logo

PRIZMA HAJMI

Yuklangan vaqt:

24.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1370.193359375 KB
Mavzu:  PRIZMA HAJMI  
PRIZMA VA UNING HAJMI   
  Prizma va uning sirti. Prizmaning hajmi
Hajm tushunchasi
Fazoda geometrik jismga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri bu hajm tushunchasidir. Har
qanday predmet (jism) fazoning qandaydir qismini egallaydi. Masalan, g‘isht gugurt qutisiga
qaraganda kattaroq joyni egallaydi. Bu qismlarni o‘zaro taqqoslash uchun hajm tushunchasi
kiritiladi. Hajm – fazoviy jismning quyidagi xossalarga ega bo‘lgan miqdoriy (sonli) ko‘rsatkichidir:              1. Har qanday jism musbat sonlarda ifodalanuvchi muayyan hajmga ega.
2. Teng jismlar hajmi ham teng.
3. Agar jism bir necha bo‘lakka bo‘lingan bo‘lsa, uning hajmi bo‘laklar hajmlari yig‘indisiga
teng.
4. Qirrasi bir birlik uzunlikka teng kubning hajmi birga teng.
Ha j m  – uzunlik va yuz kabi sonli kattaliklardan biridir. Uzunlik o‘lchov birligining tanlanishiga
qarab birlik (qirrasi birlik uzunlikka ega) kubning hajmi 1cm3, 1dm3, 1m3 va hokazo hajm
birliklari bilan o‘lchanadi.

     Prizmaning hajmi

Teorema. To‘g‘ri prizmaning hajmi asosining yuzi bilan balandligining ko‘paytmasiga 
teng:

V  = Sh

Teorema. Ixtiyoriy prizmaning hajmi asosining yuzi bilan balandligining ko‘paytmasiga 
teng:

V  = Sh                               Prizma
                                                
                                                   1. Syon = P l, P perpendikulyar 
kesimi perimetri, l-yon 
qirrasining uzunligi.
2. V = SasH.
3. V = Sperl, Sper-
perpendikulyar kesim yuzi, l-
yon qirrasi.
4. n burchakli prizmaning 3n ta 
qirrasi va n + 2 ta yog’i bor.              Rasmda tasvirlangan ko‘pyoqlarning hajmini toping.
     
Yechish: Prizma asosi katetlari 3 va 4 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchak, balandligi 6 cm
deb olamiz.
Sasos = 1
2ab = 1
2 · 3 · 4 = 6
V = Sasosh = 6 · 6 = 36                                 n   burchakli prizmaning yoqlari soni  n+2  ga teng bo’ladi 
  
      n  burchakli prizmaning uchlari soni esa  2n  ga teng bo’ladi
       n  burchakli prizmaning qirralari soni 
3n  ga teng
Prizma yon yoqlarining asosiga perpendikular yoki perpendikular emasligiga qarab to ‘g‘ri yoki og‘ma 
prizmalarga ajratiladi. To‘g‘ri prizmaning yon yoqlari to‘g‘ri to ‘ rtburchaklardan iborat bo‘ladi. Asosi muntazam 
ko`pburchakdan iborat to`g`ri prizma muntazam prizma deb ataladi. Muntazam prizmaning yon yoqlari bir-biriga 
teng to‘g‘ri to‘rtburchaklardan iborat bo‘ladi. Prizma asosining biror nuqtasidan ikkinchi asosiga tushirilgan               perpendikular prizmaning balandligi deb ataladi . Prizmaning diagonal kesimi deb, prizma 
asoslarining mos diagonallari orqali o‘tkazilgan kesimga aytiladi . Prizma diagonal kesimlarining soni 
prizma bitta asosining diagonallari soniga teng. Prizmaning perpendikular kesimi deb, uning barcha yon qirralariga 
perpendikular kesimga aytiladi . Har bir diagonal kesimda ikkita diagonal o'tkazish mumkin 
bo'lganligidan, n burchakli prizmada  n( n - 3)  ta diagonal o'tkazish mumkin. Ravshanki, faqat uchburchakli 
prizmada diagonallar ham, diagonal kesimlar ham o'tkazish mumkin emas.                   E’tiboringiz  
      uchun     
    rahmat!              Parametrli chiziqli tenglamalar              Parametrli chiziqli tenglamalar              Parametrli chiziqli tenglamalar              Parametrli chiziqli tenglamalar              Parametrli chiziqli tenglamalar              Parametrli chiziqli tenglamalar

Mavzu: PRIZMA HAJMI PRIZMA VA UNING HAJMI Prizma va uning sirti. Prizmaning hajmi Hajm tushunchasi Fazoda geometrik jismga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri bu hajm tushunchasidir. Har qanday predmet (jism) fazoning qandaydir qismini egallaydi. Masalan, g‘isht gugurt qutisiga qaraganda kattaroq joyni egallaydi. Bu qismlarni o‘zaro taqqoslash uchun hajm tushunchasi kiritiladi. Hajm – fazoviy jismning quyidagi xossalarga ega bo‘lgan miqdoriy (sonli) ko‘rsatkichidir:

1. Har qanday jism musbat sonlarda ifodalanuvchi muayyan hajmga ega. 2. Teng jismlar hajmi ham teng. 3. Agar jism bir necha bo‘lakka bo‘lingan bo‘lsa, uning hajmi bo‘laklar hajmlari yig‘indisiga teng. 4. Qirrasi bir birlik uzunlikka teng kubning hajmi birga teng. Ha j m – uzunlik va yuz kabi sonli kattaliklardan biridir. Uzunlik o‘lchov birligining tanlanishiga qarab birlik (qirrasi birlik uzunlikka ega) kubning hajmi 1cm3, 1dm3, 1m3 va hokazo hajm birliklari bilan o‘lchanadi.  Prizmaning hajmi  Teorema. To‘g‘ri prizmaning hajmi asosining yuzi bilan balandligining ko‘paytmasiga teng:  V = Sh  Teorema. Ixtiyoriy prizmaning hajmi asosining yuzi bilan balandligining ko‘paytmasiga teng:  V = Sh

Prizma 1. Syon = P l, P perpendikulyar kesimi perimetri, l-yon qirrasining uzunligi. 2. V = SasH. 3. V = Sperl, Sper- perpendikulyar kesim yuzi, l- yon qirrasi. 4. n burchakli prizmaning 3n ta qirrasi va n + 2 ta yog’i bor.

Rasmda tasvirlangan ko‘pyoqlarning hajmini toping. Yechish: Prizma asosi katetlari 3 va 4 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchak, balandligi 6 cm deb olamiz. Sasos = 1 2ab = 1 2 · 3 · 4 = 6 V = Sasosh = 6 · 6 = 36