logo

Samarqandagi Teatrlar

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

588.4140625 KB
Mavzu: Samarqandagi 
Teatrlar
                                     Reja:
1) Samarqand viloyatidagi Rus teatri
2) Samarqand bolalar teatri
3) Kattaqo‘rg‘on teatri   1.  Samarqand viloyatidagi rus teatri
                .    Sa marqand  viloyat  rus  drama  teatri  Ozbekistondagi  dastlabki  rus 
teatrlaridan  biri  bolib,    Buxoro,  Qashqadaryo,  Samarqand  viloyatlariga  xizmat 
qilishga  moljallangan.  1917  yilda  A.Yurenev  Limontov  rahbarligidagi  "Samarqand 
rus  teatr  studiyasi"  xalq  teatriga  aylantirilgan.  Davlat  teatri  sifatida  oz  faoliyatini 
1918 yilda "Momaqaldiroq" (A. Ostrovskiy) spektakli bilan boshlagan edi. 
     Mustaqillik yillarida teatr oz an’analarini davom ettirib milliy va jahon 
dramaturgiyasining sara namunalarini sahnalashtirdi. Teatrga yangidan yangi  
ijodiy kuchlar qoshildi, iqtidorli ijodkorlar V. Basalaev, V. Shleykin, M. Xachaturov, 
S. Kaprielov, S. Genkin, A. Tarasovlar bosh rejessyorlik qildilar. "Parijlik kelin", 
"Diaogen" (V. Konstantinov), "Nasriddinning besh xotini" (I. Sodiqov), "Bir stakan 
suv" (A. Skrib), "Noraso" (D. Fonvizin), "Aybsiz aybdorlar" (A. Ostrovskiy), "Mariya 
Styuart" (F. Shiller), "Medeya" (Evripid), "Ostona" (A. Dudarev), "Temir xotin" (SH. 
Boshbekov), "Yolgonchining xotini" (J. Ennekyon), "Sevgi ketchupi" (M. 
Zadornov), "Koshkin uyi" (S. Marshak), "Yovvoyining sevgisi" (A. Kassone) kabi 
spektakllar songgi yillar mahsulidir. Bugungi kunda viloyat rus drama teatrida 
jami 73 nafar xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.  Shundan,  5  nafari  boshqaruv,  36  nafari  ijodiy  xodimlar,  32    nafari  texnik 
xodimlarni  tashkil  etadi.  Ijodiy  xodimlarning  10  nafari  oliy,  24  nafari  orta 
maxsus,  2  nafari  orta  malumotlidir.  S.  Barasheva,  A.  Tarasov,  S. 
Shamsutdinov,  S.  Ivargizov,  R.  Xayirov  va  boshqalar  teatrning  etakchi 
aktyorlari  hisoblanadilar.  Bosh  rejjisyor    V.  Brodyanskiy,  2006  yilda  el-yurt 
oldidagi mehnati va samarali ijodiy faoliyati ragbatlantirilib, unga Ozbekiston 
Respublikasida xizmat korsatgan madaniyat hodimi unvoni berildi.   
     Teatr mamlakatimizda millatlararo totuvlik masalasida qilinayotgan ezgu 
ishlarning yorqin timsolidir. Hukumatimiz respublikada mavjud rus drama 
teatrlariga boshqa teatrlar qatori birday etibor bermoqda, faoliyati uchun 
zarur bolgan sharoit bilan taminlab kelmoqda. Rus drama teatri 
viloyatimizdagi rus, arman, polyak, nemis, boshqird milliy madaniyat 
markazlari bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Buning natijasida, kopmillatli 
bolgan millatparvar yurtimizdagi ozga millat vakillari oz milliy madaniyatga 
bolgan ehtiyojlari teatr sanati orqali qondirilmoqda.     2 . Samarqand bolalar teatri
Samarqand  viloyatida  ham  teatr  sanati  keng  rivojlandi,  teatrlar  faoliyati  moddiy-texnik  baza  bilan  taminlandi.  Samarqand  viloyatida  bugungi 
kunda  4  ta  davlat  teatri,  8  ta  badiiy  havaskorlik  Xalq  teatrlari  va  1  ta  hususiy  El  Merosi  tarixiy  liboslar  teatri  faoliyat  yuritmoqda.  Samarqand 
viloyat  musiqali  drama  teatri    Ozbekistondagi  tarixiy  teatrlardan  biri.  Mazkur  teatr  faoliyati  1914  yil  15  yanvarda  Mahmudxoja  Behbudiyning 
"Padarkush" spektakli bilan ochilgan (spektaklni Behbudiy va A.Badriy rahbarligidagi truppa sahnalashtirgan). 1918 yil maʼrifatparvarlar to‘dasi 
ko‘p  tilli  Samarqand  xalq  teatrining  o‘zbek  truppasiga,  1920  yilda  "musulmon  agittruppasi"ga  aylanadi.  1930  yilda  O‘zbekistonning 
Samarqanddagi  poytaxt  teatri  maqomida  ishlayotgan  O‘zbek  davlat  drama  truppasi  yangi  poytaxt    Toshkentga  kochirilishi  munosabati  bilan 
"Musulmon  agittruppasi"  va  "Kok  koylak"  havaskor  teatr  todasi  asosida  Samarqand  viloyat  ozbek  davlat  musiqali  drama  teatri  tashkil  topgan 
edi.       Samarqand  viloyat  qogirchoq  teatri    bolalar  teatri.  1978  yil  1  sentyabrda  Gayratiyning  «Ali  kichkina»  spektakli  bilan  ochilgan.  Teatr 
jamoasi  teatr  va  rassomlik  sanati  institutini  tugatgan  18  nafar  yoshlardan  tashkil  topdi.  Teatr  ozbek  va  rus  guruhidan  iborat.  YOsh  teatr 
jamoasining  yuksalishi,  repertuarini  shakllanishi,  aktyor  va  rejissyorlarni  togri  yonaltirishda  V.  S.  Iogelson,  Z.  L.  Alibekovalarning  xizmati  katta. 
«Timsoh  gena»,  «Ajoyib  ertak»,  «Pahlavonlar  qaerga  ketishdi»,  «Alijon  sehrgar»  kabi  spektakllarni  ozbek  va  rus  tillarida  V.  Iogelson 
sahnalashtirdi.  Opa-singil  Zloyanovalar,  O.  Abdullaev,  S.  Rizazada,  N.  Volokitina,  R.  Nizomboev,  M.  Mirzaahmedov,  M.  Muhiddinova  kabi 
aktyorlar  spektakllar  muvaffaqiyatini  taminladilar.  «Samar  va  Qand»  (  M.  Xalil),  «Obi  hayot»  (M.  Ashurova),  «Baxilning  bogi  kokarmas»  (J. 
Maxmudov),  «Ormondagi  voqea»,  «Kachal  Botir  hangomasi»,  «Fleytachi  Santa»,  «Yaxshi  va  yomon»,  «Uchar  gilam»,  «Sehr  saltanati» 
(A.Boboaliev),  «Morozko»,  «Dyumovochka»  (V.  Diyorova),  «Makkor  tulkicha»,  «Biz  Vinni  Pux  bolib  oynaymiz»  (A.  Mil),  «Hoji  tam-tam 
hangomasi» (B. Muhammadiev) kabi spektakllar teatrda songgi yillar qoyilgan eng yaxshi asarlardir  
        Mustaqillik  yillarida  "Sarhovuzning  boylarida",  "Gunohsiz  gunohkorlar",  "Imom  Buxoriy",  "Qitmir",  "Samarqandnoma",  "Behbudiy", 
"Spitamen",  "Oqibatli  qoshnilar"  kabi  yirik  dramalar  bilan  birga  "Nodirabegim",  "Alpomish",  "CHimildiq",  "Ravshan  va  Zulxumor",  "Farhod  va 
SHirin"  musiqali  dramalari,  "Samarqand  afsonasi",  "Ipak  yoli",  "Xonim  va  bezori"  baletlari,  bolalar  uchun  "Kichkintoy  va  Karlson",  "Gozal 
Vasilisa", "Uch chochqacha", "Aqlli quyoncha", "Sehrli sandiq", "CHandining sarguzashtlari" musiqali ertaklar davr ruhi asosida sahnalashtirildi. 
Teatr tomonidan 2017 yilda  4 ta (Samarqand sayqali, Imon, Mexridaryo va Kochki) spektakllar sahnalashtirilib, tomoshabinlarga havola etildi.  
     2017 yil mobaynida teatrda tomoshabinlar qatnovi rejasi 100 ming bolib, amalda 104 ming 100 nafar (104%)ni tashkil etgan. Umumiy 
daromadlar rejasi 105 mln. bolib, bajarilishi 205 mln.  314  ming som (196%)ni   tashkil etdi.  Tomoshabinlarga jami 292 ta spektakllar (210 tasi 
teatrda va 82 tasi joylarda) namoyish etildi. Teatr ijodkorlari tomonidan 2017 yil davomida Xorazm viloyati va Toshkent shahriga gastrol 
safarlari tashkil etilib, joylarda spektakllar namoyish etilib kelindi.   Hazrat  Alisher  Navoiy  tavallud  kuniga  bagishlab  Ozbekiston  xalq  shoiri  Iqbol  Mirzoning 
Samarqand  sayqali  asari  asosida  Alisher  Navoiyning  Samarqanddagi  hayoti  va  faoliyati 
togrisida hikoya qiluvchi spektakl premerasi otkazildi.   
     2017-yilning 14 fevral kunida Toshkentdagi Istiqlol sanat saroyida                    Etirof-
2016  mukofoti  sovrindorlarini  taqdirlash  taqdimot  marosimida  Samarqand  viloyati 
musiqali  drama  teatrining  Mirzo  Ulugbek  tarixiy  dramasi      Yilning  eng  yaxshi  spektakli 
nominatsiyasi  boyicha  goliblikni  qolga  kiritdi    va    diplom  bilan  taqdirlandi.Mazkur 
drama  premerasi  Samarqandda  2016-yilda  bolib  otgan  edi,  unda  bosh  rol  -  Mirzo 
Ulugbek obrazini  Ozbekistonda xizmat korsatgan artist, milliy kino va teatrimizning eng 
yirik namoyondalardan biri erkin Komilov ijro etgan edi.  
        Ozbekiston  Respublikasi  Madaniyat  vazirligining    komagi  va  davlat  buyurtmasi 
asosida  atoqli  dramaturg  Izzat  Sultonning    Imon  asari  sahnalashtirildi.  Spektaklni 
Ozbekiston  va  Qoraqolpogiston  xalq  artisti,  ustoz  sanatkor  YOdgor  Sadiev 
sahnalashtirdi va bosh rol - Yoldosh Komilov obrazini ham ijro etdi. Spektakl premerasi  
2017 yil 7 mart kuni bolib otdi. 
        Ozbek  Milliy  Akademik  teatri  sahnasida  namoyish  etilgan  mazkur  spektakllar 
Toshkentlik  teatr  muhlislari  tomonidan  olqishlar  orqali  kutib  olindi.  Ayniqsa  Turkiyalik 
dramaturg  Tunjer  Jujanogli  asari  asosida  Valixon  Umarov  tomonidan  sahnalashtirilgan 
Kochki  spektakli  namoyishi  va  mazkur  spektaklda  asar  muallifining  ozi  tashrif 
buyurganligi  Samarqand  viloyat  musiqali  drama  teatrining  ijodkorlari  va  Toshkentliklar 
katta ahamiyatga ega boldi.  Teatr  repertuaridan  munosib  orin  olgan  Samarqand  sayqali  (I.Mirzo),  Razolat  qurbonlari 
(N.Xoshimov),  Zaharli  tomchilar  (T.Malik),  Mirzo  Ulugbek  (M.SHayxzoda),  Ogoh  boling 
odamlar  (U.Azim),  Kochki  (T.Jujanogli)  kabi  spektakllar  viloyat,  Madaniyat  va  marifat 
kanallarida namoyish etildi. 
        Bugungi  kunda  viloyat  musiqali  drama  teatrida  jami  172  nafar  hodimlar  faoliyat  yuritib 
kelmoqda.  SHundan,  8  nafari  boshqaruv,  78  nafari  ijodiy  xodimlar,  86    nafari  texnik 
xodimlarni  tashkil  etadi.  Ijodiy  xodimlarning  47  nafari  oliy,  31  nafari  orta  maxsus, 
malumotlilarni tashkil etadi. Teatrda R. Joraqulova, B. Rahimov, A. Qurbonov, T. Ochiltoshev, 
T.  Pardaev,  Z.  Turgunboeva,  S.  Saidova,  B.  Islomov,  D.  Raximova,  M.  Hakimova,  SH. 
Sanaqulov, J.YOrqulov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlari hisoblanadilar.Teatr jamoasida 
davlat  mukofotlariga  sazovor  bolganlar  kopchilikni  tashkil  qiladi:  saxnalashtiruvchi  rejissyor 
Safoev  Davron  Iskandarovich          Ozbekistonda  xizmat  kursatgan  sanat  arbobi(1975  yil), 
Jurakulova Rano Muxammadjonovna (1978 yil, ijro etgan rollari uchun) Ozbekistonda xizmat 
kursatgan  artist,  Pardaev  Tuyma  Pardaevich,  Ozbekistonda  xizmat  kursatgan  artist(1989  yil, 
ijro  etgan  rollari  uchun),    Turgunboeva  Zuxro  Turgunboevna  Ozbekiston  Respublikasida 
xizmat  korsatgan  artist(1999  yilda  ijro  etgan  rollari  uchun),  Raximov  Baxtiyor  Meliboevich 
Ozbekiston  Respublikasida  xizmat  korsatgan  artist(2000  yilda),  Raximov  Baxrullo  Mardievich 
Ozbekiston  Respublikasida  xizmat  korsatgan  artist  unvonlariga  sazovor  boldilar  (2003  yil), 
Sultonov  Iskandar  "Mehnat  shuxrati"  ordeni  (2011  yil),  Djuraev  SHavkat    "Mehnat  shuxrati" 
ordeni (2013 yil),  Isxakov Eduard "Mehnat shuxrati" ordeni (2013 yil) bilan taqdirlanadilar.   3. Kattaqo‘rg‘on teatri
Kattaqorgon drama teatri ham ozining tarixiy orniga  tarixiga ega teatrlardan biri hisoblanadi. Shaharda 
xalq  teatri  musulmon  truppasining  rasmiy    jihatdan  ochilishi  1921  yilning  15-yanvarida  Qonli 
kun(Momin  Muhammadjonov  asari)asarini  nomoyish  etgan  kunga  togri  keladi.Bu  asar  1916  yilda 
Toshkentda  mardikor  olishga    qarshi  qozgolon  kotargan  xalq  kurashini  aks  ettirgan.  1976  yilda  teatrga 
Abdulhamid  Majidiy nomi berildi.  
     Mustaqillik yillarda teatr ijodkorlari davrga hamnafas, milliy ruh bilan  yogrilgan buyuk  allomalarimiz 
hayotini  yorituvchi  tarixiy  asarlar,chet  el  mumtoz  asarlariga    murojaat  etdilar.  Bir  kam  dunyo 
(I.Hasanov),  Hayqiriq,  Tadbirkor  Olmaxon  (Yorqin),  Figon  (SH.Siddiqiy),  Zamon  ogloni  (T.Akbarxojaev), 
Shum  bola  (G.Gulom)    Mediya  (Evripid),  Saodat  yoli  (Muhammad  Ali  Ergash),  Qoshnilar 
(M.Toshpolatov),    Toy  orniga  tomosha  (T.Akbarxojaev)  kabilar  songgi  yillarda  sahnalashtirilgan  eng 
yaxshi spektakllardir. 
        Turli  yillarda  teatrning  rivojlanishida  rejissyorlardan  A.Joraev,  Z.Roziev,  R.Orifjonov,  I.Nurmonov, 
N.Shomurodov,  rassomlardan  M.Esipov,  G.Kalantarov,  M.Sobirov,  artistlardan  Sh.Meliyeva,  Sh.Aminov, 
N.Otaev,    Sh.Musayevalarning  xizmatlari  katta.  Ozbekistonda  xizmat  korsatgan  artistlar  G.Mamedova, 
I.Xonimqulov,  .A.Abdurazzoqov,  artistlardan  A.Qarshiboev,  D.Egamova,  G.Jabborova  va  boshqalar 
teatrning  etakchi  aktiyorlaridir.    Teatrda  faoliyat  korsatayotgan  sanatkorlarning  kopchiligi  davlat 
mukofoti  bilan  taqdirlanishgan.  Ular  jumlasiga  Ozbekistonda  xizmat  korsatgan  artistlar  Mamedova 
Gulbaxor  Musaevna(1987  yil),  Qodirov  Davron  (2012  yil),  turli  yillarda  Nuriddin  Otaev,  Sh.  Musaev, 
M.Yolchieva, N.Xojieva, A.Abdurazzoqov, I.Xanimqulov va boshqalar.    Sanat dargohining  bosh musavviri Noila Qoraeva 100 dan ortiq spektakllarga nafis bezak va 
qurilmalar  ishlagan.  Uning  ijod  korgazmalari  Samarqand,  Toshkent  shaharlarida  namoyish 
etilgan.  Noila  Qoraevaning  beqiyos  xizmatlari  qadrlanib  2005-yilda  Ozbekistonda  xizmat 
korsatgan  Madaniyat  xodimi  faxriy  unvoni  bilan  taqdirlangan.  Noila  Qoraevaning  shogirdi, 
sahna    rassomi  Zokirjon  Qobilov  mohir  moyqalam  ustasi  sifatida  keng  jamoatchilikning 
hurmatini qozonib, sadoqat bilan mehnat qilib kelmoqda. 
        Hozirgi  kunda  Kattaqorgon  shahar  drama  teatrida  jami  77  ta    shtat  birligida  66  nafar 
xodimlar  faoliyat  yuritib  kelmoqda.  SHundan,  5  nafari  boshqaruv,  33  nafari  ijodiy  xodimlar, 
28    nafari  texnik  xodimlarni  tashkil  etadi.Ijodiy  xodimlarning  13  nafari  oliy,  16  nafari  orta 
maxsus,4  nafari  orta  malumotlilarni  tashkil  etadi.  Umrzoq  Tillaev,  Dilorom  egamova, 
Gulnora  Rizaeva,  Anvar  Qarshiboev,  Nizom  Qodirov,  Qunduz  Osarova,  Habibullo 
Abdulloevlar  teatrning  etakchi  aktyorlari  hisoblanadi.  Teatr  bosh  rejissyori  Ozbekistonda 
xizmat  korsatgan  artist  Gulbahor  Mamedova,  teatrning  hozirgi  direktori  Otabek 
Mardonovlar  jamoaning  faolligini  oshirib  kelmoqdalar.  Teatr  turli  yillarda  Navroz,  Sarhisob 
37+1,  Debyut  festivallarida  qatnashgan,  Qozoqiston,  Tojikiston,  Tatariston  ijodiy  safarlarda 
bolgan.  
     E'tiboringiz uchun rahmat

Mavzu: Samarqandagi Teatrlar Reja: 1) Samarqand viloyatidagi Rus teatri 2) Samarqand bolalar teatri 3) Kattaqo‘rg‘on teatri

1. Samarqand viloyatidagi rus teatri . Sa marqand viloyat rus drama teatri Ozbekistondagi dastlabki rus teatrlaridan biri bolib, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlariga xizmat qilishga moljallangan. 1917 yilda A.Yurenev Limontov rahbarligidagi "Samarqand rus teatr studiyasi" xalq teatriga aylantirilgan. Davlat teatri sifatida oz faoliyatini 1918 yilda "Momaqaldiroq" (A. Ostrovskiy) spektakli bilan boshlagan edi. Mustaqillik yillarida teatr oz an’analarini davom ettirib milliy va jahon dramaturgiyasining sara namunalarini sahnalashtirdi. Teatrga yangidan yangi ijodiy kuchlar qoshildi, iqtidorli ijodkorlar V. Basalaev, V. Shleykin, M. Xachaturov, S. Kaprielov, S. Genkin, A. Tarasovlar bosh rejessyorlik qildilar. "Parijlik kelin", "Diaogen" (V. Konstantinov), "Nasriddinning besh xotini" (I. Sodiqov), "Bir stakan suv" (A. Skrib), "Noraso" (D. Fonvizin), "Aybsiz aybdorlar" (A. Ostrovskiy), "Mariya Styuart" (F. Shiller), "Medeya" (Evripid), "Ostona" (A. Dudarev), "Temir xotin" (SH. Boshbekov), "Yolgonchining xotini" (J. Ennekyon), "Sevgi ketchupi" (M. Zadornov), "Koshkin uyi" (S. Marshak), "Yovvoyining sevgisi" (A. Kassone) kabi spektakllar songgi yillar mahsulidir. Bugungi kunda viloyat rus drama teatrida jami 73 nafar xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shundan, 5 nafari boshqaruv, 36 nafari ijodiy xodimlar, 32 nafari texnik xodimlarni tashkil etadi. Ijodiy xodimlarning 10 nafari oliy, 24 nafari orta maxsus, 2 nafari orta malumotlidir. S. Barasheva, A. Tarasov, S. Shamsutdinov, S. Ivargizov, R. Xayirov va boshqalar teatrning etakchi aktyorlari hisoblanadilar. Bosh rejjisyor V. Brodyanskiy, 2006 yilda el-yurt oldidagi mehnati va samarali ijodiy faoliyati ragbatlantirilib, unga Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan madaniyat hodimi unvoni berildi. Teatr mamlakatimizda millatlararo totuvlik masalasida qilinayotgan ezgu ishlarning yorqin timsolidir. Hukumatimiz respublikada mavjud rus drama teatrlariga boshqa teatrlar qatori birday etibor bermoqda, faoliyati uchun zarur bolgan sharoit bilan taminlab kelmoqda. Rus drama teatri viloyatimizdagi rus, arman, polyak, nemis, boshqird milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Buning natijasida, kopmillatli bolgan millatparvar yurtimizdagi ozga millat vakillari oz milliy madaniyatga bolgan ehtiyojlari teatr sanati orqali qondirilmoqda.