Milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishi
O`zbekiston Qurolli kuchlari – xavfsizlikning tayanchi Milliy xavfsizlikni ta`minlash sohasida olib borilayotgan islohotlar Hamjihatlik – xavfsizlik omili DXX-Vazifasi va Vakolatlari Xulosa
Istiqlol yillarida mamlakatda davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta`minlash aso-siy vazifa sifatida hamisha mamlakat xukumatining diqqat- e`tiborida bo`ldi. Shu davr mobaynida Uzbekistonda milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepiiyasi ishlab chiqildi.Milliy xavfsizlikni ta`minlash masalalari mustaqillikning birinchi kunlaridanoq mamlakat hududiy yaxlitligini saqlash, davlat suverenitetini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy barqarorlikni ta`minlash tamoyillari o`rtaga tashlandi. Bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo`lini tutdi.
Lekin, milliy xavfsizlik masalasi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo`ljallangan strategiyasi sifatida ilk bor mamlakat Oliy Majlisining 1995 yil 24 fevralda bo`lib o`tgan birinchi sessiyasida Prezident I. Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi. Unda jahonda yuz bergan yangi siyosiy-iqtisodiy voqelikdan so`ng, davlatlararo munosabatlar muxoliflikka emas, balki xalqaro huquqiy meyorlarga mos yangi tartibotga asoslangan bo`lishi kerakligi to`g`risidagi g`oya ilgari surildi. Milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqish, uning huquqiy asosini belgilovchi qonunlar yaratish zarurligi ko`rsatib berildi. Ana shu ko`rsatmalardan kelib chiqib mamlakatimizda ilk marta 1996 yil 24 aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida ma`qullangan to`rt bo`lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo`lgan «Milliy xavfsizlik to`g`risida»gi Qonun loyihasi muxokama qilindi.
Tarixga nazar solsak, fuqarolari haq-huquqsiz, jamiyati-ning moddiy va ma`naviy boyliklari poymol qilingan, suve-reniteti va o`z xududini qo`riklay olmagan har qanday tuzum oxir-oqibatda inqirozga yuz tutgan. Sobiq tuzum davrida milliy xavfsizlik haqidagi masala-ni o`rtaga qo`yishning o`zi aqlga sigmasdi. Chunki bunday sohani Krnun bilan tartibga solishdan davlat manfaatdor emas edi. Qonun esa demokratik prinsiplarga to`liq javob beradi hamda maqsadga erishish uchun har qanday vositadan hazar qilmaydi-gan eski totalitar aqidani qat`iyan rad etadi. Uning qator moddalarida ta`kidlanganidek, milliy xavfsizlikni ta`min-lashdagi har qanday faoliyat faqat Konstitutsiya, Qonun va xalqaro huquq normalariga asoslangan bo`lishi kerak.