logo

Sharq klassik adabiyotida adabiy - tanqidiy fikrlar taraqqiyoti

Yuklangan vaqt:

09.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

59.025390625 KB
MAVZU :  Sharq klassik adabiyotida adabiy - 
tanqidiy fikrlar taraqqiyoti
REJA :
① ,, Adabiy tanqid  ʼʼ  tushunchasi;
② Adabiy tanqidning boshqa fanlar bilan 
munosabati;
③ Sharq klassik adabiyotida adabiy tanqidiy 
fikrlar taraqqiyoti .                 Adabiytanqid ilmda o ‘ziga xos hodisa sifatida 
dastlab Platón, Aristotel,Aristarx 
faoliyatlarida antik zamonda namoyon bo'ldi. 
Aslini olganda,tanqidning ilk unsurlari xalq 
og‘zaki ijodida boshlangan. 0 ‘tmishda badiiy 
asar haqida ikki xil: og'zaki va yozma 
shakllarda fikr bildirib kelindi. Ilk badiiy asar 
yaratuvchisi xalq bo‘lganidek, ularga ilk 
munosabat bildiruvchi ham xalqning o ‘zidir                 Arabiy lug‘atlarning shahodat berishicha,  «naqd»  so‘zining bosh
ma’nosi -  «saralamoq»,  ya ʼ ni yaxshini yomondan yoki aslni soxtadan
ajratish demakdir.  «Naqada»  o ‘zagidan kelib chiqqan tanqid istilohi
muhokama qilmoq, tekshirmoq, o ‘rganmoq, nimaningdir 
haqqoniyligi
va to‘g ‘riligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, badiiy
asari baholash, izohlash  kabi ma’nolarni ifodalaydi.
Ma’lumki, Sharq mumtoz poetikasi an’anaviy ilmi qofiya, ilmi
aruz, ilmi bade’dan tarkib topgan edi. Tanqid ham ana shu uchlik
ichida bo‘lgan. Vazn, qofiya, ifoda, tasvir, bayondagi g ‘alizliklar uni
yaxshi tushunuvchilar tomonidan bee’tibor qolmagan. Badiiy 
asardagi
kamchilikni ko‘rsatadigan  «ilmi naqd»  tarzida an’ana kasb eta 
borgan.
Biroq boshda u dastlab ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’da har
birining o ‘zida naqd qismi sifatida mavjud bo‘lgan.                 XIII asrning yirik adabiyotshunosi Shamsiddin Muhammad 
binni
Qays Roziy «Al- M o‘jam»  kitobida ilmi naqdni alohida fasl 
qilib
ajratgan. Olim bu ilmning ahamiyati, vazifalari haqida ham 
maxsus
fikr yuritadi.
1483- yili Alisher Navoiy  homiyligida bitilgan  Atoulloh 
Husayniyning «Badoyi us-sanoye» a sarida ham badiiy asar 
kamchiligi
muammosi alohida bobda bayon etilgan.  Alisher Navoiy 
zamondoshi
Husayn Voiz Koshifiyning «Badoyi’ ul afkor fi sanoyi’ ul 
ash’on>
kitobi ham Sharq tanqid ilmi tarixini yoritish uchun muhim 
manba
hisoblanadi                 Adabiy tanqidtarixini badiiy ijod, so‘z san’ati tarixidan 
ajratib o‘rganish mumkin emas. Negaki, ular bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liqdir.B inobarin, adabiy tanqid ilm iy 
muhokama va m ushohada yo‘sinidagi so‘z san’ati 
hisoblanadi. N . Xudoyberganov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, 
«so‘z san’atining o ‘ziga xos yaratuvchi, kashf etuvchi ijod 
sahifasi ekaniigini hech kim inkor etmaydi, ammo adabiy 
tanqidchilikning mustaqil ijod turi ekanligi hamon shubha 
uyg‘otadiki, masalaga aniqlik kiritish maqsadida uning 
tuzilishi, shakllanishi, rivojianish jarayonini chuqur 
o'rganish, tadqiq etish talab qilinadi.                 Adabiy tanqidning o ‘ziga xos ijod turi, fan sohasi 
ekanligini ulkan
adib va tanqidchilarning yaratgan qator asarlari isbotlab 
turibdi. Bunga  Alisher Navoiy, Fitrat, A.Qodiriy, Oybek, 
P.Qodirov, O. Sharafiddinov, M.Qo'shjonov  ijodlari yetarli 
darajada misol bo'Ia oladi.
Adabiy tanqid o ‘z mohiyatiga ko‘ra falsafa bilan 
chambarchas
bogliq. Tanqid shu ma’noda falsafiyki. uning ma’riFiy va 
g‘oyaviy,
ijtimoiy va estetik vazifalari m a’lum darajada falsafa 
fanining vazifalari bilan mos tushadi.                Tanqid estetika bilan chambarchas bog‘liq. Tanqid bilan estetikaning 
uzviy bog‘liqligi — bu ikkta fan vazifalarining o ‘zaro mushtarak
tomonlarida ko‘zga tashlanadi. Modomiki, tanqidning predmeti 
badiiy
jarayon tamoyillari, uning xususiyatlari va aniq asarlarini tahlil 
etishdan
iborat ekan, uning vazifasi ham voqelik va inson tabiatini estetik
talqin etish hamda uni takomillashtirishdan iborat boMadi. Bu 
jihatdan
estetika va tanqid — birjonu bir tan. Shu umumiy vazifasini 
bajanshda
tanqid: birinchidan, badiiy asar bilan voqelik; ikkinchidan, fan bilan
san’atkor; uchinchdan, san’at bilan kitobxon; to‘rtinchidan, 
san’atkor
bilan kitobxon o'rtasida munosabat o ‘rnatadi. Bunda tanqid adabiy
jarayon va badiiy asaming ichki estetik tamoyillari, yo‘nalishlari va
fazilatlarini tadqiq qilish asnosida o ‘z maqsadiga erishadi.                 Ma’lumki, estetika fani ham uch tarkibiy qismdan tarkib 
topadi:
1) estetika tarixi; 2) estetika nazariyasi; 3) estetik tanqid.
Estetik tanqid misolida estetika va adabiy tanqid bir-biriga 
juda
yaqinlashib, ba’zi jihatlardan hatto o ‘zaro uyg‘unlashib 
ketadi. Zéro,
estetik tanqid quyidagi masalalami o ‘z ichiga oladi:  a) 
estetikaga oid
ilmiy adabiyotlar tanqidi; b) adabiyot va san’at asarlarini 
estetikaning mushtarak qonun-qoidalariga asoslangan tanqidi; 
v)tanqidni
tanqid, ya’ni adabiy tanqidga doir ilmiy ishlami estetika 
muammolari
nuqtayi nazaridan tanqidi.                  V.G. Belinskiy  tanqidiy ishlarini yaratganda falsafa, 
tarix, estetika, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, 
psixologiya, pedagogika, logika kabi qator fanlardan 
izchil o lrganib borgan; tanqidda faqat ijtimoiy 
fanlargina emas, tabiiy fanlar ham qatnashishi 
mumkinligini aytgan.
Qadimgi Sharq mumtoz adabiyotshunosligi adabiy-
tanqidiy fikrlar sinkretik tarzda ( narsaning 
dastlabki, bir-biridan ajralmagan, qorishiq holati) 
da mavjud bo lgan.ʻ                 Adabiy-tanqidiy fikrlar , eng avvalo , adabiy 
anjuman va yig ilishlarda , o zaro suhbatlarda ʻ ʻ
og zaki shaklda , ko pincha fikr olishuvlar va 	
ʻ ʻ
munozaralar tarzida kechgan. Bu holatning 
tasviri tarixchi Xondamirning ,,Makorim ul- 
axloq ʼʼ  asarida ham akslangan. Mavlono Lutfiy 
so z lutfida yagona davron edi. Undan ilgari 
ʻ
hech kim turkiy tilda she ʼ rni undan yaxshiroq 
ayta olmagan ʼʼ .                  X asrdayoq she ʼ r san ati ʼ - siz, rassom san ʼ ati- 
bo yoq ekanligi, ikkalasi ham odamlar qalbini 	
ʻ
obrazli ifoda qilishi haqidagi bu mulohaza - 
adabiyot ilmining ancha chuqur o rganilganligini 	
ʻ
isbotlaydi. Sharq mumtoz adabiyotida she ʼ riyat 
qonun qoidalari haqida maxsus nazariy risolalar 
ham yaratilgan. Ularda,,ilmi qofiya  ʼʼ , ,,ilmi aruz ʼʼ , 
,,ilmi muammo ʼʼ  va so z san atlari ilmi kabi maxsus 	
ʻ ʼ
sohalar tekshirilgan va poetika masalalari 
o rganilgan.	
ʻ                 FOYDALANILGAN 
ADABIYOTLAR 

B. Nazarov, A. Rasulov, Q. Qahramonov, Shu. 
Ahmedova - O zbek adabiy tanqidchiligi tarixi ʻ
- Toshkent,2012; 

https://  arxiv. uz;

https://  uz. m.Wikipedia.org                 E ʼ TI BORIN GIZ 
UCHUN  TA SHAKKUR

MAVZU : Sharq klassik adabiyotida adabiy - tanqidiy fikrlar taraqqiyoti REJA : ① ,, Adabiy tanqid ʼʼ tushunchasi; ② Adabiy tanqidning boshqa fanlar bilan munosabati; ③ Sharq klassik adabiyotida adabiy tanqidiy fikrlar taraqqiyoti .

Adabiytanqid ilmda o ‘ziga xos hodisa sifatida dastlab Platón, Aristotel,Aristarx faoliyatlarida antik zamonda namoyon bo'ldi. Aslini olganda,tanqidning ilk unsurlari xalq og‘zaki ijodida boshlangan. 0 ‘tmishda badiiy asar haqida ikki xil: og'zaki va yozma shakllarda fikr bildirib kelindi. Ilk badiiy asar yaratuvchisi xalq bo‘lganidek, ularga ilk munosabat bildiruvchi ham xalqning o ‘zidir

Arabiy lug‘atlarning shahodat berishicha, «naqd» so‘zining bosh ma’nosi - «saralamoq», ya ʼ ni yaxshini yomondan yoki aslni soxtadan ajratish demakdir. «Naqada» o ‘zagidan kelib chiqqan tanqid istilohi muhokama qilmoq, tekshirmoq, o ‘rganmoq, nimaningdir haqqoniyligi va to‘g ‘riligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, badiiy asari baholash, izohlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Ma’lumki, Sharq mumtoz poetikasi an’anaviy ilmi qofiya, ilmi aruz, ilmi bade’dan tarkib topgan edi. Tanqid ham ana shu uchlik ichida bo‘lgan. Vazn, qofiya, ifoda, tasvir, bayondagi g ‘alizliklar uni yaxshi tushunuvchilar tomonidan bee’tibor qolmagan. Badiiy asardagi kamchilikni ko‘rsatadigan «ilmi naqd» tarzida an’ana kasb eta borgan. Biroq boshda u dastlab ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’da har birining o ‘zida naqd qismi sifatida mavjud bo‘lgan.

XIII asrning yirik adabiyotshunosi Shamsiddin Muhammad binni Qays Roziy «Al- M o‘jam» kitobida ilmi naqdni alohida fasl qilib ajratgan. Olim bu ilmning ahamiyati, vazifalari haqida ham maxsus fikr yuritadi. 1483- yili Alisher Navoiy homiyligida bitilgan Atoulloh Husayniyning «Badoyi us-sanoye» a sarida ham badiiy asar kamchiligi muammosi alohida bobda bayon etilgan. Alisher Navoiy zamondoshi Husayn Voiz Koshifiyning «Badoyi’ ul afkor fi sanoyi’ ul ash’on> kitobi ham Sharq tanqid ilmi tarixini yoritish uchun muhim manba hisoblanadi

Adabiy tanqidtarixini badiiy ijod, so‘z san’ati tarixidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Negaki, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir.B inobarin, adabiy tanqid ilm iy muhokama va m ushohada yo‘sinidagi so‘z san’ati hisoblanadi. N . Xudoyberganov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, «so‘z san’atining o ‘ziga xos yaratuvchi, kashf etuvchi ijod sahifasi ekaniigini hech kim inkor etmaydi, ammo adabiy tanqidchilikning mustaqil ijod turi ekanligi hamon shubha uyg‘otadiki, masalaga aniqlik kiritish maqsadida uning tuzilishi, shakllanishi, rivojianish jarayonini chuqur o'rganish, tadqiq etish talab qilinadi.