logo

Osiyo qit’asining geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8039.0947265625 KB
Osiy o qit ’asining geografi k  o‘rni, 
chegaralari v a siy osiy  xarit asi                  Osiyo, qit’a, yangi mustaqil davlatlar, orol 
                 davlatlar, ichki kontinental davlatlar, 
                 respublika, monarxiya, federativ davlatlar.   Jahonning eng yirik qit’asi Osiyo deb atalishi 
uning geografik o‘rni bilan bog‘liq. Qadimiy 
assuriyaliklar tilida u «Quyosh chi qishi», ya’ni 
«sharq» ma’nosini anglatadi.    Osiyoning orollar bilan birgalikdagi umu miy 
maydoni 43,4 mln. km2 (Rossiyaning Osiyodagi 
qismi bilan).    Aholisi 4,5 mlrd. kishidan ziyod, ya’ni Osiyoda 
insoniyatning deyarli 60 % i yashaydi (2018-y.).    Osiyo ekvatorga nisbatan, asosan, Shimo liy, 
bosh meridianga nisbatan esa, asosan, Sharqiy 
yarim sharda joylashgan (36-rasm).    Osiyo qirg‘oqlari to‘rtta okean suvlari bilan yuviladigan 
yagona qit’adir. Uni shimolda (Rossiyaning hududi) 
Shimoliy Muz, janubda Hind, sharqda Tinch okean, 
g‘arbda Atlantika okeani havzasiga tegishli O‘rta va Qora 
dengizlari o‘rab turadi. 
1
4
2 35        Osiyoning siyosiy xaritasida, Rossiyani hisobga 
olmaganda, 47 ta mustaqil davlat mavjud.    Bu davlatlarning ko‘pi Ikkinchi Jahon urushi dan 
keyingi davrda siyosiy mustaqillikka erishgan.    Qit’aning eng yosh davlatlari qatoriga 1991-yilda 
mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, 
Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, 
Gruziya, Armaniston hamda 2002-yilda mustaqil 
davlatga aylangan Sharqiy Timor kiradi.    Osiyo davlatlari hududining maydoniga ko‘ra bir-biridan 
ancha farq qiladi. Rossiya, Xitoy, Hindiston va 
Qozog‘iston jahonning 10 ta eng yirik qatoriga kiradi. 
1
4
3 2       Yana 4 ta davlat – Saudiya Arabistoni, Indone 
ziya, Eron va Mongoliyaning maydoni 1 mln. 
km2 dan katta. 
4
3
1
2       Shuningdek, hududi 500 ming km2 dan ziyod 
bo‘lgan Pokiston, Turkiya, Afg‘oniston, Myanma, 
Yaman va Tailand ham katta mamlakatlar 
hisoblanadi. 
5 432
1
6         Shu bi lan birga, Osiyoda maydoni 1 ming km2 dan 
kichik bo‘lgan 3 ta davlat mavjud – Bahrayn, Singapur va 
Maldiv Respublikasi. Umuman olganda esa, Osiyoda 
Yevropaga nisbatan hududi katta bo‘lgan davlatlar ko‘p. 
3
21      Osiyo davlatlarining aksariyatida dengizga bevosita 
chiqish imkoni yati mavjud. Ularning ayrimlari (masalan, 
Turkiya, Malayziya, Singa	
 pur, Koreya Respublikasi) 
serqatnov dengiz yo‘llari va bo‘g‘izlar bo‘yida joylashgan. 
1
2
3      Qit’a davlatlaridan 9 tasi orollarda joylashgan – 
Indoneziya, Filippin, Sharqiy Timor, Singapur, 
Yaponiya, Shri-Lanka, Maldiv Res publikasi, Kipr 
va Bahrayn. 
9
8
7 6
4 5
2
1
3            Shu bilan birga Osiyoda 13 ta  (12 ta)  davlat quruqlik 
ichkarisida joylashgan. Ulardan yettitasi sobiq Ittifoq 
tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar. 
Jahonning ichki kontinental davlatlaridan eng yirik 
ikkitasi (Qo zog‘iston va Mongoliya) aynan Osiyoda 
joylashgan. 
Quruqlik ichkarsida 
joylashgan davlatlar:
1. Armaniston
2. Ozarbayjon
3. Qozog‘iston
4. O‘zbekiston
5. Turkmaniston
6. Qirg‘iziston
7. Tojikiston
8. Afg‘oniston
9. Mongoliya
10. Nepal
11. Butan
12. Kambodja   Qit’adagi 47 ta davlatdan 34 tasi respublika, 13 tasi 
monarxiya bosh qaruv shakliga ega. Osiyoda dunyoning 
5 ta mutlaq monarxiyalaridan 4 tasi (Saudiya Arabistoni, 
Ummon, Qatar, Bruney) joylashgan.    Ma’muriy-hududiy jihatidan Osiyodagi 7 ta 
davlat federativ tuzilishga ega – Hindiston, 
Pokiston, Myanma, Iroq, Malayziya, Nepal va 
Birlashgan Arab Amirliklari. 
12
34
56
7   Osiyo davlatlari 5 ta subregionga bo‘linadi. Bular: 
Markaziy, Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Janubi-sharqiy va 
Sharqiy Osiyodir. O‘zbekiston, Qo zog‘iston, Qirg‘iziston, 
Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari Mar	
 kaziy 
Osiyo subregionini tashkil qiladi.    © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. 
Fedorko  – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- 
sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – 
“O‘zbekiston” – 2019
•
Atlas (Materik va Okeanlar geografiyasi), 6-sinf, 
O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va 
davlat kadastri qo‘mitasi, Toshkent 2020

Osiy o qit ’asining geografi k o‘rni, chegaralari v a siy osiy xarit asi

Osiyo, qit’a, yangi mustaqil davlatlar, orol davlatlar, ichki kontinental davlatlar, respublika, monarxiya, federativ davlatlar.

Jahonning eng yirik qit’asi Osiyo deb atalishi uning geografik o‘rni bilan bog‘liq. Qadimiy assuriyaliklar tilida u «Quyosh chi qishi», ya’ni «sharq» ma’nosini anglatadi.

Osiyoning orollar bilan birgalikdagi umu miy maydoni 43,4 mln. km2 (Rossiyaning Osiyodagi qismi bilan).

Aholisi 4,5 mlrd. kishidan ziyod, ya’ni Osiyoda insoniyatning deyarli 60 % i yashaydi (2018-y.).