logo

Toshkent viloyatidagi so’nggi paleolit davri yodgorliklari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

651.13671875 KB
                                              Reja:
1. Toshkent  viloyatidagi   so’nggi  paleolit   davri  
yodgorliklari
2. Yodgorliklardan  topilgan  topilmalari
3. To’daxotin  makoni     Mavzu: Toshkent  viloyatidagi   
so’nggi  paleolit  davri  yodgorliklari Toshkent  vohasi  so’nggi   paleolit  davri  yodgorliklariga   ko’lbuloq,  
Ohangaron    yodgorligi    va    To’daxotin  yodgorligi    kiradi.  Ko‘lbuloq 
makoni  -  qadimgi  tosh  davriga  oid  ko‘p  qatlamli  yodgorlik  bo‘lib, 
uning  yuqori  1,2,3  qatlamlaridan  so'nggi  paleolit  davriga  oid 
materiallar  topilgan.  U  erdan  gulxan,  ko'mir  qoldiqlari,  tosh 
buyumlardan  -  nukleuslar,  qirg‘ichlar,  sixchalar,  tosh  pichoqlar,  tosh 
siniqlari  va  hayvon  suyaklari  topildi.  Makondan  eng  ko‘p  miqdorda 
nukleuslar  topilgan,  chunki  ibtidoiy  odamlar  nukleuslami  ajratib 
olishning  yangi  texnikasini  kashf  etganlar.  Ilgaridagidek,  paraqalami 
tosh bolg‘a bilan emas, balki tosh pona bilan ajratib olganlar. Bu bilan 
ular  xohlagan  shakldagi  paraqani  toshdan  ajratib  olish  imkoniyatiga 
ega  boMganlar.  QoMbuloqdan  topilgan  tosh  qurollar  o‘zining 
ishlanishi  jihatidan  Samarqand,  Bo‘zsuv  va  Tuyabo‘gMz 
makonlaridan  topilgan  so‘nggi  tosh  davri  qurollariga  o‘xshaydi. 
Arxeolog  M.R.Qosimovning  ta’kidlashicha,  Toshkent  vohasida  ilmiy 
ahamiyati jihatidan Ko’lbuloqqa  teng  kelaydigan  yodgorlik  yo’q.  
2001-2002  yillar  mobaynida  KoMbuloq  makonida  qayta 
tadqiqot  ishlari  olib  borildi  va  so‘ngi  paleolit  dariga  oid 
retushlangan  mehnat  qurollari,  turli  shakllardagi 
nukleuslar topildi. 35 Toshkent vohasidan so‘nggi paleolit 
davriga  oid  Bo‘zsuv  I,  Bo‘zsuv  II,  Bo'zsuv  VI,  Tuyabo‘g‘iz 
И,  III,  IV,  V,  VI  makonlari  ham  topib  o‘rganilgan.  Ulardan 
topilgan  tosh  buyumlar  KoMbuloqdan  topilgan  tosh 
buyumlariga  o‘xshaydi.  Bular  asosida  arxeologlar 
Toshkent  vohasida  ibtidoiy  odamlar  paleolit  davrining 
barcha bosqichlarida isteqomat qilib, bir-biri bilan yaqin 
aloqada  boMganlar  va  ovchilik  xo‘jaligi  bilan 
shug‘ullanganlar degan xulosaga kelishgan  
So‘nggi  paleolit  davriga  oid  Fransiya,  Ispaniya,  Janubiy  Italiya 
xududlaridan  g‘orlarga  ishlangan  rasmlar  topilgan.  Qoya  tosh 
rasmlar  o‘sha  davr  odamlariining  diniy  e’tiqodi  bilan  bogMiq  holda 
ishlangan.  Ba’zida  rasmlar  g‘orlarning  yorug4  tushmaydigan 
joylariga,  ya’ni  900  m.gacha  boMgan  joylaridan  ham  topilgan. 
Franciyaning  Losel  g‘oridan  odam  va  hayvonlar  tasviri  qizil  va  sariq 
ranglar  ishlangan.  Angl-syurL'Anglandan  ega,  35m  kenglikda  bizon, 
ot,  tog‘  echkisi  tabiiy  hajmda  aks  ettirilgan.  Ularni  uchta  ayol  kuzatib 
turibdi.  Bu  tasvirlar  urib-o‘yish  yoMi  bilan  ishlangan.  Ispaniyada 
Altamir  g‘oridan  topilgan  tasvirlar  butunlay  o‘zgacha  boMib,  qizil 
rang  bilan  ishlangan.  Ramziy  ma’nolarga  ega  boMgan  turli  shakllar 
ham  aks  ettirilgan.  So‘nggi  paleolit  davrida,  mil.avv. 30-20  ming  ilgari 
Shimoli  -  Sharqiy  Osiyo  xududidagi  ibtidoiy  odamlar  Bering  bo‘g‘ozi 
orqali  Alyaskaga  kirib  borib,  Amerika  xududlari  bo‘ylab  tarqaladilar 
va o‘ziga xos madaniyatni yaratganlar.     To’daxotin    makoni-  2005  yilning  avgustida 
O’zbekiston-Rossiya  paleolitchilar  ekspedisiyasi 
Paltov  daryosining  o’rta  oqimida  (Chotqol 
daryosining  o’ng  sohili),  Obiraxmat  g’ori 
atroflarida  tadqiqot  ishlarini  olib  bordi.  Natijada 
daryo  sohilidan  10  km  balandroqda,  uning  o’ng 
sohilidagi  ikkinchi  terassaning  subgorizontal 
maydonidan,  daryo  sathidan  30  m  balandlikda, 
ikki  tomondan  daryo  va  uning  chap  o’zani  bilan 
ajralgan,  dala  yo’lining  qayrilgan  joyida  yig’ma 
arxeologik  materiallarga  ega  ikkita  punkt 
aniqlandi.  To’d a x ot in   2   makoni  (Dodekatыm  2)   (41º34′20,4″  shimoliy  kenglik, 
70º09′48,9″,  mutloq  balandligi  1496  m)  To’daxotin  1  makonidan  140 
m  g’arbroqda,  ikkinchi  terassaning  qirg’og’ida  joylashgan.  Qazib 
o’rganilgan  maydondagi  g’ovak  qatlamlarning  umumiy  qalinligi  3 
m  ga  yetadi.  Yuqori  130  sm  lik  qatlam  kulrang-qo’ng’ir  qumloqdan 
iborat  (115  sm  chuqurlikda  qo’ng’ir  qatlamcha  uchraydi  uning 
orasida  chirigan  qo’ng’ir  organik  material  aralashgan  va  qalinligi  2 
sm).  Undan  pastroqda  70  sm  ga  yaqin  qo’ng’irsimon-  sariq  qumloq 
qatlam uchraydi. So’ngra 80 sm ga yaqin qalinlikdagi qattiq qo’ng’ir 
loy  qatlam  mavjud  bo’lib,  unga  granit  toshlar  aralashgan;  undan 
pastroqda  qumoq  qatlamcha  8-madaniy  qatlam  bilan  birga 
uchraydi.  Yanada  pastroqda  sarg’ish  qumli  chirindi  aralash  qatlam 
ajratilgan  bo’lib,  unda  to’q  kulrangli  granitlarning  g’o’lalari 
aralashgan  qatlam  uchraydi  (qatlamning  qalinligi  60  sm).  Ushbu 
qatlamning  ostidan  kulrang  qo’ng’irrangli  tuproq  qatlam 
aniqlangan va uning qalinligi 20 sm.   Bir-biridan 140 m massofada joylashgan ushbu punktlar shu atrofdagi 
tog’  cho’qqisi  umumiy  nomi  bilan    –  To’daxotin  1  va  2  deb  nomlandi. 
Yig’ma  materiallar  konsentrasiyalashgan  joylarda  2005  yilda  qidiruv 
qazishmalari  amalga  oshirildi.  Har  ikkala  qazishmadan  daryoga 
qarab  qiyalashgan  terassa  bo’rtib  chiqqan.  To’daxotin  1 
topilmajoyidan topilgan madaniy qoldiqlar yagona litologik qatlamga 
birlashtirildi  va  ularning  adirli  jarayonlar  sababli  kuchli  aralashib 
ketganligi  aniqlandi.  Bu  yerdagi  tosh  artefaktlar  kolleksiyasida 
nukleuslar  (bir  zarb  maydonli  plastinasimon  va  parallel  mayda 
plastinkali  chaqmoqlash  strategiyalarida  sindirilgan),  plastinalar  va 
uchirindilar  uchlarida  shakllantirilgan  qirg’ichchalar,  perimetri 
bo’ylab  ishlov  berilgan  qirg’ichchalar,  retushlangan  plastina  va 
uchirindilar  bo’laklaridan  tarkib  topgan.  To’daxotin  2  topilmajoyida 
amalga  oshirilgan  qidiruv  qazishmasi  maydoni  6  m 2 
bo’lib,  so’nggi 
paleolit  davriga  xos  artefaktlarga  ega  bir  nechta  insitli  madaniy 
qatlamlarni berdi.  Bu yerda to’rtta qatlam aniqlandi. 
1-qatlam. Uning qalinligi    0,95  1,1 m. Bu qatlamda paleolit davrining tosh 
buyumlari bilan birga turli davrlarga oid sopol buyumlar uchraydi (1-
madaniy qatlam) va bu holat qatlamning faol bio hamda antropogen 
aralashganligidan guvohlik beradi.
2 -qatlam. Uning qalinligi  0,3  metrdan 0 ,5 me trgacha .  Ushbu qatlam ikkita 
arxeologik qatlamchalardan iborat. Bu yuqori 2  qatlamcha va pastki 3- 
qatlamlardir.
3-qatlam. U bir nechta qatlamchalardan iborat. 1-qatlamcha to’q sarg’ish-
kulrangli (nam joylarida sariq-jigarrangli) qattiq loydan iborat. 2-qatlamcha 
to’q-jigarrangli (nam holatda to’q yashilsimon-jigarrangli) qattiq qumloqdan 
iborat. Qatlamning qalinligi 0,4 m (qazishmaning sharqiy qismida) 0,5 m 
gacha (qazishma markazida) va 0,7 m (qazishmaning g’arbiy qismida). 
Qatlam qalinligining ortishi ularni pastki qismining pasayishi tufayli hosil 
bo’lgan. Qatlamning tagi ancha notekis chuqur ko’rinishga ega. Arxeologik 
jihatdan ushbu qatlamcha sof. 
4-qatlam Uning qalinligi 1,55  1,8 m. Ushbu 4-litologik qatlamning yuqori 
qismi 5-madaniy qatlamning arxeologik materiallarini o’z ichiga olgan.     E’tiboringiz   uchun  rahmat.

Reja: 1. Toshkent viloyatidagi so’nggi paleolit davri yodgorliklari 2. Yodgorliklardan topilgan topilmalari 3. To’daxotin makoni Mavzu: Toshkent viloyatidagi so’nggi paleolit davri yodgorliklari

Toshkent vohasi so’nggi paleolit davri yodgorliklariga ko’lbuloq, Ohangaron yodgorligi va To’daxotin yodgorligi kiradi. Ko‘lbuloq makoni - qadimgi tosh davriga oid ko‘p qatlamli yodgorlik bo‘lib, uning yuqori 1,2,3 qatlamlaridan so'nggi paleolit davriga oid materiallar topilgan. U erdan gulxan, ko'mir qoldiqlari, tosh buyumlardan - nukleuslar, qirg‘ichlar, sixchalar, tosh pichoqlar, tosh siniqlari va hayvon suyaklari topildi. Makondan eng ko‘p miqdorda nukleuslar topilgan, chunki ibtidoiy odamlar nukleuslami ajratib olishning yangi texnikasini kashf etganlar. Ilgaridagidek, paraqalami tosh bolg‘a bilan emas, balki tosh pona bilan ajratib olganlar. Bu bilan ular xohlagan shakldagi paraqani toshdan ajratib olish imkoniyatiga ega boMganlar. QoMbuloqdan topilgan tosh qurollar o‘zining ishlanishi jihatidan Samarqand, Bo‘zsuv va Tuyabo‘gMz makonlaridan topilgan so‘nggi tosh davri qurollariga o‘xshaydi. Arxeolog M.R.Qosimovning ta’kidlashicha, Toshkent vohasida ilmiy ahamiyati jihatidan Ko’lbuloqqa teng kelaydigan yodgorlik yo’q.

 2001-2002 yillar mobaynida KoMbuloq makonida qayta tadqiqot ishlari olib borildi va so‘ngi paleolit dariga oid retushlangan mehnat qurollari, turli shakllardagi nukleuslar topildi. 35 Toshkent vohasidan so‘nggi paleolit davriga oid Bo‘zsuv I, Bo‘zsuv II, Bo'zsuv VI, Tuyabo‘g‘iz И, III, IV, V, VI makonlari ham topib o‘rganilgan. Ulardan topilgan tosh buyumlar KoMbuloqdan topilgan tosh buyumlariga o‘xshaydi. Bular asosida arxeologlar Toshkent vohasida ibtidoiy odamlar paleolit davrining barcha bosqichlarida isteqomat qilib, bir-biri bilan yaqin aloqada boMganlar va ovchilik xo‘jaligi bilan shug‘ullanganlar degan xulosaga kelishgan