logo

PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

702.9638671875 KB
PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI
Reja:
Psixologiyaning tuzilishi, 
p sixologiyaning  fanlar tizimida tutgan o‘ rni .
Psixologiyaning tadqiqot metodlari
Satsipmetriya Metodi1
2
3                 Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik 
mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi 
uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan 
barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi 
navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular 
orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.                   Falsafa  va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan 
bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning 
rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, 
jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni 
psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri 
qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam 
beradi.	
  SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga 
taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan - falsafa va 
psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va 
dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko‘ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va 
milliy g‘oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.                   Sotsiologiya  fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim 
bosqichiga o‘tgan ekan,  psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham 
ularning ko‘lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil 
ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy 
psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va 
rivojlanishni	
  ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish 
ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O‘zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va 
demoqratik o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada 
muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida 
o‘rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi 
va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun joylarda tashkil etilgan 
ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari ayni shu vazifani bajarishga qaratilgandir. Respublikamiz 
miqyosida esa “Ijtimoiy fikr” markazining turli mavzular bo‘yicha olib boradigan ijtimoiy 
so‘rovlari aholining kayfiyati, qiziqishi, xoxishi, ehtiyoji, niyatini ifodalash bilan birga, hukumat 
va davlat tomonidan qanday istiqbolli rejalar tuzish lozimligiga olib keladi. Ijtimoiy-psixologik 
so‘rovlarning oliygohlarda o‘tkazilishi ustoz-shogird, talaba-o‘qituvchi munosabatlarini, ish 
joylarida o‘tkazish xodim-rahbar, xodim-xodim munosabatlarini bilib olish imkonini yaratadi. Bu 
orqali nafaqat sotsiologik so‘rov, balki inson shaxsiga aloqador psixologik xususiyatlarni aniqlash 
mumkin bo‘ladi.                   Pedagogika  bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning 
yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan	
  «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar 
tayyorlashning Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o‘zaro aloqasini har 
qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha 
modeldagi	
  shaxsni   kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo‘lib etishishi, barkamolligini 
kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya 
jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o‘z uslub va qoidalari etarli bo‘lmaydi. SHuning uchun 
ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish 
tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o‘qitish texnologiyalarini bola tomonidan o‘zlashtirilishi va 
undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rganish va shu 
asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg‘unlashtirishni 
taqozo etadi. Ayniksa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim 
muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan xolda o‘qitishning eng ilg‘or va 
zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. SHaxsga ta’lim va tarbiya 
berishning alohida emas, birgalikda qaralishida pedagogika va psixologiya fanlarining o‘zaro 
uzviyligi muhimdir. Hozirgi kunlarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun ta’lim 
oluvchining psixologik xususiyatlarini bilgan xolda, unga pedagogik ta’sir etish va uni yangi 
bilimlarga yo‘naltirish texnologiyasi joriy etilganligi ham bu ikki fan	
  bir-biriga chambarchas 
bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.                 Psixologiyaning tadqiqot metodlar
H ar bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. ob’ektiv voqelikning bunday hodisalarini 
to‘plab, solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim 
zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning ob’ektiv 
qonunlarini ochib beradi. bu ma’lumotlarga ega bo‘lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari 
yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi. shunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi 
yoki biror-bir reallikni bilish usuli. ilmiy metod o‘z tuzilishiga ko‘ra, yondoshuvlar va 
muolajalar yig‘indisidan iborat. ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar 
keyinchalik ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli 
ma’lumotlar oladilar.                 Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga 
ega. psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga 
ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma’lumotlarni 
qayta ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari. birinchi guruhga qiyosiy, 
longityud va majmua metodlari kiradi. ma’lumotlar olishning tajriba metodlari 
kuzatish va o‘zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, 
shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, 
so‘rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili 
(xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va 
boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi. ma’lumotlarni 
qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va  sifat (materialni guruhlarga 
ajratish, tahlil) metodlari kiradi. izohlash metodlariga turli xildagi irsiy 
(materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va 
boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha 
xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi.
Endi esa psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to‘liqroq 
holatda ko‘rib chiqamiz.                 Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub 
odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan 
iborat. masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi 
(talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba 
metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi.
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni 
uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. masalan, talabalarni 
oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish.
Qiyosiy va longityud metodlari o‘z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi 
qisqa vaqt ichida ko‘p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish 
imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan 
nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. 
Amaliyotda bu ikki metod bir-birini to‘ldiradi.
Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli 
hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti 
o‘rtasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi o‘rganish 
usuli.                 Kuzatish  – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, 
maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan 
metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning ob’ektivligi, 
ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, 
tajribalarni qo‘llagan holda nazorat olib borish imkoniyati	
  xizmat qiladi. 
Kuzatish bir necha xil:	
  standartlashtirilgan   	(belgilangan dasturga 
qat’iyan mos ravishda o‘tkazilgan),	
  erkin  (oldindan o‘rnatilgan 
chegaralarga ega bo‘lmagan),	
  kiritilgan  	(tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan 
jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi),	
   yashirin  	bo‘ladi.
O‘tkazilish joyiga asosan kuzatishlar	
  dala  va	  laboratoriya  	kuzatishlariga 
bo‘linadi.	
 Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari 
esa sun’iy, ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o‘tkaziladi.
Olib borish muntazamligiga ko‘ra kuzatishlar	
  tizimli  	(ma’lum vaqt 
davomida ob’ektni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan reja 
bo‘yicha)	
 va	  tizimsiz  	(noma’lum vaqt davomida rejaga 
asoslanmagan)	
 bo‘ladi.                 O‘rganilayotgan  hodisaning  o‘tkazilish  davomiyligi,  vazifalari  va  ko‘lamiga  ko‘ra 
kuzatishlar  qisqa	 	vaqtli  	(farazlarni  ifodalash  yoki  boshqa  metodlar  yordamida  olingan 
ma’lumotlarni  nazorat  qilish  va  to‘ldirish  uchun  tadqiqotning  boshlang‘ich  bosqichida 
o‘tkaziladi)  va,  uzoq  oylar  va  yillar  davomida  keng  ko‘lamli  yoki  murakkab  tuzilmali 
ijtimoiy  jarayonlarning  kechishini  kuzatishga  xizmat  qiluvchi	
  uzoq	 	vaqtli  	kuzatishlarga 
bo‘linadi.
Kuzatish metodini qo‘llash uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi:
-	
 sinaluvchining  hulq-atvori  uning  ko‘pgina  ko‘rinishlari  va  turli  vaziyatlarda  har 
tomonlama baholanishi lozim;
-
 kuzatuvchi  sinaluvchi  bilan  juda  ko‘p  vaqt  birga  bo‘lishi  kerak	 (kamida  2-3  oy 
davomida).	
 Seanslar  haftasiga  3-4  marta  o‘tkazilishi  kerak,  ularning  davomiyligi  kuzatish 
maqsadidan kelib chiqib o‘rnatiladi;
-	
 kuzatish  jarayoni  boshlanmasdan  avval  sinaluvchi  hulq-atvorining  qayd  etiladigan 
xususiyatlari  aniqlab  olinishi,  va  xulq-atvorning  bunday  belgilari  bilan  tadqiqotchi  bu 
metodni  qo‘llagan  holda  baholamoqchi  bo‘lgan  psixologik  xususiyatlar  o‘rtasidagi  aloqa 
oldindan o‘rnatilishi kerak;
-
 tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo‘lishi zarur;
-
 muammoni  xolisona  hal  etish  maqsadida  sinaluvchi  va  tadqiqotchi  o‘rtasidagi  rolli 
munosabatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
-
 sinaluvchi  bir  vaqtning  o‘zida  kamida  10  ta  ruhshunos  kuzatuvida  bo‘lishi  va  olingan 
baho har bir ruhshunos belgilagan balldan o‘rtachasini tashkil etgan bo‘lishi kerak.
Barcha  ruhshunoslar  bir-biriga  bog‘langan  bo‘lmasliga  zarur.	
 Bunday  holat  natijalar 
samarasini oshiradi (baholash metodi).                 O‘zini 	kuzatish  	metodi ,  	yoki	 introspeksiya  (  lot.dan	 – ichkariga  qarayman)  –	 insonning 
o‘zining  shaxsiy  psixik  hodisalarini  kuzatishi.	
 Bu  psixikani  bilishning  eng  qadimiy  va  eng 
qulay  vositasidir.	
 Uning  kashf  etilishiga  fransiyalik  faylasuf	 Rene  Dekartning  fikricha,  ong	 –  
alohida  tuzilgan,  moddiy  va  tarqoq  bo‘lmagan	
   substansiya  bo‘lib,  sub’ektning  mulohaza 
yuritganida  ichida  qanday  hodisalar  ro‘y  berishi  haqidagi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  va  bevosita 
bilimlari  to‘g‘risidagi  dohiyona  yorqin  g‘oyalari  turtki  bo‘ldi.	
 O‘ziga  va  ongiga  nazar 
tashlash	
 introspeksiyaning mohiyatini tashkil etadi.
O‘zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, xotiradan ko‘tarilgan tasvirlar, jamiyat 
qarashlariga  zid  istaklar  va  irodaviy  jarayonlar  ochib  beriladi.	
 Bunda  o‘zini  kuzatish  bilan 
olimning o‘zi ham, uning mijozi	
 – sinaluvchi ham mashg‘ul bo‘lishi mumkin.
Sinaluvchilarga  alohida  ko‘rish  yoki  eshitish  ta’sirlovchilari,  jismlar  tasviri,  so‘zlar,  jumlalar 
namoyish  etiladi;	
 ular  qabul  etilib,  o‘zaro  solishtirilib,  hosil  bo‘lgan  tasavvurlar  haqida 
ma’lumot  berilishi  kerak.	
 Bunda  sinaluvchilar  o‘z  javoblarida  tashqi  ob’ektlarni  tasvirlovchi 
atamalarni  qo‘llamay,  bu  ob’ektlar  sababli  yuzaga  kelgan  o‘z  his-tuyg‘ulari  va  ularning 
sifatlari haqida so‘z yuritishlari kerak.
Hozirgi  zamon  psixologiyasining  yangi  yo‘nalishi	
 –  psixosintezning  asoschisi	 – 
italiyalik	
 shifokor-faylasuf	 Roberto  Assadjioli	 fikricha,  ongimizning  bosh  rejissyori 
oliy	
 «Men»	 bo‘lib,  uning  qo‘l  ostidagi  aktyorlar  esa	 – bu	 «Men»imizning  ajralgan  qismlari. 
Inson  o‘zining  ichki  olamini  ko‘zdan  kechirishi,  unga  quloq  tutishi  bilan  ikkilamchi, 
uchlamchi,  to‘rtlamchi  va  boshqa  «Men»larning  xushqad  yoki  unchalik  bo‘lmagan  jo‘rovozi 
mavjudligi  ma’lum  bo‘ladi.  Bilish  va  yangi  nazariy  istiqbollarni  kashf  etish  metodi  sifatida 
o‘zini kuzatish asosiy o‘rin egallaydi.                 Satsipmetriya Metodi
Sotsiometriya metodi.  Cotsiometriya metodi birinchi bo‘lib	  amerikalik   psixolog   Dj. 
Moreno  	
tomonidan taklif etilgan. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki 
bu ko‘rsatkich bo‘yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan tanlashlar asosida kishining 
guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o‘rni haqida xulosa qilinadi.Demak, 
sotsiometriya metodi yordamida guruh a’zolari o‘rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani 
aniqlash mumkin. Cotsiometriya metodini operativ tarzda o‘tkazish, uning natijalarini esa 
matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.                 Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi 
kamchiliklarini ham ko‘rsatib o‘tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki sotsiometriya 
metodi mavjud munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash imkonini bermaydi. 
Shuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma’lumotlar kuzatish, suhbat, psixologik- 
pedagogik eksperiment natijalari bilan to‘ldirilishi lozim.
Sotsiometriya	
 metodidan guruh, jamoa a’zolari o‘zaro bir-birlarini yaxshi bilgan 
holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat yuzasidan 
bo‘ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o‘rnini aniqlash, birlamchi guruhlar 
mavjud	
 yoki mavjud emasligini topish, birlamchi guruhlarning paydo bo‘lishi va tarqab 
ketishi sabablarini aniqlash mumkin.                 Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga 
birga qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini birgalikda 
bajarishga xohishlari to‘g‘risida savollar beriladi. Beriladigan savollar 
tanlash ko‘rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz ko‘rsatkichlar 
farqlanadi. Kuchlilar chuqur va barqaror munosabatlarni, kuchsizlari 
yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlash imkonini yaratadi. Masalan, 
“xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni 
xohlardingiz?” degan savol bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkich kuchli 
ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki	
 u uzoq vaqt davom etadigan, muhim 
munosabatlarga tegishli. “Kimni birga ekskursiyaga borishga taklif 
qilardingiz?” – kuchsiz ko‘rsatkich, chunki u chuqur bo‘lmagan va 
vaqtinchalik munosabatlarni belgilaydi. Kuchli va kuchsiz 
ko‘rsatkichlar mazmuni jihatidan turlicha bo‘lishi mumkin, lekin 
ulardagi umumiy narsa – natijalar, ya’ni sherik tanlash.                 E’TIBORINGIZ UCHUN 
TASHAKKUR

PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI Reja: Psixologiyaning tuzilishi, p sixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘ rni . Psixologiyaning tadqiqot metodlari Satsipmetriya Metodi1 2 3

Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.

  Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko‘ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g‘oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.

  Sotsiologiya  fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O‘zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demoqratik o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun joylarda tashkil etilgan ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari ayni shu vazifani bajarishga qaratilgandir. Respublikamiz miqyosida esa “Ijtimoiy fikr” markazining turli mavzular bo‘yicha olib boradigan ijtimoiy so‘rovlari aholining kayfiyati, qiziqishi, xoxishi, ehtiyoji, niyatini ifodalash bilan birga, hukumat va davlat tomonidan qanday istiqbolli rejalar tuzish lozimligiga olib keladi. Ijtimoiy-psixologik so‘rovlarning oliygohlarda o‘tkazilishi ustoz-shogird, talaba-o‘qituvchi munosabatlarini, ish joylarida o‘tkazish xodim-rahbar, xodim-xodim munosabatlarini bilib olish imkonini yaratadi. Bu orqali nafaqat sotsiologik so‘rov, balki inson shaxsiga aloqador psixologik xususiyatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.

  Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o‘zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo‘lib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o‘z uslub va qoidalari etarli bo‘lmaydi. SHuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o‘qitish texnologiyalarini bola tomonidan o‘zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rganish va shu asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Ayniksa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan xolda o‘qitishning eng ilg‘or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. SHaxsga ta’lim va tarbiya berishning alohida emas, birgalikda qaralishida pedagogika va psixologiya fanlarining o‘zaro uzviyligi muhimdir. Hozirgi kunlarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun ta’lim oluvchining psixologik xususiyatlarini bilgan xolda, unga pedagogik ta’sir etish va uni yangi bilimlarga yo‘naltirish texnologiyasi joriy etilganligi ham bu ikki fan bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.