logo

Mustaqillik yillarida Xorazm Ma’mun akademoyasining qayta tiklanishi

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1248.955078125 KB
Mavzu:  Mustaqillik  yillarida  Xorazm 
Ma’mun akademoyasining qayta tiklanishi

Sharof  Rashidov  nomidagi  Samarqand  Davlat 
universiteti  Tarix  fakulteti  308-guruh  talabasi 
Umirzaqova  Zarinaning  “Sharq  allomalarining 
ilmiy merosi” fanidan taqdimoti                 Reja:
1.Mamun  akademiyasi  tashkil  topishi
2.Mamun  akademiyasi  faoliyati
3.  Ma’mun  akademiyasining  olimlar 
tomonidan o rganilishiʻ                 Xorazm  mamun  akademiyasi 
Maʼmuniylar  akademiyasi  — 
Xorazmda  10-asr  oxiri  —  11-asr 
boshlarida  faoliyat  koʻrsatgan 
ilmiy  muhit.  Maʼmuniylar 
davlati  (992—1017)  tarixi  bilan 
bevosita  bogʻliq.  Siyosiy, 
iqtisodiy,  harbiy  qudratga 
erishgan  xorazmshoxlar  davlati 
mamlakatni  birlashtirish,  unda 
tartib  oʻrnatish  boʻyicha 
tadbirlarni  boshlab  yuborgan. 
Kun  tartibida  davlat  ichki  va 
tashki  siyosatini  olib  borishda 
mafkuraviy  masalalarni  hal 
qilish turgan.                 Ali  ibn  Maʼmun  (997—1010) 
dono  va  zukko 
maslahatchilarga  muhtoj 
boʻlgan.  Uning  baxtiga 
togʻasi,  Abu  Nasr  ibn  Iroq  oʻz 
davrining  oʻta  bilimdon  olimi 
boʻlgan.  1004-yilning  boshida 
Ibn  Iroq  taklifi  bilan  Beruniy 
Gurganjga  qaytib  kelgan; 
Maʼmun  saroyida  ilm  ahli 
uchun  yaxshi  sharoit  yaratib 
berilgan.  Bu  2  shaxs  Yaqin  va 
Oʻrta  Sharkdagi  koʻplab 
olimlar  bilan  shaxsiy 
yozishmada  boʻlganlar. 
Ularning  taklifi  bilan 
Nishopur,  Balx,  Buxoro  va 
hatto  arab  Iroqidan  koʻplab 
olimlar Gurganjga kelishgan.                 Shu tariqa 1004-yildan boshlab 
Gurganjda  "Dorul  hikma  va 
maorif "  (baʼzi  bir  manbalarda 
"Majlisi  ulamo")  nomini  olgan 
ilmiy  muassasa  toʻla 
shakllangan.  Bu  ilmiy 
muassasada  xuddi  Afinadagi 
"Platon",  Bagʻdoddagi  "Bayt 
ulhikmat"  akademiyasi 
faoliyatiga  oʻxshab  ilmning 
barcha  sohalarida  tadqiqot  va 
izlanishlar  olib  borilgan,  juda 
koʻp  manbalar  toʻplangan, 
tarjimonlik  ishlari  bajarilgan 
hind,  yunon,  arab  olimlarining 
ishlari  urganilgan;AlXorazmiy, 
AlFargʻoniylarning  oʻlmas 
asarlari,  ilmiy  ishlaridan 
foydalanilgan  va  tadqiq 
qilingan.                 18—20-asr  tarixchi  olimlari  tomonidan  ilmiy  muassasa 
har  tomonlama  oʻrganilgan  va  oʻz  faoliyati  nuqtai 
nazaridan  bu  dargoh  oʻz  davrining  akademiyasi 
boʻlganligi  isbotlangan  va  unga  "Maʼmun  akademiyasi" 
nomi  berilgan.  Xorazm  maʼmun  akademiyasi  asosini 
quyidagi  olimlar  tashkil  etgan:  Abu  Nasr  Mansur  ibn  Ali 
ibn  Iroq  al  Jaʼdiy  (10-asr  —  1034),  Abulxayr  ibn  Hammor 
(941 — 1048), Abu Saxl Iso ibn Yahʼyo al Masihiy al Jurjoniy 
(970—1011),  Abu  Rayhon  Muhammad  ibn  Ahmad  al 
Beruniy,  Abu  Ali  al  Husayn  ibn  Abdulloh  ibn  Sino,  Abu 
Ahmad  ibn  Muhammad  ibn  Yaʼqub  ibn  Miskavayh  (1030-
yil  v.e.),  Abu  Mansur  Abdulmalik  ibn  Muhammad  ibn 
Ismoil  as  Saolibiy  al  Naysaburiy  (961  —  1038),  Ahmad  ibn 
Muhammad  as  Sahriy  (1015-yilv.e.),  Abu  Ali  al  Hasan  ibn 
Horis alHububiy  alXorazmiy  (10—11-asrlar),  Abu  Abdulloh 
Muhammad  ibn  Homid  al  Xorazmiy  (10—11-asrlar)  va 
boshqa                 Ma’mun  akademiyasi  olimlari  Yunoniston,  Yaqin 
va  Oʻrta  Sharq,  Hindiston  ilmfan  yutuqlarini 
ijodiy,  tanqidiy  oʻrganib,  uni  yanada  yuksak 
bosqichga  koʻtarganlar.  Akademiya  aʼzolarining 
aksariyati  olim  sifatida  Markaziy  Osiyoda 
shakllanganlar.  Ularning  ilmiy  faoliyati,  asarlari 
tufayli  Qad.  Xorazm  badiiy  sanʼati,  adabiyoti, 
astronomiyasi,  matematikasi,  sugorish 
madaniyati  yutuklari  jahon  tamadduni 
xazinasiga  kirgan  va  butun  insoniyat 
manfaatlariga  xizmat  kila  boshlagan.  Mas,  Abu 
Nasr  ibn  Iroq,  astronomiyaga  doyr  ilmiy  asarlari 
tufayli  "Batlimusi  soniy"  ("Ikkinchi  Ptolemey") 
degan  faxriy  nom  olgan.  Abulxayr  ibn  Hammor 
mantiq, falsafadan tashqari tabobatda ham juda 
mashhur  boʻlgani  uchun  "Buqroti  soniy" 
("Ikkinchi Gippokrat") laqabiga sazovor boʻlgan.                 Abu Sahl alMasihiy tabib, Ibn Sinoning ustozi boʻlgan. Akademiya rahbari 
Abu  Rayhon  Beruniy  fanning  deyarli  hamma  sohalari  bilan 
shugʻullangan. Uning geodeziya va matematika sohalari boʻyicha asarlari 
bugun  ham  dolzarbdir.  Beruniy  Oʻrta  Osiyoda  birinchi  boʻlib,  tibbiyotga 
oid.  "Kitob  asSaydana  fittib"  ("Tabobatda  dorishunoslik  kitobi")  asarini 
yozgan.  Beruniy  Amerika  qitʼasi  mavjudligini  yevropalik  olimlardan 
taxminan  450  yil  oldin  aytib  oʻtgan.  Uning  "Qadimgi  xalqlardan  qolgan 
yodgorliklar"  asarida  qad.  xalklar  (yunonlar,  eroniylar,  sugʻdiylar, 
xorazmiylar  va  boshqalar)  ning  yil  hisoblari,  bayramlari  va  mashhur 
kunlari,  urfodatlariga  oid  Xorazm  maʼmun  akademiyasining  yana  bir 
zabardast  krmusiy  olimi  Ibn  Sino  jahon  fani  taraqqiyotiga  ulkan  hissa 
qoʻshgan. Xususan, uning "Tib qonunlari" asari butun dunyoga mashhur 
boʻlgan.  Xorazmda  Ibn  Sino,  asosan,  mat.  va  astronomiya  bilan 
shugʻullangan.  Olimning  Aristotel  taʼlimoti  xususida  Beruniy  bilan  va 
oʻzining  shogirdi  Baxmanyor  bilan  yozishmalari  tarixda  mashhurdir.  Bu 
yozishmalar  savoljavob  tarzida  bulib,  unda  Beruniy  va  Ibn  Sino  fazo, 
issiqlikning tarqalishi, jismlarning issikdan kengayishi, nurning aks etishi 
va  sinishi  kabi  masalalarda  ilmiy  munozara  olib  borganlar.  Ibn  Sino 
xorazmshoxlar  vaziri  Abul  Husayn  asSahliy  bilan  doʻstlashib,  unga  atab 
alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarini yozgan.                 Xorazm  maʼmun  akademiyasi  olimlari  Xorazm  tabiati,  iklimi,  sugʻorish 
tizimi,  mineralogiyasi,  yer  osti  suvlari,  Amudaryo  deltasining  tarixi, 
korizlar  qurish  orqali  tuproqni  tozalash  yoʻllarini  tadqiq  etishgan. 
Akademiya  aʼzolaridan  Abu  Bakr  alXorazmiy,  tabib  AbulFaraj  ibn 
Hindu  sheʼriyatda  yuksak  mahoratga  erishganlar.  Xorazm  tarixi, 
dinlari,  taqvimi,  bayramlari,  urfodatlari,  yozuvi,  milliy  qadriyatlari 
haqidagi qimmatli maʼlumotlar ularning faoliyati tufayli bizgacha yetib 
kelgan.  Ularning  oʻzlariga  xos  shiori:  "Ilm  —  insonlar  hojatini 
chiqarmoqlikka  xizmat  qilsin",  —  deya  atalgan  edi.  X.Xorazm  maʼmun 
akademiyasi  olimlariga  ilmda  qatʼiylik  xos  boʻlgan.  Aristotel  yoʻl 
qoʻygan  koʻp  xatolar  tekshirishlar  davomida  tuzatilgan,  qutbdagi 
davomiy  tun  va  kunlar  masalasi  osonlik  bilan  falakiyot  fani  nuqtai 
nazaridan  tushuntirilib,  yechilgan.  Beruniy  qayd  etishicha,  qadimda 
Xorazm  astronomlari  yulduzlar  joylashish  tartibini  arablardan  koʻra 
yaxshiroq  bilishgan.  Xorazmshoh  Maʼmun  ibn  Maʼmun  (Maʼmun  II) 
saroyidagi  olimlar  shuhrati  oʻz  davrida  uzok,  ulkalarga  tarkalgan.  Bu 
esa  Mahmud  Gʻaznaviyning  gʻashiga  tekkan.  U  uyushtirgan  suiqasd 
natijasida  1017-yilning  bahorida  Maʼmun  II  uldirilgan  va  usha  yilning 
iyunida  kuyovi  uchun  qasos  olish  bahonasi  bilan  Mahmud  Gʻaznaviy 
Xorazmga  bostirib  kirgan.  Katta  qirgʻin  va  talontorojliklar  natijasida 
X.Xorazm  maʼmun  akademiyasi  faoliyati  tugatilgan  va  bu  yerdagi 
olimlarning kupchiligi Gʻaznaga majburan olib ketilgan.                 Oʻzbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  "Xorazm 
Maʼmun  akademiyasini 
qaytadan  tashkil  etish 
toʻgʻrisida"gi  farmoni  (1997-
yil  11  noyabr) 
Oʻzbekistonning  ilmiy 
salohiyatini  yuksaltirish, 
uning  jahon  ilmiy 
hamjamiyatidagi  oʻrnini 
mustahkamlash, 
mintaqalarda  fanni  yanada 
rivojlantirish  hamda 
isteʼdodli  va  fidoyi  olimlarni 
qoʻllabquvvatlash,  yuqori 
intellektual  muhit 
yaratishdagi  milliy 
anʼanalarni  rivojlantirishda 
quyilgan  muhim  qadam 
buldi.                  1997-yil  noyabr  oyida 
akademiyaning 
tarkibida  arxeologiya, 
tarix  va  falsafa,  til  va 
adabiyot,  biologiya 
muammolari  boʻlimlari 
tashkil  qilinib,  9  ilmiy 
mavzu  boʻyicha  ilmiy 
tadqiqotlar  olib  borildi. 
Arxeologiya,  tarix  va 
falsafa  boʻlimining 
xodimlari  "Xorazmda 
qadimgi  va  oʻrta  asrlar 
oʻzbek  davlatchiligi 
tarixi",  "Oʻzbek  xalqining 
etnik  tarixida  Xorazm 
vohasining  oʻrni", 
"Xorazm  viloyati 
arxeologik 
yodgorliklarini  tadqiq 
qilish"  mavzulari 
boʻyicha  ilmiy  izlanishlar 
olib borishdi.                 Til  va  adabiyot  boʻlimida,  "9—13-asrlarda  Xorazm  yozma 
adabiyoti  va  ogʻzaki  epos",  "9—13-asrlar  Xorazm 
yodnomalari  tili"  mavzusi  boʻyicha  Xorazm  yozma 
adabiyoti  va  ogʻzaki  afsonalari  hamda  rivoyatlar 
Avestodagi  mifologik  qatlam  bilan  qiyosiy  tahlil  qilindi. 
Ogʻzaki va yozma namunalar tahlili orqali adabiy va badiiy 
tillarga xos xususiyatlar, ularning oʻzaro taʼsiri oʻrganildi.
Biologiya  muammolari  boʻlimida  4  ilmiy  mavzu  "Xorazm 
vohasi  tuproq  —  iqlimi  sharoitida  istiqbolli,  serhosil, 
kasalliklarga  va  zararkunandalarga  chidamli  koʻniktirilgan 
oʻsimliklar  navlarini  oʻrganish",  "Xorazm  viloyati  sharoitida 
ekinlarni  almashlab  ekishning  biologik  asoslarini  ishlab 
chiqish",  "Xorazm  viloyati  sharoitida  asosiy,  oraliq  va 
takroriy  ekishlarda  ozuqaviy  ekinlarni  parvarish  etishning 
samarali  texnologiyalarini  va  makkajoʻxorining  urugʻchilik 
tizimini  barpo  qilish",  "Kuyi  Amudaryo  mintaqasi 
tuproqlarining  suvtuz  rejimini  yaxshilaydigan  kollektor  — 
zaxkash  tizimlarining  ish  rejimini  boshqarish  usullarini 
ishlab chiqish" boʻyicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi.                 2003-yildan  boshlab 
akademiyada  2 
fundamental  va  8  amaliy 
dasturlar  boʻyicha  58 
xodim,  shu  jumladan,  2 
akad.,  8  fan  doktori  va 
24  fan  nomzodlari  ilmiy 
izlanishlarni  amalga 
oshirmoqda.
Oʻzbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining 
2004-yil  9  noyabrdagi 
qaroriga  muvofiq,  2005-
yilda  X.Xorazm  maʼmun 
akademiyasining  1000-
yilligi  nishonlanishi 
belgilandi.                 Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abu  Rayhon  Beruniy  “Qadimgi  xalklardan  qolgan 
yodgorliklar”    “Tanlangan  asarlar”  1-jild.  Toshkent 
1968; 
2. 2.  Sadullayev  A.  Xorazm  Maʼmun  akademiyasi  Xiva 
2000; 
3. Sadullayev  A.,  Sotliqov  A.,  Xorazm  Maʼmun 
akademiyasining tarixiy ildizlari, Urganch, 2003.
4. Wekipediya qidiruv

Mavzu: Mustaqillik yillarida Xorazm Ma’mun akademoyasining qayta tiklanishi  Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Tarix fakulteti 308-guruh talabasi Umirzaqova Zarinaning “Sharq allomalarining ilmiy merosi” fanidan taqdimoti

Reja: 1.Mamun akademiyasi tashkil topishi 2.Mamun akademiyasi faoliyati 3. Ma’mun akademiyasining olimlar tomonidan o rganilishiʻ

Xorazm mamun akademiyasi Maʼmuniylar akademiyasi — Xorazmda 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida faoliyat koʻrsatgan ilmiy muhit. Maʼmuniylar davlati (992—1017) tarixi bilan bevosita bogʻliq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshoxlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib oʻrnatish boʻyicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashki siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan.

Ali ibn Maʼmun (997—1010) dono va zukko maslahatchilarga muhtoj boʻlgan. Uning baxtiga togʻasi, Abu Nasr ibn Iroq oʻz davrining oʻta bilimdon olimi boʻlgan. 1004-yilning boshida Ibn Iroq taklifi bilan Beruniy Gurganjga qaytib kelgan; Maʼmun saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib berilgan. Bu 2 shaxs Yaqin va Oʻrta Sharkdagi koʻplab olimlar bilan shaxsiy yozishmada boʻlganlar. Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro va hatto arab Iroqidan koʻplab olimlar Gurganjga kelishgan.

Shu tariqa 1004-yildan boshlab Gurganjda "Dorul hikma va maorif " (baʼzi bir manbalarda "Majlisi ulamo") nomini olgan ilmiy muassasa toʻla shakllangan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi "Platon", Bagʻdoddagi "Bayt ulhikmat" akademiyasi faoliyatiga oʻxshab ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda koʻp manbalar toʻplangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan hind, yunon, arab olimlarining ishlari urganilgan;AlXorazmiy, AlFargʻoniylarning oʻlmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan.