Quyosh,oy va yulduzlar
Quyosh, Oy va yulduzlar
Q uyosh • Quyosh – Yerga eng yaqin bo‘lgan qizib yotgan yulduz – olov shardir. U Quyosh sistemasining o‘rtasida joylashgan. Quyosh – Yerdagi yorug‘lik va issiqlik manbai. Uning atrofida 8 ta sayyora aylanib turadi. Bular - Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, sayyoralaridir
• Sayyoralarning yulduzlardan farqi shuki, ular nur sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi, xolos. Olimlar murakkab asboblar, har xil teleskoplar yordamida sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari asosan bir xil moddalardan tuzilganini aniqlashgan. Ular ham Yerda uchraydigan moddalardan tuzilgan ekan. Sayyoralarning yulduzlardan yana bir farqi shuki, ular koinotdagi o‘z o‘rinlarini o‘zgartirib turadilar.