logo

Oltin o`rda davlati

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1219.07421875 KB
Mavzu: Oltin o`rda davlati             
Oltin oʻrda, Joʻji ulusi 13-asrning 40-yillari boshida 
Joʻjixonning oʻgʻli Botuxon (1238—1255) tomonidan 
asos solingan davlat. 1224-yil Joʻji ulusi Xorazm, 
Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236—40 yillarda 
Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulgʻorlari 
yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, Gʻarbiy Sibir, Oltin 
Oʻrdaga qoʻshib olindi. Rus knyazlari Oltin Oʻrdaga 
qaram boʻlib, xiroj toʻlab turganlar. Rus manbalarida 
bu davlat Oltin Oʻrda, Sharq manbalarida Joʻji ulusi 
deb atalgan. Oltin Oʻrda markazi Botuxon davrida 
Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255—66) 
davrida Saroy Berkaga koʻchirildi.        
Oltin Oʻrda oldin moʻgʻul qoniga 
qaram boʻlib, Botuning inisi Berka 
davrida mustaqillikka erishdi. Saroy 
Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, 
Qofa (Feodosiya), Azoq savdo 
markazlari edi. Oltin Oʻrdani xon 
boshqargan. Zarurat tugʻilganda 
qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari 
bilan beklarbegi shugʻullangan.                      
Devon ishlarini vazir boshqargan. Soliq 
yigʻish dorugʻa ixtiyorida boʻlgan. Zarur 
paytlarda bosqoqlar joʻnatilgan. Yana 
quyidagi mansab va amallar boʻlgan: 
alpaut (zodagon), tuman, tumanbegi, 
elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamgʻach 
(boj yigʻuvchi), tirnoqchi (tarozi-bon), 
shusunchi (taʼminotchi), yurtchi (meʼmor), 
yoʻl arachi (yoʻl noziri), tutqovul (qorovul), 
koʻpirchi, kemachi, yomchi, ovchi.       
Qoʻshinlarga tumanbegi, noʻyon (amir), yuzboshilar 
qoʻmondonlik qilganlar. O.Oʻ. Joʻjining 14 nafar oʻgʻlining 13 
ulusidan iborat edi. Ular oʻz uluslarini mustaqil 
boshqarishga intilganlar. Mustaqillik harakati Mangu 
Temur (1266—82) vafotidan keyin kuchaydi. Tuda Mangu 
(1282—87), Talabugʻa (1287—91) xonliklari davrida 
tumanbegi Noʻgʻayning nufuzi koʻtarildi. 5 yil oradan 
oʻtgach, yana isyon koʻtarildi. Unga Oʻzbekxon (1312—42) 
barham berdi. U va vorisi Jonibek (1342—57) davrlari O.Oʻ. 
harbiy salohiyatining eng kuchaygan davri boʻldi. 
Hokimiyat markazlashdi. Uluslar viloyatlarga aylantirildi, 
ularni amirlar boshqargan; qurultoylar chaqirilmay 
qoʻygan.                      
Oʻzbekxon davrida O.Oʻ. qurolli kuchlari 
300 mingga yetgan. Lekin, ichki ziddiyatlar 
1357-yil Jonibekxonning oʻldirilishi bilan 
yana yuzaga chikdi. Shundan 1380 
yilgacha 25 marta xon almashdi. 14-
asrning 60-yillarida Xorazm mustaqil 
davlat boʻlib ajralib chikdi. Polsha va Litva 
davlati Dnepr daryosi havzasini bosib oldi. 
Hojitarxon (Astraxon) xonligi tashkil topdi. 
Faqat Toʻxtamish davri (1380—95) ga kelib 
isyonlar toʻxtadi.        
1382-yil u Moskvani egallab, oʻt qoʻydi. 
Movarounnahrga tahdid sola boshladi. Amir 
Temurning 1389, 1391, 1395—96 yillari 
Toʻxtamishga qarshi yurishlari O.Oʻ.ni holdan 
toydirdi. Idiqu O.Oʻ.ni tiklashga hara-kat qildi, 
natija bermadi. 15-asrning 20-yillarida Sibir 
xonligi, 40-yil Noʻgʻay Oʻrda, 1438-yil Qozon 
xonligi, 1443 yil Qrim xonligi, 60-yillarda Qozoq 
xonligi tashkil topdi. 1480 yil Ahmad Rusni 
boʻysundirishga urindi. 16-asr boshlarida Oltin 
oʻrda quladi.              
Oltin Oʻrda XIII asr oʻrtalarida erkin yurt 
sifatida tashkil topgan. 1251-yilning boshida 
Qoraqorumda Joʻjilar va Tuluylar quroltoy 
tashkil qilishadi va Munkeni buyuk xon deb 
saylashadi. Botu esa <<urugʻda eng katta>> 
sifatida saylanadi, bu bilan Oltin Oʻrdaning 
erkinligi rasman tasdiqlanadi.

Botu paytida poytax Saroy Botu boʻlgan; XIV 
asr boshlarida poytaxt Saroy Berkaga 
koʻchiriladi.              
Oltin Oʻrda ikkiga Oʻng qanot va Soʻl qanotga boʻlingan 
edi.

Oʻng qanot gʻarbiy Qozog'iston, Volgabo'yi, Shimoliy 
Kavkaz, don, dnepr dashtlari , Qirimni oʻz ichiga olgan 
edi. Markazi Volga boʻylarida joylashgan edi. Oʻng Qanot 
Botu avlodlari tomonidan toʻgʻgridan-toʻgʻti boshqarilar 
edi. Soʻl qanot markaziy Qozog'iston va Sirdaryoni oʻz 
ichiga olgan edi. Bu yerda Botuning ukasi O'rdu-
Ichenning avlodlari tomonidan boshqarilar edi. Poytaxti 
Sig'noq shahri boʻlgan. SibirdaOltin Oʻrdaga qaram 
boʻlgan mahalliy sulola — Taybug'inlar boshqarishardi.

Mavzu: Oltin o`rda davlati

 Oltin oʻrda, Joʻji ulusi 13-asrning 40-yillari boshida Joʻjixonning oʻgʻli Botuxon (1238—1255) tomonidan asos solingan davlat. 1224-yil Joʻji ulusi Xorazm, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236—40 yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulgʻorlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, Gʻarbiy Sibir, Oltin Oʻrdaga qoʻshib olindi. Rus knyazlari Oltin Oʻrdaga qaram boʻlib, xiroj toʻlab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin Oʻrda, Sharq manbalarida Joʻji ulusi deb atalgan. Oltin Oʻrda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255—66) davrida Saroy Berkaga koʻchirildi.

 Oltin Oʻrda oldin moʻgʻul qoniga qaram boʻlib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi. Oltin Oʻrdani xon boshqargan. Zarurat tugʻilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shugʻullangan.