PhP dasturlash tili
P H P DA S T U R L A S H T I L I Tayyorladi: Murodkulov Jahongir
P H P N I M A ? • PHP (inglizcha: PHP: Hypertext Preprocessor — „hipermatnli protsessor“) — skript tili boʻlib, web serverda oʻzgaruvchan HTML fayllarini yaratishda qoʻllaniladi. 1994- yilda kanadalik dasturchi Rasmus Lerdorf tomonidan yaratilgan. Hozirgi kunda deyarli barcha hosting-provayderlar mazkur tilni qoʻllab-quvvatlaydi. Odatda, PHP maʼlumotlar bazasi bilan ishlatiladi. PHP GNU GPL litsenziyasi orqali tekin tarqatiladi.
P H P TA R I X I • 1994 yili PHP tilinig yaratuvchisi Rasmus Lerdorf o‘zinig saytiga mehmonlar kirishini hisoblash uchun Perl dasturlash tilida maxsus qobiq yozib amalda qo‘llagan. Ko‘p o‘tmay qobiqni ishlash unumdorligi juda past va sekinligi aniqlanganidan so‘ng, dasturlarni yangidan “S” tilida yozib chiqishga to‘g‘ri keladi. Keyin, dastlabki dastur kodlari muallif tarafidan barchaga ko‘rish uchun serverga nashr qilingan. Server foydalanuvchilari kodlar bilan qiziqib, uni ishlatish muxlislari ham paydo bo‘lgan. Hademay, bu dasturlar alohida loyihaga aylanib, 1995 yilning iyun oyida dasturiy mahsulot PHP (Personal Home Page) nomi bilan birinchi nashri chiqarildi. • 1996 yil aprel oyida dasturlar jiddiy qayta ishlanganidan so‘ng, PHP/FI (Personal Home Page / Forms Interpreter) nomi bilan mahsulotning ikkinchi nashri paydo bo‘ldi. Bu mahsulot HTML-kod ichiga yozilib, HTML-formalarni qayta ishlab, hozirgi PHP dasturlash tilining tayanch imkoniytlarini ichiga olgan. PHP/FI kod yozilishi Perl tiliga juda oxshagan, lekin soddaroq bo‘lgan.
• 1997 yili PHP/FI 2.0 nashri chiqdi. O‘sha paytda bu mahsulot bilan dunyo bo‘yicha bir necha ming odam foydalanib, taxminan 50 ming domen bo‘lib, Internetning 1%-ni tashkil qildi. • 1997 yilda Endi Gutmans va Ziv Suraski PHP/FI kodini boshqatdan yozib chiqishdi, chunki eski kod ular ishlatayotgan elektron tijorat tizimlari uchun yaroqsiz edi. Eski kodning mualliflaridan yordam olish uchun ular birlashishni taklif etib, PHP3 nomli loyihani PHP/FI -ning rasmiy vorisi deb e’lon qilishdi. Yangi loyiha uyushgandan keyin PHP/FI loyihasi ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan. • PHP 3.0 -ning eng kuchli taraflaridan biri uning kengaytirala olinadigan yadrosi (tizimning boshqaruv qismi) bo‘lib, bundan tashqari, ma’lumot jamg‘armalar bilan, turli protokollar va interfeyslar bilan birgalikda ishlash keng imkoniyatlari yaratildi. Muvaffaqiyatga erishishga ancha ahamiyatli fakt bu yangi tilni boyligi va ob’yektlarga mo‘ljallangan dasturlashni qo‘llay olishi. Yangi loyiha bilan birga nafaqat tilni tashqi, ichki tuzulishi o‘zgardi, balki o‘zini nomi ham. Endi PHP qisqartmasi “PHP: Hypertext Preprocessor” ma’nosini anglatishi bildirildi.
• 1998 yilning oxirida PHP foydalanuvchilarining soni o‘n minglardan oshdi. Yuz mingdan oshiq veb-saytlar bu tilni qo‘llashini e’lon qilishdi. Taxminan Internetning 10% serverlarida PHP 3.0 o‘rnatilgan edi.