Renessans davrining komil insonni tarbiyalashdagi o’rni
Mavzu: Renessans davrining komil insonni tarbiyalashdagi o’rni. Reja: I BOB. UYG’ONISH DAVRIDA KOMIL INSONNI TARBIYALASHNING NAZARIY, METODOLOGIK ASOSLARI. 1.1.Uyg’onish davrida komil inson tushunchasining kelib chiqish tarixi. 1.2.Yangi O’zbekiston poydevori insonparvarlik va inson qadri asosida tiklanmoqda. 1.3.Yangi O’zbekiston kelajagini ta’lim-tarbiya va ilm-u fanda zamonaviy dunyoga yuzlantirish. II BOB. KOMIL INSON KONSEPSIYASI TO’G’RISIDAGI IJTIMOY-FALSAFIY QARASHLAR. 2.1. Uchinchi renessans g’oyasi milliy g’oya darajasiga ko’tarilishi. 2.2. Noyob milliy va umuminsoniy merosimiz biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi lozim. 2.3. Sharq va G’arb uyg’onish davrida komil inson tushunchasining ilmiy-falsafiy asoslari.
Mavzuning dolzarbligi. • Baxtli odamlargina dunyoni yangilashga, o’zgartirishga qodir. Mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda jadal islohotlarga kirishish uchun yangi taraqqiy topgan “Yangi O’zbekiston”ni yaratish uchun avvalo bizga inson qadrini ulug’lash, ularning huquq va erkinliklari ta’minlanishi zarur. • Uchinchi renessansning poydevori inson qadri bilan mustahkamlanishi asos qilib olinishi kerak. Bu yo’lda xalqimiz ruhiyatini ko’tarish, ularning ichki imkoniyatlarini o’rganib chiqish, yoshlarning shaxs sifatidagi kamolotini yuksaltirishga, inson qadr-qimmatini oshirib hurmatini joyiga qo’yish kabi masalalar dolzarb va ahamiyatlidir.
Mazkur dastur ijrosida avvalo loqaydlik va beparvolikdan voz kechib, dahldorlik hissini oshirib, inson qadrini ulug’lashda, yoshlarimiz tarbiyasida,ularning komillik yo’lida ibrat bo’lishimiz, fuqarolarimizga zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishimiz va bularni jamlagan holda bu dasturlarni milliy g’oya darajasiga ko’tarishda hammamiz birdek jonbozlik ko’rsatishimiz o’ta muhim masala bo’lib qolmoqda. Bu yo’lda bor kuch va imkoniyatlarimizdan foydalanib “Yangi O’zbekiston”ni birgalikda taraqqiyot cho’qqisiga olib chiqish eng dolzarb masala bo’lib turibdi. Bu vazifani albatta aql-idrokimiz, kuch- g’ayratimiz, sabr-matonat bilan qo’lni qo’lga berib birgalikda quramiz.