logo

Prokuratura organlari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6930.99609375 KB
Prokuratura 
organlari Prokuratura (lotincha: 
procurare — „gʻamxoʻrlik 
qilish“) — ayrim 
mamlakatlarda jinoiy 
ishlarni qoʻzgʻatish, 
ayblovni yoqlash, sud 
protsessida davlat 
manfaatlarini himoya qilish 
vakolatlari yuklatilgan 
maxsus davlat organi 
(organlar tizimi). Dastlab 13
—14-asrlarda Fransiyada 
yuzaga kelgan. Bir qancha 
mamlakatlarda 
Prokuraturaga barcha 
fuqarolar, tashkilotlar va 
mansabdor shaxslarning 
qonunlarni aniq va bir 
xilda bajarishi ustidan 
nazorat qilish vazifasi ham 
kiradi.  Muayyan mamlakatlarda 
Prokuratura sudning tarkibiy 
qismi hisoblanadi, 
boshqalarida esa tashkiliy 
jihatdan undan ajratilgan. 
Bosh prokuror Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti 
tomonidan saylanadi. Boshqa 
viloyat, tuman va shahar 
prokurorlari Bosh prokuror 
tomonidan saylanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasida 
ham Prokuratura hokimiyati 
faol ishtirok etadi. Bundan 
tashqari prokurorlar sudlarda 
ham ishtirok etadi. O’zbekiston Respublikasi hududiga prokuratura tariqasidagi davlat organining kirib 
kelish tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya 
tomonidan Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonligidan iborat O’rta Osiyo bosib 
olingunga qadar, bu yerda prokuratura deb nomlangan maxsus idora bo’lmagan. «Har bir inson qalbida nafs 
balosidan, shayton 
vasvasasidan yiroq bo’lish, 
imon va insof, vijdon va 
adolatparvarlik 
tuyg‘ularini uyg'otish zarur. 
Agar odamlar ongida shu 
insoniy tuyg‘ular qaror 
topmas ekan, ana shunday 
oliyjanob fazilatlar 
jamiyatimizda hukmron 
bo‘lmas ekan, davlat 
tomonidan o ‘tkaziladigan 
har qanday chora-tadbirlar 
ham, sud prokuratura 
idoralarining faoliyati ham 
kutilgan samarani 
bermaydi». O‘rta Osiyoda, prokuratura deb 
nomlangan idora va prokuror 
deb ataluvchi mansab yoki 
lavozim bo‘Imagan bo’lsa-da, 
shariat
qonunlarining bajarilishini 
nazorat qilib turuvchi maxsus 
lavozim va ushbu vazifani 
amalga oshiruvchi shaxslar 
bo‘lgan. Tarixdan
ma’lumki, xalqning ma’naviyati, 
m adaniyati, turm ush darajasi 
oshib borgani sari inson 
huquqlarini himoyalashni 
kafolatlashga bo‘lgan e ’tibor 
ham yuksalib boradi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq 
prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish bilan bir qatorda 
prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish masalasiga alohida 
e’tibor qaratildi. O‘tgan yillar davomida respublikamizda 
amalga oshirilgan islohotlar ushbu 
markaz faoliyatini takomillashtirishni 
taqozo etdi va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2007 yilning 7 noyabridagi 
PQ-727-son qaroriga ko‘ra, ushbu markaz 
negizida O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari 
tashkil etildi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan 
o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning yangi ustuvor yo‘nalishlari 
hamda qonun ustuvorligini ta’minlash va 
qonuniylikni mustahkamlash vazifalari 
prokuratura organlari kadrlarini 
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirishni tashkil etish tizimini 
yanada takomillashtirish zaruriyatini 
davrning o‘zi taqozo etdi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida 
belgilangan vazifalarga muvofiq, 
shuningdek, prokuratura organlari 
kadrlarini tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini 
oshirishning zamonaviy tizimini 
yaratish maqsadida, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan 
“Prokuratura organlari kadrlarini 
tayyorlash, qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish 
tizimini tubdan takomillashtirish 
chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 
yil 8 maydagi PF–5438-son Farmoni 
qabul qilindi. Farmonga asosan, 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasining Oliy o‘quv 
kurslari O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi Akademiyasi 
etib qayta tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov 
qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy 
etish to‘g‘risida”gi PF–257-sonli Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi 
negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi 
prokuraturasiga 
O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori boshchilik 
qiladi. U O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti 
tomonidan tayinlanadigan 
va ozod etiladigan, keyin 
O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senati 
tasdig‘idan o‘tadigan 
birinchi o‘rinbosariga, 
o‘rinbosarlarga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori o‘z 
o‘rinbosarlari o‘rtasida 
vazifalarni taqsimlaydi.  O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasida Bosh prokuror (rais), uning birinchi o‘rinbosari, 
o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, O‘zbekiston Respublikasining harbiy 
prokurori, prokuratura idoralarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.  Hay’atning shaxsiy 
tarkibini O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti 
tasdiqlaydi. Respublika 
prokuraturasida bosh 
boshqarmalar, 
boshqarmalar va bo‘limlar 
tuzilib, ularda katta 
prokurorlar va 
prokurorlar bo‘ladi. Bosh 
prokuror katta 
yordamchilar, maxsus 
topshiriq bo‘yicha 
yordamchilar va 
yordamchilarga ega 
bo‘ladi.  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va 
bo‘limlar boshliqlarini, boshliq o‘rinbosarlarini, Bosh prokurorning katta 
yordamchilarini, maxsus topshiriq bo‘yicha yordamchilari va yordamchilarini, 
boshqarmalar va bo‘limlarning kata prokurorlari hamda prokurorlarini, O‘zbekiston 
Respublikasi prokuraturasining alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilari va katta 
tergovchilarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.  E’tiboringiz uchun 
rahmat!

Prokuratura organlari

Prokuratura (lotincha: procurare — „gʻamxoʻrlik qilish“) — ayrim mamlakatlarda jinoiy ishlarni qoʻzgʻatish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab 13 —14-asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish vazifasi ham kiradi.

Muayyan mamlakatlarda Prokuratura sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan. Bosh prokuror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan saylanadi. Boshqa viloyat, tuman va shahar prokurorlari Bosh prokuror tomonidan saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ham Prokuratura hokimiyati faol ishtirok etadi. Bundan tashqari prokurorlar sudlarda ham ishtirok etadi.

O’zbekiston Respublikasi hududiga prokuratura tariqasidagi davlat organining kirib kelish tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya tomonidan Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonligidan iborat O’rta Osiyo bosib olingunga qadar, bu yerda prokuratura deb nomlangan maxsus idora bo’lmagan.

«Har bir inson qalbida nafs balosidan, shayton vasvasasidan yiroq bo’lish, imon va insof, vijdon va adolatparvarlik tuyg‘ularini uyg'otish zarur. Agar odamlar ongida shu insoniy tuyg‘ular qaror topmas ekan, ana shunday oliyjanob fazilatlar jamiyatimizda hukmron bo‘lmas ekan, davlat tomonidan o ‘tkaziladigan har qanday chora-tadbirlar ham, sud prokuratura idoralarining faoliyati ham kutilgan samarani bermaydi».