logo

Pelloponnes urushlari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

894.41796875 KB
MAVZU: 
PELLOPON N E
S URUSHLARI •
Reja:
•
 
•
1. Peloponnes	 urushining	 sabablari	 va	 boshlanishi.	 
•
2.	
 Urushning	 borishi	 va	 oqibatlari.	 
•
3.	
 Polis	 tizimining	 inqirozi.	  Yunoniston  shahar-davlatlari  o`rtasida  miloddan  avvalgi  431-404 
yillarda  bo`lib,  o`tgan  urushlarni  Peloponnes  urushlari  deyilib,  uni  Fukidid 
"Tarix"idan,  Ksenofontning  "Gresiya  tarixi",  Diodorning  "Tarixiy  kutubxona 
asarlari", Plutarx va Aristofan ma`lumotlari orqali bilib olamiz. 
Urushlar  qadimgi  Yunoniston  quldorlik  jamiyatida  ichki  ziddiyatlarning 
jamlanishi  va  keskinlanishi  natijasida  kelib  chiqqan  ediki,  biz  ziddiyatlarga 
viloyatlarning notekis rivojlanishi asos bo`lgan. 
Yunonistonda  1-Afina  dengiz  ittifoqi  bilan  bir  qatorda  Peloponnes 
ittifoqi  bilan  bir  qatorda  ham  bor  edi.  U  miloddan  avvalgi  VI  asrning 
ikkinchi  yarmida  tuzilgan  bo`lib,  unga  Megara,  Korinf,  Agros,  Tirinf  kabi 
shahar-davlatlar  a`zo  edilar.  Bu  ittifoqqa  Sparta  boshchilik  qilgan. 
O`tmishda  1-Afina  ittifoqi  bilan  Peloponnes  ittifoqi  o`rtasida  sulh 
shartnomasi  ham  tuzilgan  edi.  Sulh  shartnomalarida  ittifoqchilarning  bir-
birlariga qo`shin tortmasliklari, tinch-totuv yashashliklari ta`kidlangan.   Ammo keyingi voqealar 1-Afina ittifoqi bilan Peloponnes ittifoqi 
o`rtasida qator ziddiyatlar va kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Bu ziddiyatlarning tagida u yoki bu ittifoqning butun Yunonistonda 
hukmronlikni qo`lga kiritish masalasi yotardi. Bu masala urushni 
keltirib chiqaradigan bosh omil edi. Urushning boshlanishini 
tezlashtirgan birinchi mojaro, bahona qadimgi yunon dunyosining 
g`arbiy chekkasidagi Epidami koloniyasi va Kerkira orolida yuz 
bergan edi. Bu joylar Yunonistondan Janubiy Italiya va Sisiliya 
oroliga boriladigan dengiz yo`lidagi ikki muhim bekat edi. Shu ikki 
joydagi mojarolar tufayli Peloponnes ittifoqiga a`zo bo`lgan Korinf 
bilan Afina o`rtasida ham nizo chiqqan. Urushni tezlashtirishga 
sabab bo`lgan ikkinchi bahona Xalkidika yarim orolidagi Korinf 
koloniyasi Potideyada ham yuz bergan. Bu yerda ham 1-Afina ittifoqi 
bilan Korinf o`rtasida mojaro chiqgan. Megara shahar davlati Korinf 
tomonini olgan.  Megara  va  Korinf  Peloponnes  ittifoqining  boshlig`i  Spartani  Afinaga 
qarshi urushga undagan. Shundan keyin uchinchi mojaro ham yuz bergan. 
Afina  xalq  yig`ini  1-Afina  ittifoqi  a`zolarining  Afinaga  qarashli  barcha 
buxtalarida Megara savdo-sotiq kemalarining to`xtashlarini taqiqlagan. Shu 
tariqa  Afina  bilan  Megara  o`rtasida  keskinlik  kuchaygan.  Endi  urushning 
boshlanishi muqarrar edi. 
Miloddan  avvalgi  431  yilda  Korinf  va  Megaraning  tezlashi  bilan  Sparta 
Afinaga  qarshi  urush  harakatlarini  boshlab  yuborgan.  Urushga  Sparta 
podshosi  Arxidam  II  boshchilik  qilgan.  Shuning  uchun  bu  urush  Arxidam 
urushi  ham  deyiladi.  Bu  Peloponnes  urushining  birinchi  bosqichi  bo`lib, 
urush miloddan avvalgi 431 yildan 421 yilgacha davom etgan.  431  yilda  Sparta  qo`shinlari Attikaga  bostirib  kirganlar  va  dehqon  xo`jaliklarini 
vayron  qilib,  dehqonlarni  talaganlar.  Natijada  ularning  o`zlari  oziq-ovqat 
masalasida og`ir ahvolga tushib qolganlar. Afinaliklarni qat`iy jangga torta olmagan 
spartaliklar Peloponnesga qaytishga majbur bo`lganlar. Miloddan avvalgi 430 yilda 
spartaliklar  Attikaga  yana  hujum  qilganlar.  Shu  yili  Afinada  vabo  tarqalib,  ko`p 
odam qirilib ketgan. Urushda har ikki tomon ham jiddiy g`alabaga erisha olmagan. 
Xalq va aksariyat dehqonlar Afina boshiga tushgan kulfatlarning aybdori Perikl deb 
hisoblangan. Xalq yig`ini miloddan avvalgi 430 yili uni hokimiyatdan chetlashtirgan. 
Ammo  bir  yildan  keyin  uni  oqlab,  qaytadan  birinchi  strateg  qilib  saylaganlar. 
Qartayib  qolgan  Perikl  ko`p  o`tmay  yuqumli  kasallikdan  vafot  etgan.  Uning 
vafotidan  keyin  hokimiyat  tepasiga  Kleon  saylangan.  Shu  davrda  1-Afina  ittifoqi 
a`zolari  orasida  Afinaga  qarshi  guruhlarning  harakati  kuchaygan.  Bu  guruhlarga 
Sparta yordam berib turgan.   Miloddan  avvalgi  429  yilni  hisobga  olmaganda,  spartaliklar  har  yili  Attikaga 
hujum  qilib  turganlar.  Ular  bog`-rog`larni,  uzumzorlarni  va  boshqa  ekinzorlarni 
kesib, qirqib, vayron qilib tashlaganlar. 
Miloddan  avvalgi  428  yilda  Lesbos  orolidagi  Mitilena  shahrida  Afinaga  qarshi 
qo`zg`olon  ko`tarilgan.  Afinaliklar  Mitilenadagi  qo`zg`olonni  shavqatsizlik  bilan 
bostirganlar. Ayni paytda 100 triyerdan iborat Afina kemalari Peloponnes sohillariga 
yuborilgan.  Ular  Spartadan  Lesbosga  yordam  uchun  yuborilishi  mumkin  bo`lgan 
harbiy  kemalarning  yo`lini  to`sib  turishlari  kerak  edi.  Spartaliklarning  Beotiya, Attika 
va boshqa joylarda olib borgan janglari yaxshi natija bermagan. 
Miloddan  avvalgi  430-426  yillar  orasida  Afina  Peloponnesning  g`arbiy 
sohillarida  g`olibona  urushlar  olib  boradi.  Afinaliklarning  harbiy-dengiz  kuchlari 
Kefalleniya  va  Zakinf  orollarini  qo`lga  kiritganlar.  Yunonlar  Akarnaniyadagi  Solliy 
shahrini  ham  bosib  olganlar.  Korinfni  dengiz  tomondan  himoya  qilib  turadigan 
Navpakt  shahrini  ham  afinaliklar  qo`lga  kiritganlar  va  uni  mustahkamlaganlar. 
Afinaliklar Messeniya sohillarida ham spartaliklarga qattiq zarba berishgan.  Miloddan  avvalgi  424  yili  afinaliklar  Kifera  orolini  ham  bosib  olganlar. 
Shundan  keyin  Sparta  va  uning  ittifoqchilari  og`ir  ahvolga  tushib  qoladi. 
Demosfen  va  Kleon  boshchiligidagi  Afina  floti  Sfakteriya  orolida  ham 
spartaliklarni  tor-mor  qilganlar.  Mag`lubiyatga  uchragan  spartaliklar  sulh 
so`raganlar.  Kleon  Sparta  qabul  qila  olmaydigan  shartlarni  taklif  qilgan.  Natijada 
urush yana davom etgan. 
Afinaliklar  dengiz  urushida  qo`lga  kiritgan  g`alabalaridan  mag`rurlanib, 
ittifoqchilarning  imkoniyatlarini  to`g`ri  baholay  olmaganlar.  Afinaliklarning 
miloddan  avvalgi  425  yil  Korinfga  qarshi  uyushtirgan  navbatdagi  yurishi 
muvaffaqiyatsizlikka  uchragan.  Bir  yildan  keyin  Delinda  bo`lgan  jang  ham 
afinaliklarning butun Peloponnes urushi davridagi eng katta mag`lubiyati edi. 
Miloddan  avvalgi  427-424  yillarda  afinaliklar  Sisiliyaga  ham  bir  necha  bor 
muvaffaqiyatli  yurish  qilganlar.  Ammo  sisiliyaliklar  afinaliklarga  bu  yerdan 
ketishni  taklif  qilganlar.  Afina  qo`mondonligi  o`z  imkoniyatlarini  hisobga  olib, 
Afina qo`shinlarini Sisiliyadan olib ketishga majbur bo`lgan.  •
Spartaliklarning  tajribali  sarkardasi  Brasid  rahbarligidagi  qo`shini  Egey  dengizining  shimolida  joylashgan  Xalkidika 
orolidagi  bir  qancha  shaharlarni,  shuningdek, Amfiopol  shahrini  ham  ishg`ol  qilgan.  Bu  shahar  ilgari  afinaliklar  qo`lida  edi. 
Amfiopolning  qamal  qilinishi  afinaliklarni  ancha  tashvishga  solib,  qo`ygan  va  yerga  Kleon  boshliq  Afina  qo`shinlari  yetib 
kelgan. Ammo Brasid qo`shinlari afinaliklarga qo`qqisdan hujum qilib, ularni tor-mor qilganlar. 
•
Amfiopol  yaqinidagi  jangda  Kleon  ham,  Brasid  ham  halok  bo`lgan.  Miloddan  avvalgi  422  yilda Amfiopol  afinaliklarning 
qo`lidan butunlay ketgan. 
•
Amfiopol yonidagi mag`lubiyatdan keyin Afinada sulh tuzish tarafdorlarining ta`siri kuchaygan. Har ikki tomon urushdan 
charchagan. Afinada  sulh  tuzish  tarafdorlariga  Nikiy  boshchilik  qilgan.  Nikiy Afina  davlatining  rahbari  bo`lib  qolgach, Afina 
bilan Peloponnes ittifoqlari o`rtasidagi sulh muzokaralari boshlangan.   Miloddan  avvalgi  421-yilda  Afina  bilan  Sparta  o`rtasida  50  yilga  mo`ljallangan 
sulh tuzilgan. Bu sulhning tashabbuskori Nikiy bo`lganligi uchun u Nikiy sulhi nomini 
olgan.  Sulh  shartlariga  ko`ra,  tomonlarning  qo`shinlari  ishg`ol  qilgan  yerlarini  bir 
vaqtda  bo`shatib  chiqishlari  lozim  edi.  Agar  Spartalik  ilotlar  qo`zg`olon  ko`tarsalar, 
afinaliklar  spartaliklarga  yordamga  borishlari  kerak  edi.  Ammo  sulh  shartlari  to`la 
bajarilmagan. Afinaliklar Meseniya pilosida, spartaliklar esa, Frakiyadagi Amfiopolda 
qolganlar. Spartaning ittifoqchilari Korinf, Megara va Fiva Nikiy sulhini tan olmagan. 
Nikiy sulhi bilan Peloponnes urushining birinchi bosqichi tugagan. 
Miloddan  avvalgi  415-404  yillar  Peloponnes  urushining  ikkinchi  bosqichi 
hisoblanadi.  Urushning  bu  bosqichi  afinaliklarning  Sisiliyada  muvaffaqiyat 
qozonsalar,  bu  Spartani  mag`lubiyatga  olib  kelishi  va Afinani  ulug`  Yunonistonning 
yetakchisi qilib qo`yishi mumkin edi.  •
Miloddan  avvalgi  415  yilda  afinaliklar  260  ga  yaqin  harbiy  va  yuk  kemasini,  32  ming 
kishidan  iborat  qo`shinlarini  Sisiliyaga  jo`natishga  tayyorlab  qo`yganlar. Afina  floti Alkiviad, 
Nikiy va Lamaxlar rahbarligida Sisiliyaga jo`nab ketgan. 
•
Afina  qo`shinining  qo`mondonlaridan  biri  Alkiviad  xoinlik  qilib,  spartaliklar  tomoniga 
qochib  o`tgan.  U  spartaliklarga  afinaliklarning  barcha  sirlarini  aytib,  Attikaga  muntazam 
qo`shin  yuborib,  uni  vayron  qilish  kerak  degan  taklif  kiritgan.  Alkiviad  qochganidan  keyin 
afina  flotiga  Nikiy,  Demosfen  va  Lamaxlar  boshchilik  qilganlar.  Nikiy  urushining  to`xtashiga 
umid  boqlab,  urush  harakatlarini  paysalga  solgan.  Bu  bilan  sisiliyaliklarga  mudofaaga 
tayyorgarlik  ko`rishlari  uchun  katta  imkoniyat  yaratib  bergan.  Ayni  paytda  Sisiliyadagi 
yunonlar ham afinaliklarga dushmanlik munosabatda bo`lganlar.   Afinaliklarning  Sirakuzani  qamal  qilishdagi  harakatlari  muvaffaqiyatsiz 
chiqqan.  Miloddan  avvalgi  413  yili  Demosfen  boshliq Afina  floti  Sparta  va  uning 
ittifoqchilari  tomonidan  tor-mor  etilgan.  Nikiy  va  Demosfenlar  qatl  etilgan.  Ko`p 
o`tmay  Lamax  ham  halok  bo`lgan. Asir  qilib  olingan  afinaliklar  qul  qilib  sotilgan. 
Sisiliyadagi mag`lubiyat Afinaning obro`sini tushirib yuborgan. 
Sisiliya  fojeasidan  keyin  omad  Sparta  qo`shinlari  Afinadan  22  km  narida 
joylashgan  Dekeleya  qishlog`ini  bosib  oladi.  Ular  shu  yerdan  turib  afinaga  xavf 
solib  turganlar.  Spartaliklar Afina  qullariga  murojaat  qilib,  Dekeleyaga  qochishga 
da`vat  etganlar  va  ularga  ozodlik  berishni  va`da  qilganlar.  Ko`p  o`tmay  20 
mingdan  ortiq  qul  Dekeleyaga  qochib  o`tgan.  Afinaliklar  shaharni  himoya  qilish 
uchun barcha choralarini ko`rganlar.  Afina  dengizida  kuchli  bo`lib,  uni  Sparta  Afina  flotiga  qarshi  kurashish  uchun  Eronga 
murojaat  qilgan.  Eron  shohi  Doro  II  bu  taklifni  qabul  qilgan.  Jangda  spartaliklar  g`alaba  qilgan 
taqdirlarida  Yunonistonning  Kichik  Osiyodagi  yerlarining  hammasini  Eronga  berishga  va`da 
qilingan.  Ammo  bu  davrda  Afina  butun  kuchini  flotni  qayta  tiklashga  va  o`z  ittifoqchilari  bilan 
aloqani mustahkamlashga sarf qilgan. 
Sparta  bilan  Afina  floti  Egey  dengizining  turli  joylarida  to`qnashib,  goh  unisi,  goh  bunisi 
yengib  turgan.  Bu  davrda  Alkiviad  yana  Afina  tomonga  o`tib,  Spartaga  qarshi  kurashda 
qatnashgan.  Ammo  spartaliklar  forslar  yordamida  yangi  flot  tashkil  qilganlar.  Bu  flot  405  yili 
qobiliyatli sarkarda Lisandr rahbarligida Gelespondni egallab, u yerdagi afina flotini tor-mor etgan. 
Bu bilan Afinaga Qora dengiz sohillaridan keladigan g`alla yo`li bilan to`silgan. Afinani quruqlikdan 
Dekeleyadan  kelgan  qo`shinlar,  dengizdan  esa  Lisandr  qo`shinlari  qurshab  olgan.  Afinada 
ocharchilik  boshlangan.  Afina  oligarxlarining  rahbari  Feramenning  Sparta  bilan  olib  borgan  sulh 
muzokaralari  natija  bermagan.  Feramen  boshliq  oligarxlar  Spartaga  taslim  bo`lish  tarafdorlari 
edilar.  •
Miloddan avvalgi 404 yili ochlikdan madori qurigan afinaliklar spartaliklarga taslim bo`lganlar.  Afinani 
Sparta  qo`shinlari  egallaganlar,  uni  Pirey  bilan  bog`lagan  devorlar  qulatilgan. Afina  arxesi  tarqatilgan,  u 
Spartaga  qaram  davlatga  aylantirilgan.  Oligarxlar  Kritiy  va  Feramen  boshchiligida  o`tttizlar  tiraniyasini 
tuzib,  hokimiyatdan  o`z  qo`llariga  olganlar.  Kritiy  va  boshqalar  o`zlariga  yoqmagan  kishilarni  jazolab, 
quvg`in ostiga olganlar, aholini talaganlar. Feramen unga norozilik bildirganida uni qatl etganlar. 
•
Sobiq demokrat Frasibul Beotiyaga qochib bekingan. U afinalik qochoqlardan otryad tuzib, chegaradagi 
Filani  egallagan.  Frasibul  Pireyga  yaqinlashar  ekan,  uning  tarafdorlari  ko`payib  boradi.  Bir  necha 
janglardan so`ng oligarxlar va spartaliklar mag`lubiyatga uchraganlar. Kritiy ham o`ldirilgan. 
•
Miloddan avvalgi 403 yili Afinada demokratiya qayta tiklangan. Ammo Afina Peloponnes ittifoqiga a`zo 
bo`lib  qolgan.  Shunday  qilib,  to`xtab-to`xtab  27  yil  davom  etgan  Peloponnes  urushi  Spartaning  g`alabasi 
bilan  tugagan.  Bu  urush  butun  nomi  olamiga,  xususan Afinaning  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy  hayotiga  va 
harbiy  qudratiga  juda  katta  salbiy  ta`sir  ko`rsatgan.  Bu  hol  Yunonistonning  butunlay  zaiflashishiga  olib 
kelgan.   •
Peloponnes urushi miloddan avvalgi V asrdayoq yuzaga kela boshlagan jarayonni tezlashtirib, xo`jalik 
tarmoqlarida  ishlatilayotgan  qullar  sonini  ko`payishiga  olib  keldi.  Ularning  mehnatidan  foydalanish 
hunarmandlar,  yuk  tashuvchilar  va  batraklarning  ahvoliga  halokatli  ta`sir  ko`rsatib,  ularni  lyupen-
proletariatga  aylantirib  qo`ydi,  o`zining  doimiy  ishidan  mahrum  qildi.  Ishlab  chiqarish  ishiga  qullarning  ishi 
deb  qarash  ana  shu  davrdan  keng  rasm  bo`ldi,  buning  natijasida  esa  halol  mehnat  qilib  pul  topishga  bo`lgan 
rag`bat susaydi. 
•
Ko`p dehqonlar va hunarmandlar urush harakatlarida uzoq vaqt ishtirok qilishi oqibatida, yer-maydonlar 
qarovsiz, tashlandiq bo`lib qoldi. Buni quldorlar arzon-garovga sotib olganlar. Boy quldor-plutokratlar ("o`z 
boyligi bilan kuchlilar") ayni vaqtda ham sudxo`r, ham savdogar, ham yer egasi bo`lganlar •
Miloddan  avvalgi  IV  asrlarda  polislarda  eski  xalq  lashkari  ham  o`z  ahamiyatini  yo`qotgan. 
Buning  sababi  fuqarolar  o`rta  tabaqasining  barham  topganligida  edi.  Chunki  ular  xalq  lashkarlarini 
asosini tashkil qilar edi. Yollanma askarlar harbiy kuchlarning asosiy turi bo`lib qoldi. 
•
Demak, miloddan avvalgi IV asr davomida polislarning ham iqtisodiy, ham sosial ham harbiy 
sohalaridagi inqiroz chuqurlashib borgan ekan.
•
   •
E’t iboringiz uchun 
Rahmat !!!

MAVZU: PELLOPON N E S URUSHLARI

• Reja: •   • 1. Peloponnes  urushining  sabablari  va  boshlanishi.   • 2.  Urushning  borishi  va  oqibatlari.   • 3.  Polis  tizimining  inqirozi.  

Yunoniston shahar-davlatlari o`rtasida miloddan avvalgi 431-404 yillarda bo`lib, o`tgan urushlarni Peloponnes urushlari deyilib, uni Fukidid "Tarix"idan, Ksenofontning "Gresiya tarixi", Diodorning "Tarixiy kutubxona asarlari", Plutarx va Aristofan ma`lumotlari orqali bilib olamiz. Urushlar qadimgi Yunoniston quldorlik jamiyatida ichki ziddiyatlarning jamlanishi va keskinlanishi natijasida kelib chiqqan ediki, biz ziddiyatlarga viloyatlarning notekis rivojlanishi asos bo`lgan. Yunonistonda 1-Afina dengiz ittifoqi bilan bir qatorda Peloponnes ittifoqi bilan bir qatorda ham bor edi. U miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida tuzilgan bo`lib, unga Megara, Korinf, Agros, Tirinf kabi shahar-davlatlar a`zo edilar. Bu ittifoqqa Sparta boshchilik qilgan. O`tmishda 1-Afina ittifoqi bilan Peloponnes ittifoqi o`rtasida sulh shartnomasi ham tuzilgan edi. Sulh shartnomalarida ittifoqchilarning bir- birlariga qo`shin tortmasliklari, tinch-totuv yashashliklari ta`kidlangan.

Ammo keyingi voqealar 1-Afina ittifoqi bilan Peloponnes ittifoqi o`rtasida qator ziddiyatlar va kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu ziddiyatlarning tagida u yoki bu ittifoqning butun Yunonistonda hukmronlikni qo`lga kiritish masalasi yotardi. Bu masala urushni keltirib chiqaradigan bosh omil edi. Urushning boshlanishini tezlashtirgan birinchi mojaro, bahona qadimgi yunon dunyosining g`arbiy chekkasidagi Epidami koloniyasi va Kerkira orolida yuz bergan edi. Bu joylar Yunonistondan Janubiy Italiya va Sisiliya oroliga boriladigan dengiz yo`lidagi ikki muhim bekat edi. Shu ikki joydagi mojarolar tufayli Peloponnes ittifoqiga a`zo bo`lgan Korinf bilan Afina o`rtasida ham nizo chiqqan. Urushni tezlashtirishga sabab bo`lgan ikkinchi bahona Xalkidika yarim orolidagi Korinf koloniyasi Potideyada ham yuz bergan. Bu yerda ham 1-Afina ittifoqi bilan Korinf o`rtasida mojaro chiqgan. Megara shahar davlati Korinf tomonini olgan.