OB-HAVO VA IQLIM
OB-HAVO VA IQLIM Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
Ob-havo. Siz radio va televizordan ob-havo ma’lumotlarini deyarli har kuni eshitasiz. O‘zingiz ham ob-havoni ko‘p kuzatgansiz. Bularning hammasi ob-havoning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini va turli joylarda har xil bo‘lishini ko‘rsatadi.
Ob-havoning asosiy elementlari (belgilari) – harorat, namlik, shamol va havo bosimidir. Troposferada ob- havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulutlar hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi. harorat namlik shamol havo bosimi
Ob-havo deb troposferaning biror joydagi ayni paytdagi yoki ma’lum bir vaqtdagi (sutka, hafta, oy, fasldagi) holatiga aytiladi.
Ob-havoning barcha elementlari va hodisalari o‘zaro bog‘langan. Biror elementning o‘zgarishi boshqa elementlarning va butun ob-havoning o‘zgarishiga olib keladi.