logo

Quyosh energiyasi atmosfera va yer sirtida o’zgarishi

Yuklangan vaqt:

16.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1511.4072265625 KB
Mavzu:  Quyosh energiyasi 
atmosfera va yer sirtida 
o’zgarishi    1.  Atmosfera  havosining  harorati  taqsimotining  xarakteri  va  uning  o‘zgarishini 
havoning  issiqlik  rejimi  deb  yuritiladi. Atmosferaning  issiqlik  rejimi  asosan  uning 
yerdagi  faol  yuza  va  kosmik  fazo  bilan  issiqlik  almashinishi  bilan  aniqlanadi. 
Atmosfera  quyosh  radiasiyasini  bevosita  yutishi  natijasida  juda  kam,  aniqrog‘i 
0,5 0
 	
chamasida isiydi. Atmosferaning yuqori qatlamlari quyosh radiasiyasini pastki 
qatlamlaridan  kuchliroq  yutadi.  Atmosferaning  eng  pastki  qatlami  – 
troposferaning, ayniqsa  uning pastki qatlamlari isishining  asosiy manbai, ularning 
yer faol sirtidan olgan issiqligidir.  К unduzi faol yuzaning radiasion balansi musbat 
bo‘lgan  soatlarda,  ya’ni  faol  yuzaga  tushuvchi  quyosh  radiasiyasi  oqimlari,  faol 
yuzadan  qaytgan  va  faol  yuzaning  chiqargan  nurlanish  oqimlaridan  katta 
bo‘lganida  quruqlik  yuzasi  isiydi.  Uning  harorati  havo  haroratidan  yuqori  bo‘lib 
qoladi. Shuning uchun issiqlik havoga uzatiladi. К echasi esa faol yuza samarali (effektiv) nurlanish sababli havoga nisbatan ko‘proq 
soviydi.  Natijada  issiqlik  havodan  faol  yuzaga  uzatiladi,  oqibatda  havoning  o‘zi 
ham soviydi.
Faol  yuza  bilan  atmosfera  orasida,  shuningdek  atmosferaning  o‘zida  issiqlikning 
ko‘chishi quyidagi jarayonlar yordamida ro‘y beradi:
Molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlik
Yer  sirti,  o‘ziga  tushgan  quyosh  nuri  energiyasining  bir  qismini  yutib  isiydi  va 
yutgan  energiyasining  bir  qismini  havoga  uzatadi,  boshqacha  aytganda  havo 
qatlamlari  bevosita  faol  yuzaning  issiqlik  ta’sirida  bo‘ladi.  Tushgan  quyosh 
radiasiyasining  bir  qismini  yutgan  faol  yuza  harorati  ortadi,  natijada  unga 
yondoshgan  ustki  havo  qatlami  ham  isiydi  va  bu  qatlam  o‘z  navbatida  o‘zidan 
yuqoridagi  qatlamga  molekulalarning  issiqlik  harakati  yordamida  issiqlik  uzatadi. 
Bu tarzdagi issiqlik uzatish troposfera qatlamlarining ancha qismigacha etib boradi.  Molekulyar  issiqlik  o‘tkazuvchanlik  deb  yuritiladigan  issiqlik  uzatishning  bu  usuli 
sababli  atmosferaning  erga  yaqin  qatlamlarigina  yaxshi  isiydi.  Havoning  issiqlik 
o‘tkazuvchanlik koeffisientining qiymati juda oz bo‘lganidan atmosferaning yuqori 
qatlamlari bu usulda juda ham kam isiydi.
Demak,  havo  ochiq  kuni  (shamol  esmayotganda)  er  yuzidan  balandlik  oshgan  sari 
havoning harorati pasayib borishi kerak.
Issiqlik  konveksiyasi. Atmosferaning  yuqori  qatlamlariga  issiqlik  uzatishda  issiqlik 
konveksiyasi jarayoni muhim ahamiyatga ega.  Yer sharida uning sharsimonligi, quyosh nurlarining turli xil burchak 
ostida tushishi va Yer ning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida 7 ta 
iqlim mintaqasi shakllangan. Ular quyidagilar: Ekvatorial mintaqa 
Subekvatorial mintaqa Tropik mintaqa Subtropik mintaqa Mo’tadil 
mintaqa Subarktika va subantarktika mintaqalari Arktika va 
antarktika mintaqalari. EKVATORIAL MINTAQA - temreratura yil 
bo’yi deyarli bir xil, o’rtacha 24-28˚C. quyosh issiqligining 75% i 
bug’lanishga sarf bo’lganligi uchun temperatura yuqori bo’lmaydi. 
Kuchsiz o’zgaruvchan shamollar esadi. Havo issiq va nam. 
Haroratning mavsumiy o’zgarishi va havo namligi juda past. 
TROPIK MINTAQA – pasatlar uzoq davom etadi. Mavsumiy havo 
harorati o’zgarishlari ancha sezilarli. Havo ko’p vaqt ochiq bo’ladi. 
Qish iliq, yoz issiq bo’lib, har ikkala kenglikda taxminan 15˚-25˚ 
kenglikka to’g’ri keladi. Mussonlar esmaydi, tropik havo hukmron. Yer sharida uning sharsimonligi, quyosh 
nurlarining turli xil burchak ostida tushishi va 
Yer ning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida 7 
ta iqlim mintaqasi shakllangan. Ular 
quyidagilar: 1. Ekvatorial mintaqa 2. 
Subekvatorial mintaqa 3. Tropik mintaqa 4. 
Subtropik mintaqa 5. Mo’tadil mintaqa 6. 
Subarktika va subantarktika mintaqalari 7. 
Arktika va antarktika mintaqalari  MINTAQA bo’lganligi EKVATORIAL - 
temreratura yil bo’yi deyarli bir xil, 
o’rtacha 24-28˚C. quyosh issiqligining 75% 
i bug’lanishga uchun sarf temperatura 
yuqori bo’lmaydi. Kuchsiz o’zgaruvchan 
shamollar issiq va nam. esadi. Havo 
mavsumiy Haroratning o’zgarishi va havo 
namligi juda past.  Energiya  tushunchasi.     «Energiya»  yunoncha  so’z  bo’lib,  «faoliyat»  degan 
ma‘noni bildiradi. Haqiqatan ham har qanday faoliyat energiya sarf qilish yoki energiya 
chiqarish bilan bog’liq.
Energiya  materiyaning  asosiy  xususiyati  bo’lib  hisoblanadi.  Fizikada  energiya 
deganda, materiyaning har xil shakldagi harakati tushuniladi. Uning ilmiy ibora sifatida 
kiritilishi  materiyaning  har  xil  shakldagi  (mexanik,  issiqlik,  kimeviy,  yadroviy, 
gravitatsion  va  boshqa)  harakati,  biri  ikkinchisini  aylantirish  xususiyatiga  ega. 
Energiya-keng ma‘noda kuch demakdir.
Termodinamikaning birinchi qonuniga (energiyaning saqlanish qonuniga) ko’ra – 
energiya  hosil  bo’lmay  qolmaydi,  yo’qolmaydi;  faqat  bir  turdan  boshqa  turga  o’tadi. 
Tabiatda  va  ishlab  chiqarish  faoliyati  jarayonida  energiya  hosil  bo’lishi  doimiydir. 
Shuning  uchun  Yerda  hayot  rivojlanishi  tarixini  inson  paydo  bo’lishi  va  insoniyat 
rivojlanishini  –  energiyaga  egalik  qilish  va  uni  qayta  shakllantirishning  tarixiy  kurashi 
deb qarash mumkin.   Quyosh  –  biosfera 
energiyasining  asosiy  manbai.   Yer 
yuzasiga  asosiy  energiya  miqdori 
Quyoshdan  tushadi.  Energiyaning 
boshqa  manbalar  (Yerning  ichki 
issiqligi,  kosmik  nurlar)  xissasini  unga 
taqqoslaganda juda kam.
Yerning bir birlik yuzasiga tushadigan 
Quyosh energiyasi vaqt bo’yicha 
o’zgarmas bo’lganligi sababli, Quyosh 
doimiysi deb ataladi. Kosmik kuzatish 
ma‘lumotlariga ko’ra, quyosh doimiysi 
1,36(103 vt/m2 ga teng. Lekin bu yerda 
qyosh aktivligining davriyligi ko’p 
bosqichli tavsifga ega ekanligini 
hisobga olish kerak. Har bir sekundda 
Quyoshdan 3,38(1026 vt bo’lgan 
energiya tarqaladi. Bu qiymat 
Quyoshning yorug’ligi deb ataladai.

Mavzu: Quyosh energiyasi atmosfera va yer sirtida o’zgarishi

1. Atmosfera havosining harorati taqsimotining xarakteri va uning o‘zgarishini havoning issiqlik rejimi deb yuritiladi. Atmosferaning issiqlik rejimi asosan uning yerdagi faol yuza va kosmik fazo bilan issiqlik almashinishi bilan aniqlanadi. Atmosfera quyosh radiasiyasini bevosita yutishi natijasida juda kam, aniqrog‘i 0,5 0 chamasida isiydi. Atmosferaning yuqori qatlamlari quyosh radiasiyasini pastki qatlamlaridan kuchliroq yutadi. Atmosferaning eng pastki qatlami – troposferaning, ayniqsa uning pastki qatlamlari isishining asosiy manbai, ularning yer faol sirtidan olgan issiqligidir. К unduzi faol yuzaning radiasion balansi musbat bo‘lgan soatlarda, ya’ni faol yuzaga tushuvchi quyosh radiasiyasi oqimlari, faol yuzadan qaytgan va faol yuzaning chiqargan nurlanish oqimlaridan katta bo‘lganida quruqlik yuzasi isiydi. Uning harorati havo haroratidan yuqori bo‘lib qoladi. Shuning uchun issiqlik havoga uzatiladi.

К echasi esa faol yuza samarali (effektiv) nurlanish sababli havoga nisbatan ko‘proq soviydi. Natijada issiqlik havodan faol yuzaga uzatiladi, oqibatda havoning o‘zi ham soviydi. Faol yuza bilan atmosfera orasida, shuningdek atmosferaning o‘zida issiqlikning ko‘chishi quyidagi jarayonlar yordamida ro‘y beradi: Molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlik Yer sirti, o‘ziga tushgan quyosh nuri energiyasining bir qismini yutib isiydi va yutgan energiyasining bir qismini havoga uzatadi, boshqacha aytganda havo qatlamlari bevosita faol yuzaning issiqlik ta’sirida bo‘ladi. Tushgan quyosh radiasiyasining bir qismini yutgan faol yuza harorati ortadi, natijada unga yondoshgan ustki havo qatlami ham isiydi va bu qatlam o‘z navbatida o‘zidan yuqoridagi qatlamga molekulalarning issiqlik harakati yordamida issiqlik uzatadi. Bu tarzdagi issiqlik uzatish troposfera qatlamlarining ancha qismigacha etib boradi.

Molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlik deb yuritiladigan issiqlik uzatishning bu usuli sababli atmosferaning erga yaqin qatlamlarigina yaxshi isiydi. Havoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientining qiymati juda oz bo‘lganidan atmosferaning yuqori qatlamlari bu usulda juda ham kam isiydi. Demak, havo ochiq kuni (shamol esmayotganda) er yuzidan balandlik oshgan sari havoning harorati pasayib borishi kerak. Issiqlik konveksiyasi. Atmosferaning yuqori qatlamlariga issiqlik uzatishda issiqlik konveksiyasi jarayoni muhim ahamiyatga ega.

Yer sharida uning sharsimonligi, quyosh nurlarining turli xil burchak ostida tushishi va Yer ning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida 7 ta iqlim mintaqasi shakllangan. Ular quyidagilar: Ekvatorial mintaqa Subekvatorial mintaqa Tropik mintaqa Subtropik mintaqa Mo’tadil mintaqa Subarktika va subantarktika mintaqalari Arktika va antarktika mintaqalari. EKVATORIAL MINTAQA - temreratura yil bo’yi deyarli bir xil, o’rtacha 24-28˚C. quyosh issiqligining 75% i bug’lanishga sarf bo’lganligi uchun temperatura yuqori bo’lmaydi. Kuchsiz o’zgaruvchan shamollar esadi. Havo issiq va nam. Haroratning mavsumiy o’zgarishi va havo namligi juda past. TROPIK MINTAQA – pasatlar uzoq davom etadi. Mavsumiy havo harorati o’zgarishlari ancha sezilarli. Havo ko’p vaqt ochiq bo’ladi. Qish iliq, yoz issiq bo’lib, har ikkala kenglikda taxminan 15˚-25˚ kenglikka to’g’ri keladi. Mussonlar esmaydi, tropik havo hukmron.