logo

Mehnat bozori va uning hududiy jihatlari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

404.1142578125 KB
Mavzu:  Mehnat bozori va uning  hududiy jihatlari
Reja:
1. Mehnat bozori.
2. Mehnat bozorining  hududiy jihatlari.
3. 2016-2021 yillarda Mehnat bozorida 
amalga oshirilgan ishlar                 Aholining hammasi mehnatga yaroqli hisoblanmaydi. 
Erkaklarning  16  yoshdan  60  yoshga  cha,  ayol  larning  16 
yoshdan  55  yoshgacha  bo‘lganlarigina  mehnatga  yaroqli 
hisoblanadi.  Ishlab  chiqarishning  ba’zi  sohalarida  50  yosh,  hatto  40 
yoshdan  nafaqaga  chiqariladi.  Ayni  vaqtda  nafaqa  yoshidagilar 
xohlasa  ishlashlari  ham  mumkin.  Shuningdek,  15  yoshga  to‘lgan 
o‘quvchilar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat etilgan. 
Mehnatga  yaroqlilar  mamlakat  jami  aholisining  yarmidan 
ortig‘ini  tashkil  etadi.  Mehnatga  yaroqlilarning  asosiy  qismi 
sanoatda,  qishloq  xo‘jaligida,  qurilishda  band.  Ular  foydali 
qazilmalar,  mashinalar,  oziqovqat  va  sanoat  mahsulotlarini  ishlab 
chiqaradi,  paxta,  g‘alla,  kartoshka,  uzum  yetishtiradi,  binolar 
bunyod etadi, ya’ni moddiy boylik yaratishadi. 
Ta’lim,  fan,  madaniyat,  tibbiyot  xodimlarining  mehnat 
natijalari  boshqacharoq.  Ularning  mehnat  natijalari  ham  foydali  va 
zaruriydir                  Mehnatda band aholining iqtisodiyot 
tarmoqlari  bo‘yi c ha taqsimlanishi (2017-yil).               Aholining  munosib  va  rasmiy  ish  bilan  bandligini  ta’minlash  maqsadida 
“O‘zbekiston  Respublikasining  2021-2030  yillarda  aholi  bandligiga  ko‘maklashish 
strategiyasi”  ishlab  chiqildi.  Ushbu  strategiyani  amalga  oshirish  natijasida  erishiladigan 
maqsadli  ko‘rsatkich  va  indikatorlar  2030  yilgacha  bo‘lgan  davrda  barqaror  rivojlanish 
sohasidagi  milliy  maqsad  va  vazifalar  samarali  va  munosib  ish  bilan  bandlikni  oshirish 
asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. 
O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  barcha  islohotlarning  tub  maqsadi  –  bu 
inson farovonligi, uning munosib turmush darajasini ta’minlash hisoblanadi. Bu esa, o‘z 
navbatida  davlat  tomonidan  aholining  samarali  ish  bilan  band  bo‘lishiga  barcha  shart-
sharoitlarni  yaratib  berishi,  shu  jumladan,  tadbirkorlar  uchun  qulay  biznes  yuritish 
muhiti, investitsiya, soliq siyosati, shaffoflik, sud-huquq tizimining adolatli bo‘lishi kabi 
omillarga  bog‘liq.  Chunki  mamlakatmizda  yaratilayotgan  ish  o‘rinlarining  90  foizi 
xususiy  sektor  hissasiga  to‘g‘ri  keladi  va  aynan  iqtisodiyotning  taraqqiyoti  kichik  va 
o‘rta biznesning rivojlanishi bilan bog‘liq.                 O‘zbekistonda  demografik  holatning  keskinligi,  aholi  sonining  yuqori 
sur’atlarda  o‘sishi  va  har  yili  500  mingdan  ortiq  yoshlarning  mehnat  bozoriga  kirib 
kelishi aholining barqaror ish bilan bandligi masalasini o‘ta dolzarb qilib qolmoqda. 
O‘zbekistonda  2021  yil  1  yanvar  holatiga  mehnat  resurslari  19,1  mln.  kishi,  iqtisodiy 
faol  aholi  14,8  mln.  kishi,  jami  ish  bilan  bandlar  13,2  mln.  kishi,  shundan 
iqtisodiyotning  rasmiy  sektorida  5,7  mln.  kishi  (43,3%),  iqtisodiyotning  norasmiy 
sektorida  5,6  mln.  kishi  (42,8%),  ishga  joylashtirishga  muhtoj  shaxslar  1,6  mln.  kishi 
(10,5%) va chet elda ishlash uchun ketganlar 1,8 mln. kishini tashkil qildi. 
O‘tgan  5  yil  ichida  mehnat  sohasida  ham  aksariyat  jarayonlarni 
raqamlashtirish,  mehnat  statistikasini  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  standartlariga 
moslash,  uning  real  ko‘rsatkichlarini  ta’minlash,  ish  bilan  bandlikning  yangi 
shakllarini rivojlantirish va keng foydalanish, shaffoflikni ta’minlash va mumkin qadar 
aholiga  barcha  xizmatlarni  elektron  platformalar  orqali  qulay  va  tezkor  amalga 
oshirishga erishildi.                 « Aholi  bandligi  to‘g‘ r isida» gi  Qonunning  yangi  tahr ir i  2020  y ilda  qabul  qilindi  va 
u  to‘g‘ r idan-to‘g‘ r i  amal  qilish  kuchiga  ega  Qonun  bo‘ ldi.  Unda  davlatning  bandlik 
sohasidagi  asosiy  tamoy illar i  aks  etib,  hozirgi  zamon  mehnat  huquq  normalar iga 
asoslangan.  Jumladan,  mehnat  bozor ini  tar tibga  solishning  yangi  vositalar i  xususan, 
tadbirkorlikni  rag‘ batlantir ish,  o‘ zini  o‘ zi  band  qilish,  ishsizlarni  kasb-hunarga  o‘qitish, 
malakasini  oshir ish,  ish  stajini  hisobga  olish,  ishsizlik  nafaqasini  to‘ lash,  ishga 
joylashtir ish  bo‘ y icha  agentliklar,  respublikadan  tashqar ida  vaqtinchalik  mehnat  faoliyati 
amalga oshirayotgan fuqarolar va boshqa muhim yo‘nalishlardagi masalalar qamrab olindi.
Shuningdek,  Mehnat  kodeksi  ham  ilg‘or  mamlakatlar  tajr ibasi  asosida  qay ta 
ishlandi  va  turli  muhokamalardan  o‘ tib,  2021  y ilda  qabul  qilinishi  belgilangan.  Unda 
mehnat  munosabatlar ini  tar tibga  solishning  zamonavi y  usullar i,  ish  beruvchi  va  yollangan 
xodim  o‘ r tasida,  ijtimoiy  sher ikchilik,  yakka  tar tibdagi  mehnat  munosabatlar  va  boshqa 
masalalar o‘ z yechimini topgan.                 O‘ zbekistonda norasmiy mehnat bilan bandlikning 2021-
2030 y illardagi maqsadli prognoz parametrlar i ( ming 
kishi)                 Ilk  bor  mamlakatimizda  norasmiy  mehnat  bilan  bandlik  va  yashir in  iqtisodiyot  muammolar i 
ochiq  muhokama  qila  boshlandi  va  davlatimiz  tomonidan  uning  ko‘ lamini  kamay tir ish  bo‘ y icha  keng 
chora-tadbirlar  qabul  qilindi.  Aholining  norasmiy  mehnat  bilan  bandligi  hatto  eng  r ivojlangan 
mamlakatlarda  ham  mavj ud  bo‘ lib,  u  nafaqat  salbiy  balki  ba’ zi  muhim  ijtimoiy  va  iqtisodiy  vazifalarni 
bajaradi.
Bir inchidan,  iqtisodiyotning  rasmiy  sektor ida  ish  topa  olmagan  inson  resurslar ini  ish  bilan  va 
natijada  daromad  olishlar ini  ta’minlab,  ishsizlikni  kamay tiradi  ( nochor  qolganlar  uchun  haqiqiy  ijtimoiy 
himoya  vositasi) ,  qashshoqlikni  oldini  oladi  hamda  o‘ z  daromadlar ini  rasmiy  sektorda  sar flab,  ichki 
talabni oshishi va YaIMning o‘sishiga tur tki bo‘ ladi.
Ikkinchidan, norasmiylik  ko‘p  hollarda  biznes  boshlashning  bir  usuli  sifatida  rasmiy  sektorga 
o‘ tishga qadam hisoblanadi.
Norasmiy  mehnat  bilan  bandlik  butun  dunyoda  keng  tus  olgan  hodisa  bo‘ lib,  uning  ko‘ lamini 
kamay tir ish  davlatning  bu  sohada  tizimli  kompleks  siyosat  olib  bor ishini  talab  qiladi.  Xalqaro  mehnat 
tashkilotining  hisobotiga  ko‘ ra,  dunyoda  10  ta  ishchidan  6  ta  ( ish  bilan  bandlarning  61% )   va  5  ta 
kor xonadan 4 tasi yashir in iqtisodiyotda norasmiy faoliyat yur itadi.                 E’t iboringiz uchun rahmat !

Mavzu: Mehnat bozori va uning hududiy jihatlari Reja: 1. Mehnat bozori. 2. Mehnat bozorining hududiy jihatlari. 3. 2016-2021 yillarda Mehnat bozorida amalga oshirilgan ishlar

Aholining hammasi mehnatga yaroqli hisoblanmaydi. Erkaklarning 16 yoshdan 60 yoshga cha, ayol larning 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlarigina mehnatga yaroqli hisoblanadi. Ishlab chiqarishning ba’zi sohalarida 50 yosh, hatto 40 yoshdan nafaqaga chiqariladi. Ayni vaqtda nafaqa yoshidagilar xohlasa ishlashlari ham mumkin. Shuningdek, 15 yoshga to‘lgan o‘quvchilar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat etilgan. Mehnatga yaroqlilar mamlakat jami aholisining yarmidan ortig‘ini tashkil etadi. Mehnatga yaroqlilarning asosiy qismi sanoatda, qishloq xo‘jaligida, qurilishda band. Ular foydali qazilmalar, mashinalar, oziqovqat va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi, paxta, g‘alla, kartoshka, uzum yetishtiradi, binolar bunyod etadi, ya’ni moddiy boylik yaratishadi. Ta’lim, fan, madaniyat, tibbiyot xodimlarining mehnat natijalari boshqacharoq. Ularning mehnat natijalari ham foydali va zaruriydir

Mehnatda band aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yi c ha taqsimlanishi (2017-yil).

Aholining munosib va rasmiy ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2030 yillarda aholi bandligiga ko‘maklashish strategiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu strategiyani amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsadli ko‘rsatkich va indikatorlar 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar samarali va munosib ish bilan bandlikni oshirish asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub maqsadi – bu inson farovonligi, uning munosib turmush darajasini ta’minlash hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida davlat tomonidan aholining samarali ish bilan band bo‘lishiga barcha shart- sharoitlarni yaratib berishi, shu jumladan, tadbirkorlar uchun qulay biznes yuritish muhiti, investitsiya, soliq siyosati, shaffoflik, sud-huquq tizimining adolatli bo‘lishi kabi omillarga bog‘liq. Chunki mamlakatmizda yaratilayotgan ish o‘rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi va aynan iqtisodiyotning taraqqiyoti kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda demografik holatning keskinligi, aholi sonining yuqori sur’atlarda o‘sishi va har yili 500 mingdan ortiq yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishi aholining barqaror ish bilan bandligi masalasini o‘ta dolzarb qilib qolmoqda. O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvar holatiga mehnat resurslari 19,1 mln. kishi, iqtisodiy faol aholi 14,8 mln. kishi, jami ish bilan bandlar 13,2 mln. kishi, shundan iqtisodiyotning rasmiy sektorida 5,7 mln. kishi (43,3%), iqtisodiyotning norasmiy sektorida 5,6 mln. kishi (42,8%), ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar 1,6 mln. kishi (10,5%) va chet elda ishlash uchun ketganlar 1,8 mln. kishini tashkil qildi. O‘tgan 5 yil ichida mehnat sohasida ham aksariyat jarayonlarni raqamlashtirish, mehnat statistikasini Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga moslash, uning real ko‘rsatkichlarini ta’minlash, ish bilan bandlikning yangi shakllarini rivojlantirish va keng foydalanish, shaffoflikni ta’minlash va mumkin qadar aholiga barcha xizmatlarni elektron platformalar orqali qulay va tezkor amalga oshirishga erishildi.