Nyutonning uchinchi qonuni
Mavzu: Nyutonning uchinchi qonuni
Tabiatda hech qachon bir jismning ikkinchi jismga ta’siri bir tomonlama bo‘lmay, doimo o‘zaro bo‘ladi. Bir jism ikkinchi jismga ta’sir etsa, ikkinchi jism ham birinchi jismga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu 1-rasmda keltirilgan aravachaning massalari o‘zaro teng, ya’ni m 1 = m 2. Birinchi aravachadagi egilgan plastinka i р i uzib yuborilsa, ikkala aravacha qarama-qarshi tomonga bir xil tezlanish bilan harakat qila boshlaydi. Demak, ikkala aravachaga bir xil kattalikda, lekin qarama- qarshi yo‘nalgan F1 va F2 kuchlar ta’sir etmoqda 1-rasm . Inertligi bir xil bolgan aravachalarning harakati
O‘zaro ta’sir etuvchi jismlarning massalari turlicha bo‘lganda ham bu kuchlar miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun 2-rasmga qarylik . Unda ikkinchi aravacha ustiga yuk qo‘yish bilan uning massasi oshirilgan va m 2 > m 1 deb olingan. Bukilgan plastinkani tortib turgan i р uzib yuborilganida, ikkala aravacha ikki tomonga harakatlana boshlagan. Lekin bu gal birinchi aravachaning tezlanishi ikkinchi aravachaning tezlanishidan katta, ya’ni a 1 > a 2 bo‘lgan. Ikkinchi aravachaning massasi birinchisinikiga nisbatan necha marta katta bo‘lsa, uning tezlanishi birinchi aravachanikidan shuncha marta kichik bo‘ladi.
Lekin har bir aravacha massasining olgan tezlanishiga ko‘paytmasi o‘zaro teng bo‘laveradi: m1 a1 = m2 a2. Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan m1 · a1 = F1 va m2·a 2 = F2. Demak, massalari turlicha bo‘lishidan qat’iy nazar, aravachalarning bir-biriga ta’sir kuchlari miqdor jihatdan teng bo‘ladi, ya’ni: F1=F2 ( 1 ) Ikkita dinamometrni bir-biriga ulab, ularni qarama-qarshi tomonga tortsak (3-rasm), har ikki dinamometr ko‘rsatkichi bir xil ekanligini ko‘ramiz. Bu birinchi dinamometr qanday kuch bilan tortilsa, ikkinchisi ham xuddi shunday kuch bilan tortilganligini ko‘rsatadi.