logo

Lirik tur janrlari va ularni janr xususiyatlariga ko‘ra o‘qitish.

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

19369.448242188 KB
Davlat (o‘zbek) tili 
Mavzu:   Lirik tur janrlari va 
ularni janr xususiyatlariga ko‘ra 
o‘qitish. lirika, uning o‘ziga xos xususiyatlari, m aktab adabiy 
ta’limi ,  lirik asarlarning  o‘ rganilishi ,   o‘ ziga xos l igi , 
m umtoz lirik asarlar ni  janr xususiyatiga k o‘ ra 
o‘ rganishTayanch so‘z va tushunchalar: QOZOQBOY YO‘LDOSHEV
“ Lirika-kayfiyat mahsuli. His tuyg‘u ifodasi,   lahzalik kayfiyatni 
mangulikka muhrlashdir. Voqeani aks ettirishga bag‘ishlangan 
she’rlar esa manzumalardir”
                   

youtube.com

Lirik asarlarni tahlil etish yo llari | Qozoqboy Yo ldoshevʻ ʻ
Manzuma  	
(arab.— tizma) — voqeaband she riy asar yoki she riy maktubni 	ʼ ʼ
ifodalovchi termin. Manzuma asosan masnaviy shaklida, har bir bayti a-a, b-b, 
v-v qofiya tartibida yoziladi. O zbek mumtoz adabiyotida she riy hikoyalarga 	
ʻ ʼ
nisbatan ham manzuma termini ishlatilgan. Lirikaning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

Dastlab shu savolga javob b е rib ko‘raylik. 
Biz “Adabiyotshunoslik t е rminlari lug‘ati”, 
“Adabiyotshunoslikka kirish”, “Adabiyot 
nazariyasi”ga oid darsliklardagi ta’riflar bilan 
qiziqamiz.   
“ Qadim Yunonistonda lirika musiqa va raqs san’atlari bilan uzviy, 
chambarchas hayot k е chirgan ekan, sharqda ham shunday bir holni kuzatish 
mumkin. Sharqda eng buyuk mutasavvuf shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy 
ham o‘zining so‘fiyona g‘azallarini rubob jo‘rligida, raqsga tushib aytgan. 

O‘zb е k xalqining s е vimli klassik shoiri Boborahim Mashrab o‘z sh е' rlarini 
tanbur ohanglari bilan orastalab kuylab yurgani el orasida ma’lum.Lirika 
inson o‘z shaxsini tanigan, o‘zini shaxs sifatida anglagan, o‘zini olam ichra 
yana bir olam d е b bilgan va tashqi, ob’ е ktiv olamga yangicha qaragan 
sharoitlarda paydo bo‘ladi… Lirika parvozini hamisha jamiyat hayoti 
b е lgilaydi” Jamol Kamol  «Adabiyotshunoslikka kirish»da:

“ Lirik turga kiruvchi asarlar odatda kichik 
hajmli bo`lishiga qaramay, turmushni badiiy, 
obrazli aks ettirishning barcha xususiyat va 
b е lgilariga ega. Lirik turga kiruvchi asarlarda 
konkr е t individual k е chinmalar orqali tipik 
k е chinmalar ifodalanib, lirik asarda badiiy 
umumlashtirish vujudga k е ladi”. Abu Nasr Farobiy

Abu Nasr Farobiy sh е‘ riyat haqida mulohaza 
yuritar ekan, jumladan, shunday d е ydi:

“ ...isbotda ilm, tortishuvda ikkilanish, ritorikada 
ishontirish qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, sh е' riyatda 
ham xayol va tasavvur shunchalik zarur bo‘ladi. 
Ba'zida inson f е ’li ko‘proq xayol surishga bog‘liq 
bo‘ladi. Bu shundayki, inson bir narsani boshqa 
biror narsada bor, d е b tasavvur qiladi”.    Psixologlarning ta’kidlashicha, IV-VI sinf o‘quvchilari VII-VIII 
sinf o‘quvchilariga qaraganda lirik asarlarni tushunishga va 
o‘qishga moyilrog‘ bo‘ladi. Bu moyillik IX-XI sinf o‘quvchilarida 
yana yangidan rivojlanib boradi.

D е mak, ta’lim jarayonida bu xususiyatlarni e’tiborga olish, 
k е rak bo‘lsa, ulardan o‘z o‘rnida va unumli foydalanish lozim. 
Sh е ’r – emotsional kayfiyat ifodasi. Bu kayfiyatni o‘quvchilarga 
yuqtira olish esa o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. Psixologlar Bu yoshda ularga sh е ’riy asarning obrazlar tizimi haqida gapirish, muhokama va munozaralarni 
shu sohaga burish o‘rinli bo‘ladi. Ayni paytda sh е ’rning emotsional-obrazli qirralaridan nazariy 
tushunchalar tomonga o‘tish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.Sh е ’riy asarlarni tahlil qilishda o‘quvchilarning yoshi 
alohida e’tiborda tutilishi k е rak. Sh е ’riy asardagi ritm, tovushlar uyg`unligi, so‘zning ko`p ma’noliligi, ayni 
paytda har bir so‘z va tovushning jarangi, yangi so‘zning ohori osonroq va 
ta’sirliroq tarzda namoyon bo‘ladi       Maktab adabiy ta’limida lirik asarlarning  o‘ rganilishi va  o‘ ziga xos l igi 

Maktab adabiyot dasturiga nazar tashlasak, 
o‘rganishga tavsiya etilgan lirik asarlarni, 
avvalo,  zamon va makon  nuqtai nazaridan, 
ikkinchidan,  she’riy tizimga mansubligi 
jihatidan tasniflash mumkin. Birinchi tasnifga ko‘ra 
lirik asarlar mumtoz 
adabiyot, yangi davr 
o‘zbek adabiyoti hamda 
jahon adabiyoti 
namunalari tarzida 
nomoyon bo‘ladi. Ikkinchi tasnifga 
ko‘ra esa aruz 
she’riyati, 
barmoqdagi she’rlar 
hamda sarbast 
namunalaridir. Adabiyot muallimi o‘qitishda lirik turning o‘ziga xos 
xususiyatlarini e’tiborga olishi lozim. Lirik turning 
       a) vaznga solinishi;         
   b) qofiyalanishi;
  s) unda ruhiy holat va kechinmalar qalamga olinishi; 
d) doimiy ravishda inversiyaga yo‘l berilishi kabi 
xususiyatlari talqin va tahlilda asos bo‘lib xizmat qiladi.  Т a’kidlash joizki, maktab amaliyotida lirik asarlarni o‘qitishda ustozlar 
tomonidan qator tipik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. 
Ular quyidagilar: ayrim o‘qituvchilar 
lirik asarlarni 
o‘rganishda ularni 
yodlatish bilan 
kifoyalanib 
qolayotganligi; 
o‘quvchilarda lirik tur 
janrlari to‘g‘risida 
nazariy ma’lumotlar 
yuzaki 
o‘rganilayotganligi;      ifodali o‘qish malakasi 
shakllantirilmayotganligi 
ilmiy-nazariy va metodik 
tayyorgarligidagi 
kamchiliklar bilan 
izohlanadi.  she’rlar faqat 
matni bilan 
tanishtirilib, 
deyarli 
tahlil 
qilinmayotganligi;       Lirik turni o‘qitishda uning o‘ziga xos bosqichlari bor, ular 
quyidagilar:
she’r matni 
bilan 
tanishtirish 
(bunda 
o‘qituvchining 
o‘zi yoki 
o‘quvchilardan 
biri she’rni 
ifodali o‘qib 
eshittiradi); she’rda 
ifodalanayotg
an fikr 
aniqlanadi 
(ya’ni shoir 
nima 
deyapti);  she’rdagi 
aniqlangan 
fikr, 
ishtirok 
etayotgan 
obrazlarda
n kelib 
chiqib 
mavzusi 
belgilanadi;  aniqlangan 
fikrni 
berishdagi 
shoirning 
mahorati 
tahlil 
qilinadi.          Mumtoz lirik asarlarni janr xususiyatiga ko‘ra o‘rganish 

o‘zbek adabiyotida she’riyat asosiy, yetakchi adabiy tur 
bo‘lganligi tufayli adabiy ta’limda ham o‘rganiladigan mumtoz 
namunalarning katta qismini  lirik asarlar  tashkil etadi. 

Mumtoz janrlarni o‘rganishda, avvalo, o‘qituvchining o‘zida 
aruziy tafakkur  shakllangan bo‘lishi kerak. Bu esa 
o‘quvchilarda bu zaruriy ko‘nikmani shakllantirishning asosi 
ekanligi oyday ravshan. 

Negaki o‘qituvchi o‘zida bor narsa beradi, shogirdida 
shakllantiradi.  ARUZIY TAFAKKUR
–  mumtoz adabiyotimizda yaratilgan asarlarga xos vazn va 
qofiya qoliplariga rioya qilish, ritmika (ohang)ni his etish, 
qat’iy yo‘sinda shakllangan obrazlar tizimi, ular o‘rtasidagi 
munosabatlar, bu obrazlar atrofida guruhlangan poetik 
vositalar hamda til xususiyatlarini anglash, ramzlar va 
majozlar bilan fikrlash demakdir. 
Aruziy tafakkur  shakllangandagina o‘qituvchining o‘zi 
mumtoz adabiyotni, mumtoz lirikani tushunadi va tushuntira 
oladi.  
G‘azal  qadimdan ajdodlarimiz o‘qigan maktab, madrasalarda 
muntazam o‘qitilib kelingan. Ayniqsa, keyingi ikki asrda 
A.Navoiy, So‘fi Olloyor, Mashrab va Huvaydo ijodi maktab, 
madrasa dasturi, o‘quv rejalaridan mustahkam joy olgan.  

Avaz o‘tar  “ Т il”  g‘azali ifodaning uncha murakkab emasligi, 
bugungi adabiy tilga yaqinligi, o‘zlashgan so‘zlarning kamligi, 
didaktik mazmuniga ko‘ra o‘spirinlarning yosh xususiyatlariga, 
bilim va ko‘nikmalari darajasiga mosligi bilan adabiyot 
muallimlarini qoniqtirgan G‘azal Dasturda g‘azal haqida nazariy ma’lumot berilmaydi. Lekin ularni 
o‘qish, tahlillash davomida o‘quvchilar janrning tuzilishi 
(baytlardan iboratligi), qofiyalanish tartibi bilan tanishadilar, ifodali 
o‘qish asnosida unga xos bo‘lgan musiqiylikni tuyadilar. 
Eng asosiysi, g‘azalni misrama-misra, baytma-bayt tahlil qilish, 
ma’nosini, badiiyatini sharhlash ko‘nikmalarini shakllantirish 
bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlanadi.  Nazariy ma’lumotda quyidagi tushunchalar beriladi: 

a) g‘azal so‘zining lug‘aviy ma’nosi, janrning mumtoz she’riyatda tutgan o‘rni, ya’ni atama arabcha so‘z 
bo‘lib, “ayollarni maqtash, ta’riflash” ma’nosini berishi, bu janr qadimdan eng ahamiyatli va e’tiborli 
she’r shakli bo‘lib kelganligi, deyarli barcha shoirlar unga murojaat qilganliklari to‘g‘risida tushuncha 
beriladi; 

b) g‘azalning shakliy tuzilishi, ya’ni baytlardan tashkil topishi, matla’, maqta’ va shoirning taxallusi 
asosan maqta’da berilishi darslikdagi bir g‘azal misolida tushuntiriladi; 

v) qofiyalanishi, radif to‘g‘risida:  asosan  a-a, b-a, v-a, g-a...  tarzida qofiyalanishi g‘azal misolida 
izohlanadi; 

g) g‘azalda qalamga olinadigan mavzularga to‘xtaniladi, bu she’r  shaklida barcha mavzular: ijtimoiy-
siyosiy, didaktik, peyzaj, narsabuyumlar ta’rifi, biror voqea yoki shaxslarga tavsif va hokazolar talqin 
qilinishi mumkinligi, lekin yetakchi mavzu ishq-muhabbat ekanligi uqtirib o‘tiladi; 

d) g‘azal asosan ishqiy mavzuda yozilganligi bois bosh obrazlar: oshiq, ma’shuqa, raqib to‘g‘risida 
ma’lumot berish maqsadga muvofiqdir. 

6-7-sinflarda g‘azal vazni – aruz to‘g‘risida tushuncha berilmaydi. Mumtoz she’rlar shu she’riy tizimda 
yozilganligini qayd etib o‘tish kifoya.   G‘azalning to‘laqonli o‘quv tahlili 8- va 9-sinflarda o‘tkaziladi.  Тahlil 
quyidagi tartibda olib boriladi:  
1
a vvalo  g‘ azal 
o‘ qituvchi 
tomonidan 
maromiga yetkazib 
(imkon qadar 
yoddan)  o‘ qib 
eshittiriladi ;   2
g‘azalni 
tinglagach, 
birgalikda uning 
qanday mavzuda 
yozilganligini 
aniqlash lozim;   3
g‘ azal qofiyasi 
aniqlanadi.      G‘azalning to‘laqonli o‘quv tahlili 8- va 9-sinflarda o‘tkaziladi.  Тahlil 
quyidagi tartibda olib boriladi:  
4
g‘azalda ishtirok 
etayotgan asosiy 
obrazlar aniqlanadi. 
Ishq-muhabbat 
mavzusida asosiy uch 
obraz bor: oshiq, 
ma’shuqa (yor), raqib. 
Obrazlarga qarab 
g‘ azalning tasvirga 
k o‘ ra turi aniqlanadi ;    5
a sosiy obrazlar aniqlab 
olingach, har bir bosh 
obraz atrofida 
guruhlangan ikkilamchi 
obrazlarni ajratib 
olmoq kerak ; 6
Voqelikni majoz va 
haqiqat y o‘ li bilan 
tasvirlashga k o‘ ra 
o‘ rganilayotgan 
g‘ azalning qaysi 
guruhga mansubligi 
belgilab olinadi.      G‘azalning to‘laqonli o‘quv tahlili 8- va 9-sinflarda o‘tkaziladi.  Тahlil 
quyidagi tartibda olib boriladi:  
7
shundan so‘ng har 
bir bayt alohida 
olinib o‘qiladi, 
mazmuni 
sharhlanadi;   8
agar o‘qituvchi 
bungacha aruz vazni 
to‘g‘risida 
o‘quvchilarga 
tushuncha bergan 
bo‘lsa, bu g‘azal vaznini 
topishni topshiriq qilib 
bersa bo‘ladi;  9
Т ahlil tugagach, o‘quvchilaridan 
g‘azaldan olgan taassurotlarini 
so‘raydi.  
Vaqt bo‘lsa, bir necha 
o‘quvchiga g‘azalni ifodali 
o‘qitib ko‘rish kerak.     Ruboiyni o‘rganish

Joriy dasturga ko‘ra 5-sinfda Bobur ruboiylari o‘rganiladi, janrning 
o‘ziga xos belgilari to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar beriladi. 

Ruboiy  atamasi  arabcha  bo‘lib,  to‘rtlik  ma’nosini  berishi,  lekin 
har  qanday  to‘rtlik  ruboiy  bo‘lolmasligi,  buning  uchun  u  aruz 
vaznidagi  hazaj  bahrining  axram  va  axrab  tarmoqlarida  yozilishini 
qayd etib o‘tish bilan kifoyalaniladi. 

Shu  o‘rinda  fanlararo  bog‘lanish  –  integratsiyadan  foydalanish 
o‘rinli.  Nazariy  bilimlarni  berishda  geometrik   shakllar,  ular 
to‘g‘risidagi tushunchalardan foydalanamiz. Kvadrat    Ruboiy  
Kvadrat to‘rtburchakdir. 
  Lekin  har  qanday  to‘rtburchak 
kvadrat emas. 
Kvadrat  bo‘lishi  uchun 
to‘rtburchakning  to‘rtala  tomoni 
teng bo‘lishi kerak. 
  Agar  t o‘ rtala  tomoni  teng 
b o‘ lmasa,  oddiy  t o‘ rtburchak 
sanaladi .   Ruboiy to‘rtlikdir. 
  Lekin  har  qanday  to‘rtlik  ruboiy 
emas. 
  Ruboiy  bo‘lishi  uchun  to‘rtlik 
aruzdagi hazaj bahrining axram va 
axrab  tarmoqlarida  yozilishi 
kerak. 
  Agar  hazaj  bahrining  ahram  va 
ahrab  tarmoqlarida  yozilmasa, 
oddiy to‘rtlik sanaladi.   TUYUQ janri
T uyuq biz 
uchun milliy 
janr b o‘ lib, u 
turkiy 
adabiyotda 
vujudga 
kelgan .   Tuyuq to‘rt 
misradan 
iborat bo‘lishi 
kerak.
Ruboiyga 
o‘xshab ikki xil: 
a-a-a-a yoki a-
a-b-a tarzida 
qofiyalanadi.  Uyuq, albatta, 
aruzning 
ramali 
musaddasi 
mahzuf (yoki 
maqsur) 
vaznida 
yozilishi 
shart.  Tuyuq qofiya 
bo‘lib kelgan 
so‘zlar, 
albatta, tajnis, 
ya’ni omonim 
munosabatida 
bo‘lishi talab 
qilinadi.          TUYUQ janri
Tuyuq  fors va 
arab she’riyatida 
uchramaydi .    Ayrim kitoblarda oxirgi shart 
keyinchalik yuzaga kelib, asta-
sekin qat’iylashgani, ba’zi shoirlar 
ijodida tuyuqning tajnissiz 
shakllari ham uchrashi aytilgan.                 Tuyuqlar tajnis san’atining ishtirok etishi yoki etmasligiga ko‘ra:
  1)  tajnisli  va  2)  tajnissiz  tuyuqlarga  bo‘linadilar.  Garchi  bitta  vaznda  yozilishi 
shartligi  –  uning  imkoniyatlarini  cheklasa-da,  shoirning  omonimlardan 
foydalanish mahoratini to‘liq namoyon etishi bilan ardoqlidir.
Jumladan,
G‘am yuki to qomatim  yo qilmadi,
Ohim o‘tig‘a falak  yoqilmadi,
Qilmadi rahmi mango, xud o‘zgaga
Bilmadimkim, qildimu  yo qilmadi.  Qit’a ham o‘zbek tili darslarida faol o‘rganiladigan janr 

o‘qitish jarayonida qit’a haqida tahlilda asqotadigan ilmiy-
nazariy qarashlardan xabardorlik juda muhimdir. 

Т ahlil o‘qituvchi tomondangina olib borilmasdan, 
yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlar, muammoli savollar 
qo‘yib, mazkur yechimlarga kelishda o‘quvchilarning 
o‘zini qatnashtirmoq darsning yuksak samarasi belgisidir.  Yulduz 
Usmonova Alisher 
Navoiy
TUYUQLARIDANMetodika       A .  Navoiy  adabiyotimiz  tarixida   tuyuqning  birinchi  nazariyotchisi  sifatida 
ushbu she'riy shaklning asosiy xususiyatlarini  “ Mezon ul-avzon ” da quyidagicha 
ko'rsatadi:  “ Yana  turk  ulusi,  bataxsis  chig'atoy  xalqi  aro  shoye'  avzondurkim, 
alar  sunidlarin  ul  vazn  bilan  yasab,  majolisda  ayturlar.  Birisi  tuyug'dirkim,  ikki 
baytqa  m uqarrardur  va  sa'y  qilurlarkim,  tajnis  aytilg'ay  va  ul  vazn  ramali 
musaddasi maqsurdur, mundoqkim:
“ Yorab, ul shahdu shakar yo labmudur,
Yo magar shahdu shakar yolabmudur.
Foilotun foilotun foilun
Jonima payvasta novak otqali,
G ‘ amza o ‘ qin qoshig ‘ a yolabmudur”  1-imkoniyat Testlarga javob berish
2-imkoniyat Qo‘shimcha ma’lumotlar
3-imkoniyat Tuyuq  vaznini aniqlash
4-imkoniyat Qofiya aniqlash
5-imkoniyat Tuyuqdan she’riy  san’atni aniqlash
O‘quvchi to‘plagan ball Dars o‘quvchilar foydalanish mumkin bo‘lgan 
imkoniyatlar   haqida tushuntirish bilan boshlanadi  
(har imkoniyat orqali bir ball olish mumkin):Topshiriq  Asar janri Tuyuq 
Qofiyalanish tartibi Foilotun foilotun foilun , aaba
Radifi (agar bo‘lsa) "yo labmudur”so‘zi
Vazni ramali musaddasi maqsur  vazni
Qollangan she’riy san’atlar tajnis  san’ati
O‘quvchi to‘plagan ballDars o‘quvchilar foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar   haqida tushuntirish bilan 
boshlanadi
  (har imkoniyat orqali bir ball olish mumkin)  Kamol  et  kasbkim,  olam  uyidin,
Sanga farz o‘lmag‘ay  g‘amnok  chiqmoq.
Jahondin  notamom  o‘tmak  biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.Topshiriq
QR kodda joylashgan 
qit’ani tahlil qilib 
bering.    TAHLIL
              Javob:  Bu  olam  uyidan  g‘am  bilan  ketish,  maqsadsiz  yashab  o‘tish  senga  farz 
emasdir;  kamolotni,  komillikni  o‘zingga  kasb  et,  zero,  jahonda  mazmunli 
yashamaslik,  nom  qoldirib  o‘tmaslik  hammomdan  nopok  chiqqanlik  bilan 
barobardur. 
            Inson  bu  dunyoga  ruhan  poklanish,  qalban  ulg‘ayish,  ikki  dunyo  saodatiga 
erishib  yashash  uchun  keladi  aslida.  Ulug‘  mutafakkir  bu  qit’a  orqali  insoniyatni 
ezgu amallar qilib, o‘zidan yaxshi nom qoldirib yashashga chorlamoqda. 
            Bu  dunyoga  kelgan  har  bir  inson  yashashdan  maqsadini,  yaratilish  sababini 
to‘g‘ri  anglashi,  umrini  behuda  narsalarga  sarflamasdan,  har  bir  fursatni  g‘animat 
bilib,  ilmu-hunar  egallab,  atrofidagilarga  yaxshilik  ilinib,  xayrli  ishlar  qilib  umr 
kechirishi lozimligini uqtiradi shoir. 
              Navoiy  qit’alari  o‘zining  shu  mazmundagi  axloqiy-ta’limiy,  ma’rifiy-estetik 
qudrati bilan hamisha insoniyatni ezgulikka, ma’naviy kamolotga yetaklaydi. E’tiboringiz 
uchun rahmat!

Davlat (o‘zbek) tili Mavzu: Lirik tur janrlari va ularni janr xususiyatlariga ko‘ra o‘qitish.

lirika, uning o‘ziga xos xususiyatlari, m aktab adabiy ta’limi , lirik asarlarning o‘ rganilishi , o‘ ziga xos l igi , m umtoz lirik asarlar ni janr xususiyatiga k o‘ ra o‘ rganishTayanch so‘z va tushunchalar:

QOZOQBOY YO‘LDOSHEV “ Lirika-kayfiyat mahsuli. His tuyg‘u ifodasi, lahzalik kayfiyatni mangulikka muhrlashdir. Voqeani aks ettirishga bag‘ishlangan she’rlar esa manzumalardir”  youtube.com  Lirik asarlarni tahlil etish yo llari | Qozoqboy Yo ldoshevʻ ʻ Manzuma (arab.— tizma) — voqeaband she riy asar yoki she riy maktubni ʼ ʼ ifodalovchi termin. Manzuma asosan masnaviy shaklida, har bir bayti a-a, b-b, v-v qofiya tartibida yoziladi. O zbek mumtoz adabiyotida she riy hikoyalarga ʻ ʼ nisbatan ham manzuma termini ishlatilgan.

Lirikaning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?  Dastlab shu savolga javob b е rib ko‘raylik. Biz “Adabiyotshunoslik t е rminlari lug‘ati”, “Adabiyotshunoslikka kirish”, “Adabiyot nazariyasi”ga oid darsliklardagi ta’riflar bilan qiziqamiz.  

 “ Qadim Yunonistonda lirika musiqa va raqs san’atlari bilan uzviy, chambarchas hayot k е chirgan ekan, sharqda ham shunday bir holni kuzatish mumkin. Sharqda eng buyuk mutasavvuf shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy ham o‘zining so‘fiyona g‘azallarini rubob jo‘rligida, raqsga tushib aytgan.  O‘zb е k xalqining s е vimli klassik shoiri Boborahim Mashrab o‘z sh е' rlarini tanbur ohanglari bilan orastalab kuylab yurgani el orasida ma’lum.Lirika inson o‘z shaxsini tanigan, o‘zini shaxs sifatida anglagan, o‘zini olam ichra yana bir olam d е b bilgan va tashqi, ob’ е ktiv olamga yangicha qaragan sharoitlarda paydo bo‘ladi… Lirika parvozini hamisha jamiyat hayoti b е lgilaydi” Jamol Kamol