logo

sohaviy tashkiliy va farmoyish hujjatlar

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1040.0048828125 KB
Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, 
muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida 
qo’llaniladi.
Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlarga oid. Ular 
ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar 
doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatini 
tartibga solishda qo’llaniladi. Ular odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy 
hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, 
mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki  Mavzu: Sohaviy tashkiliy va farmoyish 
hujjatlar  Buyruqning zaruriy qismlari:
Gerb, muassasa alomati, mukofoti (bosma ish qog’ozi qismlari).
Vazirlik, boshqarma nomi.
Muassasaga xos raqami (KTUT bo’yicha).
Hujjat shaklining xos raqami (BXUT bo’yicha).
Muassasa nomi.
Hujjatning nomi (Buyruq).
Sanasi.
Raqami (№).
Buyruq chiqqan joy nomi.
Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).
Buyruq matni (ilovalari bo’lsa qayd qilinadi).
Rahbar yoki o’rinbosar imzosi. Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida 
yuzaga keladi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot faoliyatiga oid ma’muriy va 
tashkiliy masalalarning yechilishi belgilab beriladi. Bunday hujjatlar tashkilot faoliyatini 
boshqaradi va muvofiqlashtiradi, boshqaruv organiga uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni 
amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradi.
Farmoyish hujjatlari boshqaruv tizimi bo‘yicha yuqoridan quyiga: boshqaruvchi organdan 
boshqariladigan organga, tashkilot rahbaridan tarkibiy tuzilmalar va xodimlarga 
yo‘llanadigan qarorlarni o‘z ichiga oladi. Buyruq – muayyan muassasa oldida turgan asosiy 
va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadigan hujjat bo‘lib, muassasa rahbari 
yoki uning vazifasini bajaruvchi muovin tomonidan imzolanadi. Buyruqlarning ikki turi 
mavjud: asosiy faoliyatga oid va shaxsiy tarkibga oid buyruqlar. Asosiy faoliyatga oid 
buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda 
qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga 
yetkaziladi, ularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va 
bajarish muddati tayinlanadi.  Yodingizda tuting!
Farmoyish – boshliq, uning o‘rinbosarlari tomonidan amaliy masalalar 
yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati 
cheklangan bo‘lib, biror-bir bo‘lim, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga 
taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan 
tarkib topadi, faqat uning asos qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “ТALAB 
QILAMAN”, “ТAVSIYA QILAMAN”, “RUХSAТ BERAMAN” kabi iboralar 
ishlatiladi. Ko‘rsatma – idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, 
shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan 
bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. 
Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga 
ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi 
odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib 
topadi. O‘qish uchun material
Ma’lumot-axborot hujjatlari muayyan qarorlarni qabul qilishga undaydigan 
ma’lumotlarni yetkazadi. Ma’lumot-axborot hujjatlari idoraviy hujjatlarning 
katta guruhini tashkil qiladi. Ularning xususiyati shundaki, hujjatlar 
boshqaruv tizimida quyidan yuqoriga: xodimdan bo‘lim rahbariga, bo‘lim 
rahbaridan muassasa rahbariga, quyi tashkilotdan yuqori tashkilotga qarab 
harakatlanadi. Ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirgi, 
dalolatnoma, e’lon, faksogramma,hisobot, ishonchnoma, ma’lumotnoma, 
taklifnoma, tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma, tushuntirish xati ba 
boshqalar kiradi.
Tarjimayi hol– ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati 
bayon qilingan hujjat. Tarjimayi hol bir xil andozada yozilishi shart emas. U 
muallif tomonidan mustaqil, erkin (ixtiyoriy) shaklda tuzilsa-da, biroq unda 
ayrim rekvizitlarning bo‘lishi shart.   E'TIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT !!!

Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llaniladi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ular odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Ichki Mavzu: Sohaviy tashkiliy va farmoyish hujjatlar

Buyruqning zaruriy qismlari: Gerb, muassasa alomati, mukofoti (bosma ish qog’ozi qismlari). Vazirlik, boshqarma nomi. Muassasaga xos raqami (KTUT bo’yicha). Hujjat shaklining xos raqami (BXUT bo’yicha). Muassasa nomi. Hujjatning nomi (Buyruq). Sanasi. Raqami (№). Buyruq chiqqan joy nomi. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi). Buyruq matni (ilovalari bo’lsa qayd qilinadi). Rahbar yoki o’rinbosar imzosi.

Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida yuzaga keladi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot faoliyatiga oid ma’muriy va tashkiliy masalalarning yechilishi belgilab beriladi. Bunday hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, boshqaruv organiga uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradi. Farmoyish hujjatlari boshqaruv tizimi bo‘yicha yuqoridan quyiga: boshqaruvchi organdan boshqariladigan organga, tashkilot rahbaridan tarkibiy tuzilmalar va xodimlarga yo‘llanadigan qarorlarni o‘z ichiga oladi. Buyruq – muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadigan hujjat bo‘lib, muassasa rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi muovin tomonidan imzolanadi. Buyruqlarning ikki turi mavjud: asosiy faoliyatga oid va shaxsiy tarkibga oid buyruqlar. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, ularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.