Mahmud Qoshg’ariyning “Devоni lug’оt-turk” asari, uning topilishi va o’rganilishi
![Mahmud Qoshg’ariyning
“Dev о ni lug’ о t-turk” asari,
uning topilishi va o’rganilishi](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_1.png)
![Reja
1. Asarning topilishi va o’rganilishi
2. “ Devoni lug’at turk” maqol va matallarning berilishi.
3. “ Devoni tug’at turk “asarni maqol va matallarning tilshunoslikda
o’rganilishi](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_2.png)
![•
Tayanch so’zlar : urug‘, qabila, turkyshunoslik, qomusiy asar, she’riy parchalar, lirik
va epik janrlar, to‘rtlik, qadimgi folklor, individual she’riyat, adabiy muhit, turkiy
she’riyat, alliteratsiya, moniylik she’rlari, qofiya, fors she’riyati.](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_3.png)
![•
Mamlakatimizda istiqlol tufayli turk ellari adabiyotini yaxlit o’rganish imkoniyatiga ega
bo’ldik. Ma’lumki, kelib chiqishi bir – biriga yaqin, qarindosh bo’lgan xalqlarning tarixi,
madaniyati, rivojlanishi bir ildizga borib taqaladi. Bu xalqlarning urf – odatlarida, rasm –
rusmlarida, xalq og’zaki ijodida bir – biriga o’xshash holatlar juda ko’p ko’zga tashlanadi.
Albatta, tarixiy taraqqiyot tufayli, keyinroq ayrim farqlar ham vujudga kelgan. Jumladan, biz
o’rganayotgan turk ellari adabiyoti ham xuddi shunday tarixiy taraqqiyotni boshidan
kechirgan. XX asr boshlarida ota – bobolari bir bo’lgan turk qavmlarini birlashtirish, ularning
aloqalarini mustahkamlash uchun ko’p harakatlar bo’ldi.
Ma’lumki, turkiy qavmlar deganda biz o’zbek, qazoq, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq, uyg’ur,
totor, boshqird, chuvash, ozarboyjon, qorachoy, turk, gagauz, qo’miq, balqar kabi o’ttizga
yaqin millatlarni ko’zda tutishimiz kerak.](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_4.png)
![•
Bu millatlar esa Yevro–Osiyo materigining kattagina qismida joylashgan
hududlarda hayot kechiradi. Ana shu qarindosh xalqlarning adabiyotini bir butun
holda yaxlit o’rganish, ularning ijtimoiy – ma’naviy hayotini yaqindan anglashga
yordam beradi. Yuqorida ko’rsatilgan xalqlarning eng qadimgi adabiy – madaniy
yodgorligiga e’tibor bersangiz, ularda bir–biriga o’xshash asarlarning variantlariga
duch kelasiz. Masalan, “Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlarning usmonli turklarda,
ozarbayjon, turkman va o’zbeklarda bir qancha variantlari uchraydi. “Alpomish”,
“Manas”, “Dada Qurqut” kabi dostonlar haqida ham shuni aytish mumkin. Bunday
holatni biz faqat doston janridagi asarlar misolida emas, balki xalq og’zaki
ijodining boshqa janrlarida ham ko’plab uchratishimiz mumkin.](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_5.png)
![•
Masalan, Nasriddin afandi haqidagi latifalar turk, ozarboyjon, turkman, o’zbek xalq ijodida
ko’plab uchraydi. Qadimda kuylangan turli marosim va mehnat qo’shiqlari, maqollar va
ertaklar haqida ham shunday holat ko’zga tashlanadi.
X-XII asrlarda yozilgan M. Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk”, Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” kabi asarlari butun turkiy
xalqlarning umumiy adabiy merosi bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, Mahmud Koshg’ariyning
“Devoni lug’atit turk” asari faqat lug’at, ya’ni so’zlarining arabcha izohli tarjimasidan iborat
bo’lib qolmasdan, balki u arablargacha bo’lgan davrdagi adabiyot namunalarini o’zida
jamlab kelgan ajoyib badiiy asar ham bo’lib hisoblanadi. Chunki unda xalq og’zaki ijodiga
oid turli maqollar, hikmatli so’zlar, qo’shiqlar, iboralar, dostonlardan parchalar ko’plab
keltirilgan. Olti mingga yaqin turkcha so’zlarga arabcha izohlar berilgan.](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_6.png)
![•
Ko’pgina turkiy qabila va urug’larning tarixi, etnografiyasi, ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli va
boshqa tomonlari haqida ham bu kitobda ma’lumotlar beriladi. Ushbu jihatdan bu asar o’z
davrining qomusiy asari darajasiga ko’tarilgan. Jahon ilmi va madaniyati tarixida bu xildagi
asarlarning dastlabki namunalari sifatida “Devoni lug’atit turk” asari katta ahamiyatga ega
bo’ldi. Chunki bu davrgacha jahon tarixida hyech kim tillarni bir – biriga qiyoslab o’rganmagan
edi. M.Koshg’ariy bu asarni yozishda juda katta material to’plagan. Sharqiy Turkistondan
Kaspiy dengizi bo’ylarigacha bo’lgan hududda yashayotgan turk qavmlarining tilini tekshirdi.
Asar 1076-1077 yillarda yozilgan bo’lib, keyinchalik u uch kitob hajmida chop etildi. Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg’u bilig” nomli asari ham turkiy tilda yozilgan birinchi badiiy doston bo’lib,
u didaktik, ya’ni pand – nasihat xarakteridagi asardir. Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asarini
1069-1070 yillarda yozib tugatgan, uni qoraxoniylardan bo’lgan Tabg’ach Bug’roxonga
bag’ishlagan.](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_7.png)
![•
Asar aruz vaznining masnaviy shaklida yozilgan bo’lib, 73 bobni tashkil etadi. Bunda ijtimoiy hayotning ko’p
tomonlari qalamga olingan. Jumladan, ilm-hunar egallash, til o’rganish va so’zlashish odobi, hokimiyat va
hukmdorlar to’g’risida, odob va axloq, ma’rifat to’g’risida bahs yuritiladi. Asarda Kuntug’di, Oyto’ldi, Ugdulmish,
Uzg’urmish kabi ramziy obrazlar vositasida muallif o’z dunyoqarashlarini ifoda etadi. “Qutadg’u bilig”da turkiy
xalqlarning XI asrdagi tili yaqqol sezilib turadi. Unda arabcha va forscha so’zlar nisbatan oz uchraydi. Bu kitob tez
orada katta shuhrat qozondi. Uni “Turkiy Shohnoma” ham deb atay boshladi. Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul
haqoyiq” nomli didaktik asari ham umumturkiy xalqlarga tegishli deb qabul qilingan. Kitobning avtori va yaratilgan
yili haqida ma’lumotlar nihoyatda kam berilgan. Asarning til xususiyatlaridan kelib chiqib, uni XII-XIII asrlar
o’rtasida yaratilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Bu kitobda ham odob – axloq, ilm – ma’rifat masalalari ko’tarilib
chiqilgan. Shunisi xarakterliki, mazkur asarda din va shariat masalalariga tasavvuf falsafasi nuqtai nazaridan
yondoshilgan. Shu boisdan bo’lsa kerak Alisher Navoiy “Nasoyimul muhabbat” nomli kitobida Ahmad Yugnakiyni
mutasavvuf shoirlar qatoriga qo’shadi.](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_8.png)
![•
Umumturkiy adabiyotlardan yana biri sifatida “O’g’iznoma” eposini ko’rsatish mumkin.
Bu asarda turkiy xalqlarning kelib chiqish tarixi har bir urug’ning shajaralari
ko’rsatilgan. Asarda ko’plab she’riy parchalar ham keltirilgan. O’g’izxonning tug’ilishi
bilan bog’liq bo’lgan rivoyatlar, uning davlatni boshqarish, el-yurt obodonchiligi, turkiy
xalqlarning mustaqilligi, baxti uchun olib borgan kurashlari tasvirlangan.
Biz bu yerda qadimgi turk eposlaridan ayrimlari haqida qisqacha to’xtalib o’tdik, xolos.
Shuning o’zi ham turk ellari qadimdan juda yuqori darajadagi madaniyatga ega
bo’lganligidan darak beradi. Bularni jamlab, jahonga ko’rsatadigan vaqt keldi. Yana
shuni ham ta’kidlash kerakki, ko’pgina turk olimlari va yozuvchilari o’z asarlarini arab
va fors tillarida yaratgan. Bu soha ham chuqur tadqiqotlar olib borishni taqoza etadi.](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_9.png)
![•
Devonu Lug‘otit Turk, Mahmud Qoshg‘ariyning qalamiga mansub bo`lib, Bog’dodda
1072-1074- yillar mobaynida yozilgan Turkcha-Arabcha lug`atdan iborat asardir. Turkiy
tilining ma`lum va mashhur eng qadimgi lug`ati bo`lib, G`arbiy Osiyoning yozma
Turkchasi haqida mavjud eng qamrovli va muhim til yodgorligidir. Qo`l yozma nushasi
638 sahifa va 9000 ga yaqin Turkcha so`z va jumlaning tafsiloti bilan birga Arabcha va
boshqa tillardagi izohlarini o`z ichiga olgan. Shuningdek Turklarning tarihiga, geografik
tarqalishiga, qavmlariga lahja (sheva)lariga va yashahs shart-sharoitalriga oid qisqacha
kirish va matnlarni qamragan ma`lumotlar mavjud. Eski (klasik) Arab leksikografiyasi
(lug`at ilmi)ning tamoyillariga ko`ra tayyorlangan lug`at, Mahmud Qoshg‘ariyning Turkiy
qavmlar haqidagi batafsil ma`lumotlari bilan birga, Arab filologiyasi (til bilimi) borasida
ham asosli tahsil olganligini yaqqol namoyon qiladi.](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_10.png)
![](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_11.png)
![•
Lug`atnig mavjud yagona yozma nushasi 1266-yilda Shomda qaytadan nashr qilingan va 1915-
yilda Istambulda Ali Amiri Afandi (1857-1923) tomonidan tasodifan topilgan. (Faqat oldingi
asrlarda Antepli Ayniy va Kotib Chelebi ham Devondan bahs etganlar.) Ali Amiri yozmasi 1917-
yilda Talat Posho (1874-1921) boshchiligoida Kilisli Rifat Bilganing (1873-1953) nazorati ostida
chop etilgan bo`lib, butun dunyo Turkologlarining diqqat e`tiborini o`ziga jamlagan. 1928-yilda
Turkolog Carl Brockelmann, tafsilotli izohlari bilan lug`atni Nemischa tarjimasini nashrdan
chiqargan. Besim Atalayning zamonaviy (modern) Turkcha tarjimasi 1940-yilda Turk Dil Kurumu
(Turk Tili Jamiyati) tomonidan chop etilgan. So`nggi yillarda Robert Dankoffning Devonu
Lug‘otit Turk tarjiamsi, yangi malumotlar natijasida ba`zi muhim izohli o`zgartirishlarga sabab
bo`lgan. Mahmud Qoshg‘ariyning asarlarini kashfiyoti va nashr qilinishi Turk bilimi (Turkologiya)
tarihida yangi bir yol ochgan favqulodda hodisa bo`lib hisoblanadi. Mahmud Qoshg‘ariyning
Devonu Lug‘otit Turk Kitobi paytida yozilgan u zamonga nur sochuvchi boshqa bir kitobi
yo`qolgan.](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_12.png)
![•
Mahmud Qoshg‘ariy Devonu Lug‘otit Turk kitobiga yozishni shunday boshlaydi:
Asragan, qo`riqlagan Tangrining nomi bilan. “Ollohning, davlat quyoshini Turk
burchlaridan tug`dirganini va Turklarning diyori ustidagi samoning barcha doiralarini
aylantirganini ko`rdim. Olloh ularga Turk ismini berdi. Yer yuziga hokim qildi. Jahon
imperiyasi Turk irqidan chiqdi. Dunyo millatlarining tizgini Turklarning qo`liga berildi.
Turklar Olloh tomonidan barcha qavmlardan ustun qilindi. Haqdan ayrilmagan Turklar,
Olloh tomonidan haq uzra quvvatlantirildi. Turklar bilan birga bo`lgan qavmlar aziz
bo`ldi. Bunday qavmlar, Turklar tomonidan har qanday orzulariga yetdi. Turklar, o`z
himoyasidagi millatlarni, yomonlarni yovuzligidan himoya qildi. Jahon hokimi bo`lgan
Turklarga hamma muhtoj, ularga dardini anglatish, shu tarzda har qanday istak va
xoxishlariga erishish uchun Turkcha o`rganishi kerak](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_13.png)
![•
Mahmud K о shg’ariy o’zining “Dev о nu lug’ о t-it turk” (turkiy tillar lug’ati) asari bilan
butun dunyo turkiy xalqlarinining b о y xalq tilini jamlab o’ziga x о s dev о n tuzdi va bunga
mazkur xalqlarning turli lahjalari, urf- о datlariga о id qimmatli materillarni ham kiritib,
o’ziga x о s q о musiy asar yaratib berdi. Mazkur asar butun dunyo tilshun о s va turkshun о s
о limlarining e`tib о riga tushdi Jumladan, “Dev о nu lug’ о t-it turk”ni 1982 yilda AQSh
Chikag о universiteti turkshun о slari R о bert Denk о ff va J о n Kellilar ingliz tiliga tarjima
qilishdi. Asarning har uchchala qismi uning turkcha nashridan amalga о shirildi. Bu xayrli
ish tufayli о kean о rti xalqlari ham Mahmud K о shg’ariy ij о didan bahramand bo’lishdi.
H о zirda mazkur manbaa tufayli turkiy maq о l va hikmatlarni ingliz tiliga tarjima qilish
masalasiga о id b о y tajriba yaratildiki, tarjimashun о slik fani о ldiga bu juda qiziqarli va
d о lzarb bir masalani qo’yadi.](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_14.png)
![A dabiy ot lar:
•
1. Robert Denkoff. Baxtu taxtga eltuvchi bilim. Ingliz tilidan Z.Sodiqov tarjimasi. Jahon adabiyoti jurnali. T.
2005 yil noyabr soni. 152-bet.
•
2.48 Z.Sodiqov, Q.Siddiqov. “Qutadg’u bilig”ning yangi tarjimasi // O’zbekiston adabiyoti va san’ati.
Toshkent 2007. 6- aprel № 14 (3894). 1–bet.
•
3.Maxmudov K. Foneticheskiye izmeneniya gluxix soglasnыx v yazыke pismennыx pamyatnikov XI-XIII vv.
// Tyurkskoye yazыkoznaniye. - Tashkent, 1985.
•
4. Mahmud Koshg’ariy. Turkiy so’zlar lug’ati. – Toshkent: Fan, 1960.
•
5.C-H. de Fouchecour, La description de la nature dans la poesie lyriquS persane du XI sikcle: Inventaire et
analyse des themes. Paris: Klincksicck, 1969.
•
6.J. W. Clinton, The Divan of Manuchihri Damghani: A Critical Study. Minneapolis: Bibliotheca Islamic,
1972
•
7.Boltaboyev H. Temur sag’anasini izlab. / Fitrat va jadidchilik. T.: O’-n miiliy kutubxonasi. – B. 89.
•
8.Mamatqulov M Qadimiy turkiy adabiyotda janrlar poetikasi. F.f.n ilmiy darajasi olish uchun yozilgan diss.
T. 2004. B. 42
•
9.Yusuf Xos Hojib Qutadg’u-bilig. Transkripsiya va xozirgi o’zbek tilida tavsif Q. Karimovniki. T.: Fan 1971](/data/documents/f727d5bc-7242-4ec4-a2a2-eb7a58b94792/page_15.png)
Mahmud Qoshg’ariyning “Dev о ni lug’ о t-turk” asari, uning topilishi va o’rganilishi
Reja 1. Asarning topilishi va o’rganilishi 2. “ Devoni lug’at turk” maqol va matallarning berilishi. 3. “ Devoni tug’at turk “asarni maqol va matallarning tilshunoslikda o’rganilishi
• Tayanch so’zlar : urug‘, qabila, turkyshunoslik, qomusiy asar, she’riy parchalar, lirik va epik janrlar, to‘rtlik, qadimgi folklor, individual she’riyat, adabiy muhit, turkiy she’riyat, alliteratsiya, moniylik she’rlari, qofiya, fors she’riyati.
• Mamlakatimizda istiqlol tufayli turk ellari adabiyotini yaxlit o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Ma’lumki, kelib chiqishi bir – biriga yaqin, qarindosh bo’lgan xalqlarning tarixi, madaniyati, rivojlanishi bir ildizga borib taqaladi. Bu xalqlarning urf – odatlarida, rasm – rusmlarida, xalq og’zaki ijodida bir – biriga o’xshash holatlar juda ko’p ko’zga tashlanadi. Albatta, tarixiy taraqqiyot tufayli, keyinroq ayrim farqlar ham vujudga kelgan. Jumladan, biz o’rganayotgan turk ellari adabiyoti ham xuddi shunday tarixiy taraqqiyotni boshidan kechirgan. XX asr boshlarida ota – bobolari bir bo’lgan turk qavmlarini birlashtirish, ularning aloqalarini mustahkamlash uchun ko’p harakatlar bo’ldi. Ma’lumki, turkiy qavmlar deganda biz o’zbek, qazoq, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq, uyg’ur, totor, boshqird, chuvash, ozarboyjon, qorachoy, turk, gagauz, qo’miq, balqar kabi o’ttizga yaqin millatlarni ko’zda tutishimiz kerak.
• Bu millatlar esa Yevro–Osiyo materigining kattagina qismida joylashgan hududlarda hayot kechiradi. Ana shu qarindosh xalqlarning adabiyotini bir butun holda yaxlit o’rganish, ularning ijtimoiy – ma’naviy hayotini yaqindan anglashga yordam beradi. Yuqorida ko’rsatilgan xalqlarning eng qadimgi adabiy – madaniy yodgorligiga e’tibor bersangiz, ularda bir–biriga o’xshash asarlarning variantlariga duch kelasiz. Masalan, “Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlarning usmonli turklarda, ozarbayjon, turkman va o’zbeklarda bir qancha variantlari uchraydi. “Alpomish”, “Manas”, “Dada Qurqut” kabi dostonlar haqida ham shuni aytish mumkin. Bunday holatni biz faqat doston janridagi asarlar misolida emas, balki xalq og’zaki ijodining boshqa janrlarida ham ko’plab uchratishimiz mumkin.