qadimgi misr fani va madaniyati
MAVZU:QADIMGI MISR FANI VA MADANIYATI • Reja: Misr yozuv va ilm dargohlarini yuzaga kelishi. • Ilmiy bilimlarning shaqllanish shart-sharoitlari. • Astronomiya va matematika fanlari ravnaqi. • Tibbiyot va veterinariya fanlari .
• Eramizdan 4000 yil ilgari vujudga kelgan Misr madaniyati jahondagi eng qadimgi madaniyatlardan biri bo’lib, Qadimgi Misr madaniyati bir qator rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan. Uning gullab yashnash davri asosan, (er.avv.28-23asrlar), O’rta(er.avv 21-18asrlar.) va Yangi Podsholiklar (er.avv 16-11asrlar)davriga to’g’ri keladi • Qulay tabiiy sharoitlar bu erda moddiy madaniyat va texnikaning juda barvakt taraqqiy etishiga yordam bergan. Sun’iy sug’orish ishlariga bo’lgan benixoya zo’r extnyoj juda qadim zamonlardayoq kanallar, to’ђonlar, dambalar va dastlabki vaktlarda oddiy pishang bi¬lan ko’tariladigan bosmalar, keyinchalik esa charxpalaklariing murakkab sistemasini barpo etishga majbur qilgan. Bularning barchasi asta sekin yozuv, ilmiy bilimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
• Shumer, qadimgi hind, qadimgi xitoy yozuvi va boshqa shu kabi eng qadimgi yozuv sistemasiga o’xshab Misrning qadimgi ieroglif yozuvi ham o’z holicha ibtidoiy davrdagi eng oddiy rasm va shakllardan paydo bo’lgan. Keyinchalik ieroglif sifatida taraqqiy etib keng qo’llanila boshlandi. • Ilm-bilimlar to’planib borgan va alohida maktablarda avloddan-avlodga utib borgan. Bu maktablarning ko’pchiligi yo mirzalar tayyorlab chiqaradigan saroy maktablari bo’lib, unda aristokrat-quldorlarning bolalari o’kigan, yoki markaziy mahkama qoshidagi alohida maktablar bo’lib, unda muayyan mahkama, masalan, podsho xazinasi uchun amaldor-mirzalar tayyorlangan. Bu maktablarda intizom juda kattiq bo’l¬gan va bu intizom tan jazosi vositasi bilan mustahkamlangan, maxsus «Nasihatnomalar» vositasi bilan uqtirilgan. Masalan, bir «Nasihatnoma» ning avtori bunday deydi: «Ey mirza, dangasalik kilma, yo’qsa qattiq jazoga duchor bo’lasan. huzur-halovatga ko’ngil qo’yma, yuz tuban ketasan. Ko’lingda doim kitob bo’lsin, uni ovoz chiqarib o’qigil va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahatlashib ish tut. O’z sohasini suvdek ichib olgan mirza baxtlidir... Bir kunni ham yalqovlik bilan o’tkazma, yo’qsa kaltak eysan. Axir bolaning quloђi elkasida bo’ladi-da, qachon ursang, shunda qulog’iga gap kiradi. Doim maslahat bilan ish qil va buni esingdan chiqarma. Yoz va yozuvdan sira zerikma». O’quvchilarni asosan og’ir va murakkab savodga o’rgatganlar, ularni maxsus husnixat namunasiga karab har kuni sal¬kam uch sahifa yozishga majbur etganlar. O’quvchi imlo qoidalarinigina emas, balki murakkab husnixat va stilistikani ham chuqur o’zlashtirishga majbur bulgan. Endi savod o’rgana boshlagan mirzalarning mashqlari yozilgan tekstlar bizning zamonamizgacha saklanib dolgan, bular aso¬san tarbiyaviy maqsadni kuzatgan nasihatlardan iborat, *unda puxta yozilgan va ibrat bo’ladigan gaplar yozilgan. namunalar ham saqlanib qolgan. Nihoyat, Misrda oliy tipdagi «Mirzalar maktabi» ham bo’lgan, ular «turmush uyi» yoki «hayot uyi» (peranx») deb atalgan. Bunday «turmush uyi» xarobalari fir’avn Exnatonning qadimgi poytaxtidan topilgan.