Qadimgi diniy tasavvurlar,urf-odatlar va irimlar
Mavzu: Qadimgi diniy tasavvurlar,urf-odatlar va irimlar
Re ja: Shomonlik folbin baxshichilik 4 Markaziy Osiyo xalqlari hayotida shomonlik an’analari 1 Islom dinida shomonlik harakatlari 2 Folbinlik yoki azayimxonlik3
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlaridan biri sifatida shomonlikni qayd etish mumkin. Shomonlik e’tiqod va an’analari inson ongida g‘ayritabiiylik to‘g‘risidagi tasavvurlar to‘liq shakllangan vaqtda paydo bo‘lgan. Ushbu e’tiqod oddiy insonning dahshatli va tushunarsiz, g‘ayritabiiy va sirli holatlarini tushunishi va aql kuchidan ustun turishi bilan bog‘liqdir. Shomonlik bu omillar orqali jamoalar hayotining tashqi va ichki ziddiyatlarini qamrab oladi. Shomonlikning turli vazifalariga (ruhlarni haydash, falokatlarning oldini olish, yomg‘ir chaqirish, afsun qilish va h.k.) kelsak, ular ushbu e’tiqodning asosiy mohiyatiga qo‘shimchadir.
Islom sharoitida shomonlik harakatlari odatda musulmon sharoitida, balki madaniy-tarixiy rivojlangan jamiyatda ham yashovchanligini yaqqol namoyon etadi. An’analar ko‘pincha o‘zgaradi, moslashadi, amaldagi rasmiy din talablarining u yoki bu jihatlariga ma’lum darajada birikadi. Chunonchi, islom sharoitida shomonlik harakatlari odatda musulmon an’analariga ko‘ra fotiha bilan yakunlanadi, biroq ayrim folbinlar musulmonlikka to‘g‘ri kelmaydi deb fotiha qilmaydigan hollar ham uchrab turadi.
S H О М О N I Z M - ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo ' lgan animistik e ' tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e ' tiqodlardan biri . Shomonlarga , shuningde к kelajakni oldin aytib berish , kasalni davolash , o ' lganlarni oxiratga uzatish , tabiatga xoxlagancha o ' zgarishlar qilish kabi xususiyatlar taqaladi . O ' tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do ' mbirasi yoki mo ’ jizaviy musiqa ijrosida turli rasm - rusmlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib , holdan toygancha bajarilgan .