logo

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4569.55859375 KB
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni   Iqtisodiy geografik o‘rni
•
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni 
O‘zbekistonning shimoli g‘arbida joylashgan. Bu 
rayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm 
viloyatidan iborat.   Aholisi
•
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining obikor yerlari qadimdan aholi 
zich yashab kelgan vohalardandir. Xorazm vohasida qadim 
zamonlardan buyon dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelingan.Aholi 
rayon hududida notekis joylashgan. Tabiiy tafovutlar aholining 
joylashuviga ta’sir etgan. Aholi Orol dengiziga tomon kamayib boradi.  •
Nukus, Chimboy, Urganch, Mo‘ynoq, Taxiatosh, Xo‘jayli shaharlarining 
o‘sishi hamda qishloqlarda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi 
hisobiga shaharchalarning vujudga kelishi natijasida shahar aholisi tobora 
ko‘payib bormoqda. Nukus  Xo‘jaligi
•
Iqtisodiy rayon xo‘jaligining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. 
O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning 6 foizi shu rayon 
hissasiga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning 
deyarli 90 foizi yaylovlardan iborat. Sho‘rxok yerlar, qumlar, ko‘llar, 
botqoqliklar ham katta maydonlarni tashkil etadi. •
Aholi paxtadan tashqari pillachilik, qorako‘lchilik, mevachilik, 
uzumchilik, polizchilik, sholi yetishtirish bilan ham shug‘ullanadi. 
Iqtisodiy rayon mamlakatda yetishtirilayotgan sholining yarmidan 
ko‘pini beradi.
•
Amudaryo etaklarida dehqonchilik negizida chorvachilik ham 
rivojlangan. Qadimgi va serdaromad tarmoqlardan biri pillachilik 
paxtachilik bilan bog‘liq holda obikor dehqonchilik xo‘jaliklarida olib 
boriladi. Cho‘l yaylovlarida yil bo‘yi qorako‘l qo‘ylari boqiladi. 
To‘qaylarda yilqi boqiladi.  Sanoati
•
Iqtisodiy rayon sanoati oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlaridan iborat. 
Yengil sanoatda paxta tozalash zavodlarining salmog‘i katta.
•
Energiya tanqisligini bartaraf qilish, rivojlanayotgan sanoat va qishloq 
xo‘jaligini energiya bilan ta’minlash uchun Taxiatosh IES va tarkibida 
GES bo‘lgan Tuyamo‘yin gidrouzeli barpo etildi. Quyi Amudaryo 
iqtisodiy rayoni mamlakat energetika tizimidan energiya oladi. Taxiatosh IES •
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy 
o‘zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog‘iga yetib 
bo‘lmaydi. O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan, sahro bag‘ridagi mo‘jiza deb 
nom olgan Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xo‘jayli shisha zavodi, «Markaziy 
Osiyo bezak toshlari» qo‘shma korxonasi, Qo‘ng‘irotdagi karbid, 
Nukusdagi marmar va kabel zavodlari, O‘rga gaz koni, «Elteks» va 
«Kateks» majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari, 345 
kilometrlik Navoiy - Nukus temiryo‘li, Nukus bilan Xo‘jaylini bog‘laydigan 
ulkan ko‘prik, Qo‘ng‘irot avtomobil yo‘li, o‘nlab umumta’lim maktablari, 
litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san’at maktablari singari 
ko‘plab inshootlar - bularning barchasi istiqlol mevasidir. Qo‘ng‘irot soda zavodi •
Milliy avtomagistral qurilishida ro‘y bergan ulkan voqealardan biri - bu shu 
yo‘lning Nukus shahriga kiraverishida yangi ko‘prik va chorraha yo‘lning 
qurilishidir.
•
Ustyurt gaz-kimyo majmuaga gazni taqsimlaydigan, etilen, polietilen, 
polipropilen ishlab chiqaradigan va energiya manbalari bilan ta’minlaydigan 
jami beshta zavod, shuningdek, zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo 
etilgan. Ustyurt gaz-kimyo majmuasi •
Iqtisodiy rayon ichki hamda tashqi aloqada transportning deyarli 
barcha turlaridan foydalanadi. Temiryo‘l va avtomobil 
transportining yuksalishi tufayli suv transporti ahamiyatini yo‘qotib 
bormoqda. Iqtisodiy rayonning mamlakatimizning boshqa hududlari 
va xorijiy davlatlar bilan aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni

Iqtisodiy geografik o‘rni • Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O‘zbekistonning shimoli g‘arbida joylashgan. Bu rayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan iborat.

Aholisi • Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining obikor yerlari qadimdan aholi zich yashab kelgan vohalardandir. Xorazm vohasida qadim zamonlardan buyon dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelingan.Aholi rayon hududida notekis joylashgan. Tabiiy tafovutlar aholining joylashuviga ta’sir etgan. Aholi Orol dengiziga tomon kamayib boradi.

• Nukus, Chimboy, Urganch, Mo‘ynoq, Taxiatosh, Xo‘jayli shaharlarining o‘sishi hamda qishloqlarda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi hisobiga shaharchalarning vujudga kelishi natijasida shahar aholisi tobora ko‘payib bormoqda.