Lyudovik XI islohoti
Mavzu: Lyudovik XI islohoti
Lyudovik XI (1461-1483) Fransuz qirollari orasida eng kuchlilaridan biri hisoblanadi. Lyudovik yoshlik chog’idanoq fitnalar uyushtirishga qobiliyati kuchli bo’lgan. Dastlabki fitna 1440-yil otasiga qarshi uyushtirilgan bo’lib, bu vaqtda u yigirma yoshga ham to’lmagan edi. 1446-yildagi otasini taxtdan ag’darishga bo’lgan navbatdagi fitna natijasiz tugagandan so’ng, u o’z provinsiyasi Dofinega ketib, shu vaqtdan boshlab to otasi vafotigacha u bilan uchrashmagan. 1461-yilda Lyudovik tomonidan uzoq vaqt kutilgan Karl VII ning o’limi haqidagi xabar keldi. Lyudovik siyosatining asosiy maqsadi hamma fransuz yerlarini yagona qirol hokimiyati ostida birlashtirish edi.
Lyudovik siyosatining asosiy maqsadi hamma fransuz yerlarini yagona qirol hokimiyati ostida birlashtirish edi. Bu maqsadga erishish uchun valualar sulolasidagi eng kuchli vakillaridan biri, uning sobiq xomiysi Burgundiya gersogiga qarshi urush olib borish zarur edi. Lyudovikning o’z hokimiyatini mustahkamlash borasidagi dastlabki harakatlari natijasiz tugaydi. Fransuz feodallari qirolga qarshi birlasha boshlaydilar. 1465-yil bahorida fransuz feodallari Parijda uchrashib, «Jamiyat baxt saodati uyushmasi» nomli ittifoq tuzadilar.
Bretan gersogi Fransisk, Karl Jasur, Sen-Pol grafi, Lotaringiya va Burbon gersoglari, Orlean gersogining o’g’li Dyunua, Kalabriya gersogi Jan, shuningdek Nemur gersogi, Armanyak grafi va Albre senori a’zo bo’lgan. Liganing rahbari etib qirol Karlning ukasi gersog Berriyskiy tayinlandi. Shu tariqa Lyudovikka qarshi Fransiyaning deyarli barcha feodallari birlashdi. U o’z qo’shinini to’plab iyul oyida Karl Jasurga qarshi Menlerida urush e’lon qildi. Ammo burgundlar g’alaba qozonganlaridan so’ng LyudovikParij tomon chekinishga majbur bo’lgan. Liga qo’shinlari Parijni qamal qildilar. Dastlab Pontuaz, so’ngra Ruan shahri qo’zg’alonchilar tomoniga o’tdi. Sena hafzasini egallagan feodallar Parijga oziq- ovqat kiritmay qo’yganlar. Shaharda ochlik boshlandi. Lyudovik Liga a’zolari bilan muzokaralar olib borib, sentyabr oyida Sen-Mereda tinchlik sulhini tuzishga majbur bo’lgan. Shartnomaga ko’ra, qirol Karl Jasurga Somma bo’ylaridagi hududlarni, ukasi Berriy gersogigaNormandiya, Bretan va Alason gersogligini beradi. Bundan tashqari boshqa liga a’zolari ham ko’plab yerlar va imtiyozlarga ega bo’lganlar.
Lyudovikning bu shartlarga ko’nishdan maqsad, ularning har birining talabini amalga oshirish orqali ularni tarqalib ketishiga erishish va shundan so’ng ularni alohida-alohida yo’q qilish bo’lgan. Tez orada u ukasini Bretan gersogi bilan urushtirishga muvaffaq bo’ldi. Shundan so’ng u Normandiyaga qo’shin tortib, bir necha haftadan so’ng uni egallaydi. Karl Ruandan qochib ketadi. Burgundiya gersogi 1466-yilda qo’zg’alon ko’targan Lyuttixga qarshi urush olib borayotganligi sababli Lyudovik bu yurishda ishtirok eta olmaydi. 1467- yilda Filipp vafot etadi va Karl Jasur Burgundiya gersogi bo’ldi.