Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni
Iqtisodiy o‘rni va tabiiy boyliklari • Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni Sirdaryo bilan Jizzax viloyatlaridan tarkib topgan. • Rayon hududi taraqqiy etgan Toshkent va Zarafshon iqtisodiy rayonlari bilan chegaradosh. Rayonning iqtisodiy geografik o‘rnini qulay deyish mumkin. Iqtisodiy geografik o‘mining qulayligi rayonning transport- geografik holatida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
• Rayonni, asosan, Sirdaryo va Sangzor daryolari suv bilan ta'minlaydi. Tekislik zamonaviy transport va irrigatsiya inshootlari bilan zich qoplangan. Rayonda aniqlangan volfram, qo‘rg‘oshin, rux va oltin konlari sanoat ahamiyatiga ega. Qurilishbop shag‘al, qum, gips va ohak ko‘p.
• Ko‘pincha sovuq Arktika havosi shimoldan rayon hududiga kirib kelib, ba'zan juda sovib ketadi. Shunda mevali daraxtlar jiddiy shikastlanadi. Farg‘ona vodiysidan esuvchi kuchli shamoldan esa tuproqning nami qochib, ekinlar qovjiraydi va hosildorlik pasayadi.