O‘ZBEKISTON AHOLISI
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм O‘ZBEKISTON AHOLISI
O‘zbekiston kelajakda buyuk davlat bo‘lishi uchun qulay tabiiy sharoit ham, xilma-xil tabiiy boyliklar ham yetarlidir.
Ammo bu boyliklar odamlarning aqliy va jismoniy mehnati orqaligina kishilar ehtiyojiga, jamiyat ravnaqiga xizmat qilishi mumkin.
Millionlar mehnatini oqilona tashkil etish uchun aholi soni, tarkibi va mamlakat bo‘ylab joylashishi hisobga olinishi lozim.
O‘zbekiston aholisi O‘zbekiston aholi va inson omili (mehnat resurslari) ni takror ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining aholisi 2019-yil 33,2 mln kishidan ortgan (7-rasm).