logo

Samarqand ilmiy maktabi

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

892.7421875 KB
Mavzu: Samarqand ilmiy maktabiRasm
 joylash uchun belgi ustiga bosing    Reja:

Mirzo Ulug’bek akademiyasi

Mirzo Ulug’bek faoliyati

Akademiyada faoliyat olib 
borgan olimlar   Kirish
Dunyo  astronomiya  fani  taraqqiyotida  o‘rta  asr  Sharq 
astronomiyasi,  jumladan,  Markaziy  Osiyo  olimlarining 
faoliyati  alohida  o‘rin  tutadi.  Bu  davrda,  ayniqsa, 
Quyosh,  Oy  va  sayyoralarning  harakat  nazariyasi, 
amaliy  astronomiyaning  vaqt  va  joyning  geografik 
koordinatalarini  aniqlashga  doir  masalalari  bo‘yicha 
O‘rta  Osiyo,  xususan,  o‘zbek  allomalari  juda  boy 
meros qoldirdilar.   XV  asrda  musulmon  mamlakatlarining  yuzlab  buyuk 
mutafakkirlari  astronomiya,  matematika  va  falsafa 
fanlari  bo‘yicha  tadqiqot  ishlari  bilan  mashg‘ul  bo‘ldilar. 
Ular  ichida  Muhammad  al-Xorazmiy,  Ahmad  al-Farg‘oniy, 
Abu  Nasr  al-Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn 
Sino,  Umar  Xayyom,  Abu  Mahmud  Hamid  al-Xo‘jandiy, 
Nasiruddin  at-Tusiy,  Mahmud  al-Chag‘miniy,  Qozizoda 
Rumiy,  G‘iyosiddin  Jamshid  Koshiy,  Ulug‘bek  kabi 
mashhur  siymolar  o‘z  ijodlari,  ilmiy  meroslari  bilan 
Markaziy  Osiyo  xalqlarininggina  emas,  balki  dunyo 
xalqlarining  boyligiga  aylanib,  bugun  jahonning  barcha 
ellari orasida hurmat bilan tilga olinadilar.      XV  asr  oʻrtalarida  shakllangan  Registon  ansamblidan  hozirgi 
vaqtgacha  saqlangan  madrasalardan  biri  Ulugʻbek  madrasasi 
boʻlib,  u  hijriy  820-823  yillarda  (1417-1420  milodiy)  bunyod 
etilgan.  Oliy  diniy  oʻquv  yurti  sifatida  bunyod  etilgan  ushbu 
madrasa  Ulugʻbek  zamonida  dunyoviy  ilm  markaziga  aylanib, 
uning  darsxonalarida  diniy  ilmlardan  tashqari  astronomiya. 
Falsafa. Matematika kabi fanlardan maʼruzalar oʻqilgan.
Samarqanddagi  Registon  maydoni  haqida  ikkita  monografiya, 
bir  necha  oʻnlab  ilmiy  maqolalar  va  maʼruzalar  tayyorlanib  chop 
etilgan.  Registon  maydoni  haqidagi  nashr  etilgan 
monografiyalardan  biri  “Mavzaley  Registan”  deb  yuritilib,  olimlar 
hammualifligi,  M.E.Masson  tahriri  ostida  yozilgan  ilmiy 
maqolalar toʻplamidan iborat.   Shuni  e’tiborga  olib,  IX-XII  asrlarda  Sharqda  ishga  tushirilgan 
rasadxonalarda  olib  borilgan  kuzatishlarning  natijalari  asosida 
tuzilgan  jadvallarni  yangilashga  ehtiyoj  tug‘ildi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida, 
yangi,  aniq  samaralar  beradigan  quvvatli  astronomik  asboblar  bilan 
jihozlangan  rasadxonalar  qurilishini  taqozo  etardi.  Natijada 
Chingizxonning  nevarasi  Huloguxon  saroyining  munajjimi  taniqli  olim 
Nasiriddin  at-Tusiy  XIII  asrda  Ozarboyjonning  hozirgi  Tabriz(Eron) 
yaqinidagi  Marog‘a  shahrida  rasadxona  qurdirdi.  Ko‘pyillik  kuzatishlar 
asosida  Tusiy  yangi  astronomik  jadvallar  tayyorladi  va  uni 
Huloguxonga  bag‘ishlab,  “Ziji  Elxoniy”  deb  atadi.  Biroq,  ko‘p  o‘tmay, 
ya’ni  XIV  asrning  oxirlariga  kelib  Nasiriddin  tuzgan  jadvallarda 
keltirilgan  ma’lumotlar  ham  kuzatish  natijalaridan  sezilarli  farq  qila 
boshlagani  ma’lum  bo‘ldi.  Shu  munosabat  bilan  yanada  aniq 
ma’lumotlar  olish  imkonini  beradigan,  oldingilaridan  afzalroq  va 
aniqroq astronomik qurilmalarga ega bo‘lgan rasadxona bunyod etish 
ehtiyoji tug‘ildi.   Mirzo  Ulug’bek 
yulduzlar  harakatini 
kuzatuvchi 
moslamasi.
XV  asrda  ushbu 
inshoad  misli 
koʻrilmagan 
darajada 
hayratlanarli bulgan.      Astronom  G‘.Jalolovning  fikricha,  Koshiy  Iskandar  o‘limidan  keyin, 
ya’ni  1416  yilning  yozidayoq  Ulug‘bek  tomonidan  Samarqandga 
taklif  etilgan.  Sharqshunos  olimlar  B.Rozenfeld  bilan 
G.Matvievskaya  esa,  Koshiy  Samarqandga  1417  yili  kelgan  deb 
uqtirishadi.  Nima  bo‘lganda  ham,  Koshiy  Samarqandga  kelgach, 
bu  yerda  rasadxona  qurdirish  niyati  borligini  Ulug‘bekka  bildirib, 
unga  rasadxona  qurilishi  uchun  mo‘ljallangan  va  yuqorida 
eslatilgan  “Astronomik  asboblarga  sharh”  risolasini  topshiradi. 
Bunday  iltimosning  sababini  tarixchi  Solih  Zakiy  shunday  bayon 
qiladi:  “Ulug‘bek  “Ziji  Elxoniy”da  keltirilgan  ma’lumotlar  eng 
so‘nggi  kuzatishlar  natijalari  bilan  mos  kelmasligini  G‘iyosiddin 
Jamshiddan ko‘p marta eshitganini ta’kidlaydi...”.
Oqibatda  matematika  va  astronomiyadan  katta  bilimga  ega 
bo‘lgan Ulug‘bek rasadxona qurilishiga rozilik beradi.       Ulug‘bek  ko‘p  olimlarni  to‘plab,  1417  yili  rasadxonani  qurishga 
bag‘ishlangan  majlis  ham  chaqirgan.  Rasadxona  qurilishi  bo‘yicha 
Ulug‘bekning  zamondoshi  tarixchi  Abdurazzoq  Samarqandiy  bu 
majlis  haqida  shunday  yozadi:  “Majlis  bo‘lajak  rasadxonani  shunday 
qurish  kerakki,  oqibatda  u  vaqt  o‘tishi  bilan  tebranmasin,  siljimasin, 
uzoq  yillar  abadiy  tursin.  Buning(rasadxona  qurish)  uchun  (yig‘ilish) 
Samarqandning  Shimoli-Sharqidan  ma’qul  joy  ko‘rsatdi.  Uni  qurish 
yakunlangunga  qadar  quyidagilar  bajarilsin:  rasadxona  bo‘lajak 
xodimlarining  bilimlari  takomillashtirilsin,  qo‘shimcha  jadvallar 
tuzilsin va zarur (kuzatish) asboblarning uzvlari tayyorlansin...”.
Baxtga  qarshi,  Ulug‘bek  rasadxonasining  qurilgan  vaqti  haqida 
tarixiy  manbalardan  aniq,  hozirgacha  uchraydigan  bahslarga  nuqta 
qo‘yadigan ma’lumot hali-hanuz topilgani yo‘q.      Xulosa
Ushbu  sizlarga  taqdim  etgan  taqdimodizmida  biz 
shuni  aytishimiz  kerakki  IX  asrdan  keyin  qariyb  V  asr 
mobaynidan keyin O’rta Osiyoda Sharqda ikkinchi bor 
akademiyaning vujudga kelishi amalga oshirildi.
Mirzo  Ulug’bek  akademiyasida  uzining  davrining 
yetuk  ijodkorlari  olim  v  faylasuflari  faoliyat  olib 
borishgan  bulardan  Qozizoda  Rumi,  Ali  Qushchi  va 
Mirzo  Ulug’bekham  astranomiya  bilimlari  buyicha 
bilimlarni  egallab  akademiyadagi  talabalarga  bilim 
berib borishga
.   Foydalanilgan adabiyodlar 

Mamadazimov “Mirzo Ulug’bek va ilmiy merosi”.

  Ashraf Ahmedov “ Volter va Ulug’bek (hayoti va faoliyati)”

https://www.ziyouz.com/

https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=h
ttps://zarnews.uz/uz/post/ulugbek-astronomiya-akademiya
si&ved=2ahUKEwixvsjNgMT-AhX9sVYBHXbcB4cQFnoECBM
QAQ&usg=AOvVaw1B1ucs3g2VER3uAZEsIy4B   E’TIBORINGIZ 
 UCHUN  
RAHMAT!!!

Mavzu: Samarqand ilmiy maktabiRasm joylash uchun belgi ustiga bosing

Reja:  Mirzo Ulug’bek akademiyasi  Mirzo Ulug’bek faoliyati  Akademiyada faoliyat olib borgan olimlar

Kirish Dunyo astronomiya fani taraqqiyotida o‘rta asr Sharq astronomiyasi, jumladan, Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati alohida o‘rin tutadi. Bu davrda, ayniqsa, Quyosh, Oy va sayyoralarning harakat nazariyasi, amaliy astronomiyaning vaqt va joyning geografik koordinatalarini aniqlashga doir masalalari bo‘yicha O‘rta Osiyo, xususan, o‘zbek allomalari juda boy meros qoldirdilar.

XV asrda musulmon mamlakatlarining yuzlab buyuk mutafakkirlari astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Ular ichida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abu Mahmud Hamid al-Xo‘jandiy, Nasiruddin at-Tusiy, Mahmud al-Chag‘miniy, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug‘bek kabi mashhur siymolar o‘z ijodlari, ilmiy meroslari bilan Markaziy Osiyo xalqlarininggina emas, balki dunyo xalqlarining boyligiga aylanib, bugun jahonning barcha ellari orasida hurmat bilan tilga olinadilar.