To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar
1. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar 2. Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar 3. Kapalaklar yoki tangachaqanotlilar 4. Pardaqanotlilar turkumi 5. Pashshalar yoki ikki qanotlilar 6. Burgalar turkumi Xulosa • Glossariy • Foydalanilgan adabiyotlar Reja:
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar to‘liq metamorfozni o‘tab rivojlanadi. Bunda ontogenez stadiyalarini o‘taydi.tuxum lichinka g‘umbak imago Metamorfoz davri turli hasharotlarda turlicha bo‘ladi. Ba’zilarida lichinkalik davri juda uzoq davom etadi, voyaga yetganda qisqa umr ko‘radi.
Xozirgi vaqtda 1 mln.ga yaqin hasharot turi borligi fanga ma’lum. Ular 1,5 mln.dan kam emas degan fikrlar ham mavjud, chunki har yili 7-8 ming tur (yangi) aniqlanmoqda Shundan ikki qanotlilarni dunyoda 120000 turi uchrasa, O‘zbekistonda 10000 turi uchraydi. Qattiqqanotlilarni 250000 turidan – 3000 turi; Tangacha qanotlilarilarni 150000 turidan 1500 turi; Pardaqanotlilarni 300000 turidan 3000 turi uchraydi va h.k.o. O‘zbekistonda 17000 dan oshiqroq hasharot turi uchraydi.
Qo‘ng‘izlar yoki qattiq qanotlilar. Qo‘ng‘izlar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan va turli hayot sharoitida yashaydi. 250 mingdan ortiq turi ma’lum. Ko‘krak qismi qalqonsimon xitin bilan qoplangan, ust qanoti qattiq xitinlashgan, ost qanoti yupka – nozik, ost qanot uchishga xizmat qiladi. Ba’zan soddalashgan qo‘ng‘izlarda ost qanot yo‘qolib, ust qanot qo‘shilib o‘sib ketgan. Og‘iz organi kavshovchi tipda aylangan.