktometriya. Tokning chastotasi bo‘yicha turlari. 
Tutashgan va tutashmagan usullar. Bevosita va 
bilvosita usullar. Past chastotali usul. Solishtirma va 
molekulyar (ekvivalent) elektr o‘tkazuvchanlik. 
Kolraush qonuni. Ionlar harakatchanligi. 
Konsentratsiya, ionlar tabiati, harorat va 
erituvchining elektr o‘tkazuvchanlikka ta’siri. Bevosita 
konduktometriya. Konduktometrik titrlash. 
Qo‘llaniladigan reaksiyalar. Titrlash egri chiziqlarining 
shakli va modda tabiati. Aralashmalarni titrlash. 
Yuqori chastotali usul. Elektrolitik bo‘g‘inlar. Sig‘im va 
induktivlik. Xarakteristik egri chiziqlar. Chastota va 
titrlash egri chizig‘i. Konsentratsiyaning titrlash egri 
chizig‘i shakliga ta’siri. Dielkometriya 
Konduktometrik analiz usullari  elektrolitlar 
eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini 
o‘lchashga asoslangan bo‘lib, tokning ishchi 
chastotasiga ko‘ra  past  va  yuqori chastotali  
usullarga bo‘linadi. Konduktometriya usullari 
elektrodlarning tekshiriladigan eritma bilan 
tutashganligiga qarab  tutashgan  va 
tutashmagan  usullarga bo‘linadi. Past (10 3
  Gs ) 
chastotali usullar  konduktometriya  deb, 
yuqori (10 6
 10 7
  Gs ) chastotali usullar esa 
yuqori chastotali konduktometriya  (usul 
ko‘pincha titrlashning oxirgi nuqtasini topish 
maqsadida ishlatilgani uchun  yuqori 
chastotali titrlash ) deb yuritiladi.  KON DUKTOMETRI YA

Tutashgan usullar yordamida o‘lchash jarayonida elektrodlar 
tekshiriladigan elektrolit eritmasiga bevosita tushirilgan 
bo‘ladi. Bu usullar o‘lchash aniqligini oshirish imkonini bersa-
da, ular elektrodlarning polyarizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan 
tegishli xatolardan xoli emas. Tutashmagan usullarda 
elektrodlar bilan tekshiriladigan elektrolit eritmasi orasida 
bevosita tutashuv bo‘lmaydi, ya’ni elektrodlar eritmaga 
tushirilmagan bo‘ladi. Bu usullarda elektrodlar o‘lchash zanjiri 
bilan sig‘im yoki induktivlik orqali bog‘lanadi. Bunday usullarda 
polyarizatsiya hodisasi uchramaydi. Tutashmagan usullar 
konsentratsiyalari yuqori bo‘lgan, agressiv, yopishqoq va 
uchuvchan moddalarni tekshirish uchun qulaydir. Elektrod 
bilan eritma tutashmagan bo‘lganligi uchun ular orasida o‘zaro 
ta’sir bo‘lmaydi, elektrod ham, eritma ham ifloslanmaydi.  
Eng muhimi qimmatbaho platina elektrodini 
arzon metallarga almashtirish mumkin. 
Tutashmagan usullarda bevosita elektr 
o‘tkazuvchanlik o‘lchanmasdan, uning hosilasi 
 tok kuchi o‘lchanadi. Konduktometrik 
usullarning rangli va loyqa eritmalarni 
tekshirish, sezuvchanligining yuqoriligi, 
avtomatlashtirish imkoniyati, titrlashning 
oxirgi nuqtasini aniq topish, aralashmalarni 
titrlash va sh.k. qator  afzalliklari  bilan bir 
qatorda, selektiv emasligi, konsentratsiyasi 
yuqori bo‘lgan eritmalarni aniqlashda chetga 
chiqishlarning uchrashi kabi  kamchiliklari  ham 
mavjud.  Past  chast ot ali k onduk t ome t riya da 

Past chastotali konduktometriya da eritmalarning elektr 
o‘tkazuvchanligi bilan konsentratsiyasi orasidagi bog‘liqlik 
o‘rganiladi. Bunda o‘lchash bevosita va bilvosita usullar 
yordamida amalga oshiriladi. 

Bevosit a k onduk t ome t riya da solishtirma elektr 
o‘tkazuvchanlikning konsentratsiyaga bog‘liqligi (43-
chizma) asosida tahliliy xulosa qilinadi.  Solishtirma elektr 
o‘tkazuvchanlik  deganda, sirt yuzasi 1 sm 2 
bo‘lgan ikkita bir-
biridan 1 sm masofada joylashgan inert elektrodlar 
orasidagi elektrolit eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi 
tushuniladi. Eritmaning qarshiligi ( R ) elektrodlar orasidagi 
masofaga ( l ) to‘g‘ri va eritmaga tushirilgan elektrodlarning 
sirt yuzalariga (s) teskari mutanosib bog‘langan:  
Kolraush qonuni . Elektrolitlar eritmalarida 
elektr toki turli xil zaryadlangan ionlarning 
qarama-qarshi harakati natijasida paydo 
bo‘ladi. Eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi 
kationlar (
+ ) va anionlar (	
- ) harakati 
natijasida kelib chiqqan elektr 
o‘tkazuvchanliklardan iborat bo‘ladi. 
Ionlarning elektr o‘tkazuvchanligi ularning 
harakatchanligi  bilan belgilanadi. Ionlarning 
molekulyar (ekvivalent) elektr 
o‘tkazuvchanligi ular absolyut tezliklarining 
(	

+ ,	
- ) Faradey soniga (  96500 Kl) 
ko‘paytmasiga teng, ya’ni: 	

+	 + F  va 	
-	 - F. 
Konduk t ome t rik  t it rlash . Elektrolit eritmasining elektr 
o‘tkazuvchanligini o‘lchash asosida titrlashning oxirgi 
nuqtasini topish mumkin. Odatda, konduktometrik titrlashda 
titrlash qaydnomasiga qo‘shilgan titrant hajmi bilan qarshilik 
(yoki elektr o‘tkazuvchanlik) orasidagi bog‘liqlik yozib boriladi. 
Titrlash egri chiziqlari ikki yoki undan ortiq to‘g‘ri chiziqli o‘zaro 
kesishgan siniq chiziqlardan iborat bo‘ladi. Chiziqlarning 
kesishish nuqtalari titrlashning oxiriga to‘g‘ri keladi. Shuni 
ham aytish kerakki, ko‘pchilik hollarda ekvivalentlik nuqtasi 
yaqinida elektr o‘tkazuvchanlik egri chiziqli bog‘lanishga ega. 
Bundan tashqari, titrlash egri chizig‘ining ayrim sohalari 
egilgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday hol, reaksiya miqdoriy 
jihatdan oxirigacha bormasa yoki titrlash jarayonida 
reaksiyada qatnashayotgan moddalarning dissotsiatsiya yoki 
gidroliz (solvoliz) darajasi o‘zgarganida kuzatiladi. Agar titrlash 
egri chizig‘ining ayrim sohalarida to‘g‘ri chiziqli o‘zgarish 
kuzatilsa, miqdoriy jihatdan oxirigacha bormaydigan 
reaksiyalardan foydalanish ham mumkin.  
Yuqori chast ot ali k onduk t ome t riya . Yuqori 
chastotali usul bo‘yicha dastlabki tajribalarni 
J.Blek (1933) o‘tkazgan edi. Usulning nazariy 
masalalari Reyli va boshqalar (1953) 
tomonidan ishlab chiqilgan. Yuqori chastotali 
konduktometriya usuli eritmalarning elektr 
va dielektrik o‘tkazuvchanligini o‘lchash 
uchun qo‘llaniladi. Bu usul klassik 
konduktometriya va dielkometriya 
usullarining oraliq ko‘rinishi sanaladi. Yuqori 
chastotali usulning konduktometriya 
usulidan tub farqi dielektrik 
o‘tkazuvchanlikning o‘lchash bo‘g‘ini 
kattaliklariga keskin ta’siri va bo‘g‘inda tok 
zichligining notekis taqsimlanishidir.  
Sirk a k islot ani  bev osit a k onduk t omet rik  aniql ash.

Konduktometrik analiz usullari elektrolitlar eritmalarining elektr 
o`tkazuvchanligini o`lchashga asoslangan bo`lib,tokning ishchi 
chastotasiga ko`ra past va yuqori chastotali usullariga bo`linadi. 
Konduktometriya usullari  elektrodlarning tekshiriladigan eritma 
bilan tutashganligiga qarab tutashgan va tutashmagan usullarga 
bo`linadi.

    Past chastotali usullar (10 3
 gs) konduktometriya deb,yuqori 
chastotali usullar (10 6
 gs)  esa yuqori chastotali titrlash deb yuritiladi.

   Tutashgan usullarda elektrodlar tekshiriladigan elektrolit eritmasiga 
tushirilgan bo`ladi va bu elektrodlarda polyarizatsiya hodisasi 
kuzatiladi.Tutashmagan usullarda elektrodlar tekshiriladigan eritma 
bilan bevosita tutashmagan bo`lib,ular o`lchash zanjiri bilan sig`im 
yoki induktuvlik orqali bog`langan.Elektrod bilan eritma tutashmagan 
bo`lganligi sababli ular orasida o`zaro ta`sir bo`lmaydi va elektrod 
ham,eritma ham ifloslanmaydi.Bu usullarda bevosita elektr 
o`tkazuvchanlik o`lchanmasdan,uning hosilasi-tok kuchi o`lchanadi.

   Bevosita   konduktometriyada solishtirma elektr o`tkazuvchanlikning 
konsentratsiyaga bog`liqligi o`rganiladi. Foy dalanilgan adabiy ot lar:

Kreshkov A.P. Osnov analiticheskoy ximii.  T.3. M.: Ximiya.1977.

Vinogradova Ye.P., Gallay E.A., Finogenova Z.M. Metod 
polyarograficheskogo i amperometricheskogo analiza.  M.: Izd. MGU. 
1963.

Geyrovskiy Ya., Kuta Ya. Osnov polyarografii.  M.: Mir. 1965

Lopatin B.A. Teoreticheskiye osnov elektroximicheskix metodov 
analiza.  M.: Vssh.  sh k.1975.

Zolotov Yu.A., Doro x ova Ye.N., Fadeyeva V.I. i dr. Osnov analiticheskoy 
ximii. V 2 kn.. kn. 2. Metod ximicheskogo  analiza. M.: Vssh.shk.1999.

  Fris Dj., Shenk G. Kolichestvenny analiz. M.: Mir.1978.557 s.

Mayranovskiy S.G., Stradn Ya.P., Bezugly V.D. Polyarografiya v 
organicheskoy ximii.  M.: Ximiya. 1975.351 s.

Koltgof I.M., Lingeyn Dj. Dj. Polyarografiya. M - L.: Gosximizdat. 1968. 
507 s. 

Izmaylov N.A. Elektroximiya rastvorov.  M.: Ximiya.1966. 575 s. 
E’tiboringiz uchun rahmat

Mavzu: Konduktometrik analizning ishlab chiqarishda qo’llanilishi

Reja:  I .KIRI SH  I I . ASOSI Y QI SM  1. Konduk t omet riy a  2. Past chast ot ali k onduk t omet riy a da  3. Bev osit a k onduk t omet riy a da  4. Kolraush qonuni .  5. Konduk t omet rik t it rlash .  6. Yuqori chast ot ali k onduk t omet riy a .  7. Sirk a k islot ani bev osit a k onduk t omet rik aniqlash.  I I I.X ulosa  I V.Foy dalanilgan adabiy ot lar

KI RI SH :  Konduktometriya. Tokning chastotasi bo‘yicha turlari. Tutashgan va tutashmagan usullar. Bevosita va bilvosita usullar. Past chastotali usul. Solishtirma va molekulyar (ekvivalent) elektr o‘tkazuvchanlik. Kolraush qonuni. Ionlar harakatchanligi. Konsentratsiya, ionlar tabiati, harorat va erituvchining elektr o‘tkazuvchanlikka ta’siri. Bevosita konduktometriya. Konduktometrik titrlash. Qo‘llaniladigan reaksiyalar. Titrlash egri chiziqlarining shakli va modda tabiati. Aralashmalarni titrlash. Yuqori chastotali usul. Elektrolitik bo‘g‘inlar. Sig‘im va induktivlik. Xarakteristik egri chiziqlar. Chastota va titrlash egri chizig‘i. Konsentratsiyaning titrlash egri chizig‘i shakliga ta’siri. Dielkometriya

 Konduktometrik analiz usullari elektrolitlar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchashga asoslangan bo‘lib, tokning ishchi chastotasiga ko‘ra past va yuqori chastotali usullarga bo‘linadi. Konduktometriya usullari elektrodlarning tekshiriladigan eritma bilan tutashganligiga qarab tutashgan va tutashmagan usullarga bo‘linadi. Past (10 3 Gs ) chastotali usullar konduktometriya deb, yuqori (10 6  10 7 Gs ) chastotali usullar esa yuqori chastotali konduktometriya (usul ko‘pincha titrlashning oxirgi nuqtasini topish maqsadida ishlatilgani uchun yuqori chastotali titrlash ) deb yuritiladi.

KON DUKTOMETRI YA  Tutashgan usullar yordamida o‘lchash jarayonida elektrodlar tekshiriladigan elektrolit eritmasiga bevosita tushirilgan bo‘ladi. Bu usullar o‘lchash aniqligini oshirish imkonini bersa- da, ular elektrodlarning polyarizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xatolardan xoli emas. Tutashmagan usullarda elektrodlar bilan tekshiriladigan elektrolit eritmasi orasida bevosita tutashuv bo‘lmaydi, ya’ni elektrodlar eritmaga tushirilmagan bo‘ladi. Bu usullarda elektrodlar o‘lchash zanjiri bilan sig‘im yoki induktivlik orqali bog‘lanadi. Bunday usullarda polyarizatsiya hodisasi uchramaydi. Tutashmagan usullar konsentratsiyalari yuqori bo‘lgan, agressiv, yopishqoq va uchuvchan moddalarni tekshirish uchun qulaydir. Elektrod bilan eritma tutashmagan bo‘lganligi uchun ular orasida o‘zaro ta’sir bo‘lmaydi, elektrod ham, eritma ham ifloslanmaydi.