logo

Usmonlilar davlatining tashkil topishi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3691.240234375 KB
Usmonlilar davlatining tashkil
topishi.
Usmon beyligi  Kichik 
Osiyoning shimoli-g‘arbiy 
hududida tashkil topgan edi.
Keng istilolar Usmonlilar 
qo‘shiniga boshqa 
qabilalardan ham 
jangchilarning kelib 
qo‘shilishini ta’minlaydi. Usmonli turklar harbiylari Sulola asoschisi Usmon (1299–1326) davrida 
qator yurishlar uyushtirilib, Bursa shahri va 
uning atroflari bosib  olinadi. 
•
Dastlab beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda 
bo‘lgan. Xususan, bey unvoni Usmon va O‘rxonga 
qabila boshliqlari yig‘inida berilgan.
•
O‘rxonning boshqaruvi paytida ilk bor vazir 
lavozimi ta’sis etiladi. Tanga pul zarb qilinib, 
davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo‘linadi. Bolqon yarimorolidagi istilolar.
Usmonlilar istilosiga qadar Bolqon yarimorolida: 
Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik 
davlatlar mavjud edi.
Bolqondagi 
dastlabki bosqinlar 
XIV asr o‘rtalarida 
bo‘lgan. Turklar 
uning asosiy 
qismini keyingi
o‘ttiz yil davomida 
egallaydilar . Turk sultoni  Boyazid  (1389–1402) bu janglarda 
o‘zining tezkor g‘alabalari bilan shuhrat qozonib 
–  Yildirim  (yashinday tez, shiddatli) nomini oladi.
Boyazid Yildirim bilan Amir
Temur o‘rtasidagi Anqara jangi. 
O‘rta asr arab miniatyurasidanSultonning 
Konstantinopolni  qamal 
qilishi Yevropani
sarosimaga solib qo‘yadi.  
Ayni paytda  Amir 
Temur ning Boyazidga
qarshi Kichik Osiyo 
yurishi boshlanadi.  1402-yilning yozida  A nqara  yaqinidagi jangda 
sohibqiron qo‘shinlari Boyazid lashk arini 
ye ngadi .
Usmonlilar sultoni  Mexmet II  yuz minglik qo‘shini bilan Konstantinopolni 
qamal qiladi. 1453-yilning mayida Konstantinopol turklar tomonidan 
olinadi. Vizantiyaning so‘nggi imperatori jangda halok bo‘ladi.  Yevropa va Osiyoni bog‘lab turgan savdo 
yo‘llari ustidan nazorat Vizantiya poytaxti 
olinishi bilan turklar qo‘liga o‘tadi. •
Keng istilochilik yurishlari Usmonlilar 
imperiyasining tashkil topishi bilan yakunlanadi. 
Usmonli turklar qudrati yaxshi tashkil etilgan otliq 
va piyoda qo‘shin, lashkarboshilik xususiyatlariga 
ega sultonlar, hukmdorga sadoqatli yanicharlar 
piyoda qo‘shinining mavjudligida ediUsmonli 
turklar sultoni jangga hamisha o‘zining sodiq 
yanicharlari bilan kirgan. Oilasi, boyligi, mol-mulki 
bo‘lmagan yanicharlar sulton uchun jonini ham 
ayamagan. Olt in o‘rda xonligi
Mo‘g‘ullarning
1235-yilda bo‘lib 
o‘tgan qurultoyi
Rus va Shimoliy 
Kavkaz yerlarini
bosib olish haqida 
qaror chiqaradi. 
To‘planadigan 
qo‘shinga Botuxon
yetakchilik qilishi e’lon 
qilinadi.  Uluslardan o‘nta 
askardan bittasining 
ajratilishi, Botuxonga 
yordamga 
Chingizxonning 
sarkardalaridan 
Subutoy Bahodirning 
berilishiga kelishiladi.
Botu va Subutoylar 1237- yilning kuzida rus yerlariga hujum  boshlab, dastlab 
Ryazanni bosib olishadi.  Rusdagi siyosiy tarqoqlik mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatish 
imkonini ham bermasdan
1238–1240-yillarda Vladimir, Suzdal, Kiyev, Galich, Volin va boshqa shaharlar bosib 
olinadi. Rusda barcha knyazlar Oltin O‘rdadan boshqaruv yorlig‘I bo’lgan. Vladimir 
knyazi Yaroslav ularning  «ulug‘i»  deb tan
olingan. Istilo qilingan hududlar tumanlarga bo‘lingan. XIV asrga kelib Oltin O‘rda ulus nomini 
olgan to‘rtta  yirik viloyatga bo‘linib ketadi. 
Bu viloyatlar  ulusbegisi
– qo‘shin boshlig‘i bo‘lishidan 
tashqari, o‘ziga tegishli
hududdagi boshqaruvga oid 
barcha masalalarni ham hal 
etgan.  Mo‘g‘ullar odamlarni 
o‘nlik tizimiga bo‘lish 
maqsadida aholini ro‘yxatga 
olish tadbirini o‘tkazadi.
  Soliq va bojlarning to‘lanishini
maxsus tayinlangan mo‘g‘ul noiblari – 
bosqoqlar nazorat etishgan.
Bosqoq rus qishlog‘ida Tinchlik siyosatini Vladimir 
knyazi Yaroslav boshlab, 
uning o‘g‘li Aleksandr 
Nevskiy davom ettirgan. 
Knyaz Aleksandr Oltin 
O‘rdaga bir necha bor 
tashrif buyurgan. XIV–XV asrlarda Oltin O‘rda.  
XIV asrning birinchi  yarmida 
Oltin O‘rda davlati o‘z 
qudratining cho‘qqisiga 
erishadi.  Oltin O‘rda qudratini 
mustahkamlagan omillardan 
biri islom dinining qabul 
qilinishi bo‘ldi. O‘zbekxon 1314-
yilda islomni davlat dini deb 
e’lon qiladi.
Bu jarayon O‘zbekxon (1312–1342) va uning
og‘li Jonibek (1342–1357) nomi bilan bog‘liqdir.  Jonibekning 
vafotidan so‘ng Oltin O‘rda taxti uchun kurash boshlangan.  Oltin O‘rda XV asrning birinchi
yarmidan qator xonliklarga bo‘linib ketgan. Ulardan eng yiriklari  Qrim,   Qozon, 
Sibir, Qozoq  xonliklari va  No‘g‘ay O‘rdasi  bo‘lgan.
To‘xtamishxon XIV 
asrning oxirida uni
o‘n besh yilga yana 
birlashtirgan.
To‘xtamishxon XIV         1. Kichik Osiyoning shimoli-g'arbiy hududida tashkil topgan davlat nomini toping?
  A)  Bolgariya ppodsholigi                                  B) Saljuqiylar davlati              
  C) Arab xalifaligi                                             * D) Usmon beyligi
2. Tobora zaiflashib borayotgan imperiyaga qarshi harbiy harakatlar beylik yerlari ning kenga-yib borishini 
ta'minlaydi. Keng istilolar Usmonlilar ………………………..?
  A) Iqtisodini rivojlanishiga turtki bo’ldi.                     
  B)  Inqirizga olib keldi.                          
*C) qo'shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo'shilishini ta'min
 laydi.                           
  D) qo'shinidan boshqa qabilalarga jangchilar chiqib keta boshladi.
3. Umoniylar imperiyasiga qachon asos solingan?
*A)  1299-yil                         B) 1292-yil                         C) 1303-yil                        D) 1289-yil
4. Vizantiya shaharlari   Nikeya va   Nikomediya   kimni davrida egallandi?
  A) Usmon                   *B) O’rxon                         C) Boyazid                     D) Mexmet I
5. Bursa shahri va uning atroflari kimni davrida bosib olinadi?
  A) Murod I                   B) Mexmet I                    *C) Usmon                      D) O’rxon 
6. Dastlab beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda bo'lgan. Xususan, bey unvoni ……………… qabila 
boshliqlari yig'inida berilgan.Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni  toping?
 *A) Usmon va O'rxon                                            B) Mexmet I va O'rxon                              
   C)  Usmon va Murod I                                         D) Mexmet I va Murod I
7. Umon qaysi yillarda davlatni boshqargan?
  A) 1289-1329 yillar                                              B) 1299-1325 yillar                            
  C) 1281-1326 yillar                                            *D) 1299-1326 yillar
8. Kimning boshqaruvi paytida ilk bor   vazir lavozimi ta'sis etiladi?
  A) Usmon                   *B) O’rxon                         C) Boyazid                     D) Mexmet I
9.  Usmoniylar davrida musallam qanday qo’shin turi?
  A) Piyoda qism                                                       B) Kamonchilar qismi                           
  C)   Maxsus razvetka qism                                   * D) Otliq qism
10.   Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik davlatlar mavjud edi
   A) Sharqiy Osiyoda                                                B) Bolqon yarimorolida                               
   C) Kavkazning Sharqiy qismida                             D)  O’rta yer dangizi bo’yida
11.   Usmonlilar davlati   qaysi hududlar kirgan?
*A) Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrim.                        
  B) Kichik Osiyo, Janubiy Yevropa, Uzoq Sharq va Sharqiy Afrika, qisman Kavkaz.
  C) Sharqiy Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, 
  D) O’rta Osiyo, G’arbiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, qisman Qrim.
12. Bolqondagi dastlabki bosqinlar qachon bo'lgan?
  A) XV asr o'rtalarida                                               B) XIV asr boshlarida                            
*C) XIV asr o'rtalarida                                              D) XIII asr oxirida 13. 1389-1402 yillarda Usmoniylarimperiyasini boshqargan hukmdor kim edi?
A) Usmonbey                  B) O’rxon                    C) Boyazid                *D) Boyazid 
Yildirim
14. Amir Temur va Boyazid o’rtasidagi jang qachon bo’lib o’tadi?
*A) 1402-yilning yozida                                   B) 1403-yilning yozida                            
  C) 1401-yilning kuzida                                   D) 1402-yilning bahorida
15. Turklar Bolqonning asosiy qismini keyingi necha yil davomida egallaydilar?
*A) 30 yil                       B) 40 yil                            C) 35 yil                        D) 45 yil
16. Sultonlarini qayerni qamal qilishi Yevropani sarosimaga solib qo'yadi?
A) Venetsiya                  B) Bursa                  *C) Konstantinopol                   D) Granada 
17. Amir Temur Boyazid o’rtasidagi urush qayerda bo’lib o’tgan? 
A) Bursa                       *B) Anqara                            C) Nikeya                       D) Istambul
18. Kimni davrida harbiy islohot o'tkazadi va qo'shinni piyoda va otliq qism musallamlarga 
bo'lib, harbiy birliklarga aylantiradi?
  A) Usmon                   *B) O’rxon                         C) Boyazid                     D) Mexmet I
19. Turk sultonlaridan kimni janglarda o'zining tezkor g'alabalari bilan shuhrat qozonib - 
yashinday tez , shiddatli nomini olgan?
  A) Usmon                   B) O’rxon                         *C) Boyazid                     D) Mexmet I
20. 1402-yilning yozida  Anqara  yaqinidagi jangda Amir Temur qo'shinlari Boyazid lashkarini 
yengadi. Bu voqea turklar tomonidan Konstantinopolning olinishiga yo'l qo'ymay, 
Vizantiyaning yana necha yashashiga imkon yaratadi?
*A) 50 yil                       B) 80 yil                            C) 45 yil                        D) 65 yil
21. Kimni davrida tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma'muriy birliklarga bo'linadi?
  A) Murod I                   B) Mexmet I                    C) Usmon                      *D) O’rxon 
22. Usmonlilar sultoni Mexmet II qancha qo'shini bilan Konstantinopolni qamal qiladi?
A) 90 minglik              *B) 100 minglik                C) 110 minglik                   D) 150 minglik 23. Konstantinopol turklar tomonidan qachon bosib olinadi?
A) 1455-yil iyunida                                            B) 1454-yil aprelida       
C) 1453-yilning martida                                   *D) 1453-yil mayida
24. Usmonlilar Konstantinopolga qanday nom beradilar?
A) Bursa                       B) Anqara                        *C) Istanbul                        D) Xalaf
25. Usmonli turklar g'alabalarining omillar edi?
A)  otliq qo'shin                B) piyoda qo'shin          *C) A, B va D           D) yanicharlar piyoda 
qo'shini
26. Qo'shinning har bir suvoriysiga yetarlicha daromad keltiradigan yer-mulk -  … … … .     
berilgan.Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying?
A) Allod                      *B) Tumori                              C) Holisa                        D) Iqto
27. Usmonlilar qaysi qo’shin turini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratganlar 
A)  piyoda qo'shin                                                      B) Razvetka guruhi                           
 C) yanicharlar piyoda qo'shini                                *D) otliq qo'shin
28. Sulton Yevropadagi eng yaxshi piyoda qo'shinga ham ega edi. XIV asrning o'rtalaridan 
asirga olingan sog'lom va baquvvat ……………bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi 
jangchilari tashkil etilgan. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying?
A) Yaxudiy                       B) Xristian                      C) Buddist                        D) A va C
29. XIVasrning o'rtalaridan asirga olingan sog'lom va baquvvat xristian bolalaridan 
sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tashkil etilgan ularga imperiyada qanday nom 
berilgan?
*A) Yanichar                    B) Suvoriy                            C) Keshik                     D) Avangard30. 
Usmonlilar sultonlaridan kim Konstantinopolni qamal qiladi?
A) Mexmet I                 B) Murot II                 C) Boyazid Yildirim                 *D) Mexmet II
31.Tumori yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo'lgan paytida taqdim etil-
gan.Natijada otliq qo'shin soni qancha suvoriygacha yetgan?
A)  155 ming                   B) 180 ming                        *C) 150 ming                     D) 166 ming
32. Usmonli Turklar imperiyasi qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
  A) 1239-1829 yillar                                              B) 1299-1925 yillar                            
  C) 1295-1926 yillar                                            *D) 1299-1922 yillar 1. Mo'g'ullarning qachon qurultoyida  Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqida qaror chiqardi
A. 1235*  B. 1237
C. 1238           D. 1240
2. Uluslardan o'nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan kimni berilishiga 
kelishiladi?
A. Chig`atoyni B. O`qtoyni
C. O`zbekxonni D. Subutoy bahodirni*
3. Botu va Subutoylar qachon rus yerlariga hujum boshlab, dastlab Ryazanni olishadi?
A. 1237-yilning kuzida* B. 1241-1242-yillarda
C. 1238-1240-yillarda D. 1243-yil
4. Rusdagi siyosiy tarqoqlik mo'g'ullarga yetarlicha qarshilik ko'rsatish imkonini ham bermasdan 1238-1240-yillarda qaysi 
shaharlar bosib olinadi?
A. Vladimir, Suzdal B. Kiyev, Galich C. Volin D. ABC*
5. Qachon O'qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo'yi dashtlariga qaytadi?
A. 1237-yilning kuzida B. 1241-1242-yillarda
C. 1238-1240-yillarda D. 1243-yil*
6. Botuxon istilo qilgan qaysi hududlarida rus yozma manbalarida Oltin O'rda   nomini olgan Jo'ji   ulusi shakllanadi?
A. Volgabo'yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari
B. Shimoliy Kavkaz
C. Moldaviya D. ABC*
7. Oltin O'rda, Jo'jl ulusi - ….  Jo'jixonning o'g'li Botuxon (1236—1255) tomonidan asos solingan davlat.
A. XIII asrning 40-yillari boshida*  B. 1241-1242-yillarda
C. 1238-1240-yillarda D. 1243-yil 
8. 1224-yil Jo`ji  ulusi qayerlardan iborat edi?
A. Shimoliy Xorazm B. Shimoliy Kavkaz*
C. Yettisuv D. A va B
9. Oltin O'rdani … va uning avlodlari boshqargan.
A. Chig`atoy B. O`qtoy
C. O`zbekxon D. Botuxon*
10. Muhim masalalarni hal etish uchun … chaqirilgan.
A. qurultoy* B. majlis C. kengash D. A va C
11. Ijro hokimiyati boshlig'i kim?
A. ulusbegi B. beklarbegi* C. talab D. chiqim
12. Oltin O`rdada devon ishlarini kim boshqargan?
A. ulusbegi B. beklarbegi C. talab  D. vazir*
13. Mo`g`ullar davlatida mahalliy boshqaruv kimning qo'lida bo`lgan?
A. dorug'a        B. bosqoqlar* C. vazir D. A va B
14. Rusda barcha knyazlar qayerdan boshqarav yorlig'i oladi?
A. Oltin O'rdadan* B. Chingizxondan
C. O`qtoydan D. B va C 15. Vladimir knyazi …. ularning "ulug'i" deb tan olinadi.
A. Yaroslav* B. Mixail C. Aleksiy D. Monamax
16. Dastlab mo'g'ullar bo'ysundirgan hududlarda, o'zlarining an'anaviy boshqaruv tizimini 
joriy etadi. Bosib olingan dashtlar Botuning. ukalariga berilib, ularning … mulkiga aylanadi.
A. iqt`o B. tanho C. suyurg'ol* D. ulus
17. Suyurg'ol egalari xon qo'shiniga ma`lum belgilangan sondagi jangchilarni jo'natishdan 
tashqari, …
A. aholidan to'plangan soliqlarning bir qismini ham yuborgan.*
B. o`zi boshchiligidagi keshikni yuborgan
C. Berilgan yerdan xoxlaganicha daromad olgan
D. Suyurg`olni xoxlasa sotib yuborgan
18. Oltin O'rda qachondan to`rtta viloyatga bo'linib, ular ulus nomini oladi?
A. XII asrdan B. XIII asrdan
C. XIV asrdan * D. XV asrdan
19. Bu viloyatlar ulusbegisi qo`shin boshlig'i bo'lishidan tashqari … 
A. o'ziga tegishli hududdagi boshqaruvga oid barcha masalalarni ham hal etgan*
B. vazir darajasida bo`lib aholidan o`lpon undirgan
C. xondan ko`proq mavqeiga erishgan
D. ABC
20. Oltin O'rda qo'shinini kim boshqargan?
A. ulusbegi B. beklarbegi* C. talab      D. vazir
21. Oltin O`rdada kim ko'chmanchilar zodagonlari yetakchisi hisoblanib, ba'zida xondan ham 
ko'proq mavqega erishgan?
A. ulusbegi B. beklarbegi* C. talab      D. vazir
22. Oltin O'rda xonligida davlat boshqaruvining taraqqiyoti kimlarni kuchayishiga olib keladi?
A. amaldorlar*  B. beklarbegi C. talab  D. vazir 
23. Vazir va uning yetakchiligidagi devon qanday ishlarni boshqargan?
A. soliqlar B. moliya       C. savdo ishlarini    D. ABC* 24. Aholining ro'yxatga olinishining yakunida mamlakat aholisi … deb nomlangan katta to'lovga tortiladi.
A. kirim   B. chiqim* C. zakot   D. xiroj
25. To`lovdan tashqari aholidan shoshilinch yig'iladigan soliq … ham olingan.
A. kirim  B. chiqim    C. talab*       D. xiroj
26. Soliq va bojlarni to'lanishini kim maxsus tayinlangan mo'g'ul noiblari nazorat etishgan?
A. amaldorlar       B. beklarbegi C. talab  D. bosqoqlar*
27. Tinchlik siyosatini Vladimir knyazi Yaroslav boshlab, uning o'g'li …. davom ettirgan?
A. Mudriy B. Ivan Kalitta
C. Mixail D. Aleksandr Nevskiy*
28. Knyaz …. Oltin O`rdaga bir necha bor tashrif buyurgan.
A. Mudriy B. Ivan Kalitta C. Mixail D. Aleksandr* 
29. Rus knyazlaridan qaysi biri Mo'g'ulistonda ham bo'lib, mahalliy amaldorlarning hurmat-e'tiboriga 
sazovor bo'ladi?
A. Mudriy B. Ivan Kalitta C. Mixail D. Aleksandr* 
30. Tashqi siyosat masalalari bilan asosan kim shug'ullangan?
A. xon B. xonning yaqin maslahatchilari
C. beklarbegi D. ABC*
31. Oltin O'rda uzoq vaqt … eng kuchli davlati bo'lganidan ko'pgina mamlakatlar taqdiri unga bog'liq edi.
A. G`arbiy Yevropaning B. Sharqiy Yevropaning*
C. Osiyoning D. A va C
32. ….  xon saroyi bilan do'stona munosabatda bo'lishga intilganlar.
A. Yevropa qirollari, Rim papalari B. Vizantiya imperatorlari
C. Turk sultonlari D. ABC*
33. Qayerda mustaqil davlat tuzgan Xuloku   va uning vorislari esa Oltin O'rda bilan Kavkazortiga egalik 
qilish masalasida raqobat qila boshtaydi?
A. Eronda* B. Misrda C. Suriyada D. Bag`dodda
34. Qachon Botuxonning ukasi Berkaxon ham halok bo'ladi?
A. 1266-yil* B. 1278-yil
C. 1234-yil D. 1256-yil
35. Xu loku ulusiga qarshi kurashda Oltin O'rda qayer bilan ittifoq tuzadi?
A. Eron B. Misr* C. Suriya D. Bag`dod
36. Qachon Oltin O'rda davlati o'z qudratining cho'qqisiga erishadi?
A. XIV asrning birinchi yarmida*            B. XIV asrning ikkinchi yarmi
C. XII asrning boshlari D. XV asrning oxirlarida
37. Oltin O'rda davlati o'z qudratining cho'qqisi kimlar nomi bilan bog`liq?
A. O'zbekxon (1312-1342)  B. Jonibek (1342-1357) 
C. Berkaxon D. A va B*
38. Oltin O'rda qudratini mustahkamlagan omillardan biri qaysi dinning qabul qilinishi bo'ldi?
A. buddizm B. shominizm     C. majusiy  D. islom*
39. Mo'g'ullar imperiyasi asoschisi … barcha diniy e'tiqodlarga birday munosabatda bo'lishni vasiyat qilgan edi.
A. O'zbekxon (1312-1342)  B. Jonibek (1342-1357) 
C. Berkaxon D. Chingizxon*
40. Oltin O'rda poytaxti … shahrida turli diniy ibodatxonalar qurilgan.
A. Qoraqurum  B. Qoraqum C. Saroy* D. ABC
41. Kim 1314-yilda islomni davlat dini deb e'lon qiladi?
A. O'zbekxon (1312-1342)*  B. Jonibek (1342-1357) 
C. Berkaxon D. A va B
42. Kimning davrida Oltin O'rda shaharlari gullab yashnagan?
A. O'zbekxon  B. Jonibek
C. O`rxon D. A va B*
43. …. dunyoning eng katta shaharlari qatorida bo'lgan.
A. Saroy botu  B.  Saroy berka C. ibodatxonalar D. A va B
44. Kimning vafotidan so'ng Oltin O'rda taxti uchun kurash boshlangan?
A. Xulaku             B. Mamay C. O`zbekxon   D. Jonibek*
45. Qachon To'xtamishxon Oltin O`rdani o`n besh yilga yana biriashtiradi?
A. XII asr boshlarida B. XIII asr oxirida
C. XIV asrning oxirida* D. XV asrda
46. Davlat tarixining fojiali sahifalari aynan kimning hukmdorligi bilan bog'liqdir?
A. O'zbekxon  B. Jonibek      C. O`rxon     D. To`xtamishxon*
47. Amir Temur Jo'ji ulusiga qarshi necha marta yurish qiladi?
A. 6 marta             B. 3 marta*  C. 7 marta   D. 8 marta
48. Shimoliy Kavkazdagi 1395-yilgi To'xtamishning Amir Temurdan mag'lubiyati qaysi shaharlarini vayron ctilishiga sabab 
bo'ladi?
A. Saroy   B. Saroy Berka C. Astraxan  D. ABC*
49. To'xtamishning Amir Temurdan mag'lubiyatidan keyin savdo yo'llari qaysi tomonga siljiydi?
A. g`arb B. sharq C. shimol D. janub*
50. Kimning yurishlari Oltin O'rdani uzil-kesil zaiflashtiradi?
A. Amir Temur* B. Yustinian
C. O`zbekxon D. A va C
51. Oltin O'rda qachondan qator xonliklarga bo'linib kctadi?
A. XII asr boshlarida B. XIII asr oxirida
C. XIV asrning oxirida D. XV asrning birinchi yarmida*
52. Xonliklardan eng yiriklari …. bo'lgan.
A. Qrim, Qozon B. Sibir, Qozoq xonliklari
C. No'g'ay O'rdasi D. ABC*
 

Usmonlilar davlatining tashkil topishi. Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoli-g‘arbiy hududida tashkil topgan edi. Keng istilolar Usmonlilar qo‘shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo‘shilishini ta’minlaydi. Usmonli turklar harbiylari

Sulola asoschisi Usmon (1299–1326) davrida qator yurishlar uyushtirilib, Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi. • Dastlab beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda bo‘lgan. Xususan, bey unvoni Usmon va O‘rxonga qabila boshliqlari yig‘inida berilgan. • O‘rxonning boshqaruvi paytida ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi. Tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo‘linadi.

Bolqon yarimorolidagi istilolar. Usmonlilar istilosiga qadar Bolqon yarimorolida: Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik davlatlar mavjud edi. Bolqondagi dastlabki bosqinlar XIV asr o‘rtalarida bo‘lgan. Turklar uning asosiy qismini keyingi o‘ttiz yil davomida egallaydilar .

Turk sultoni Boyazid (1389–1402) bu janglarda o‘zining tezkor g‘alabalari bilan shuhrat qozonib – Yildirim (yashinday tez, shiddatli) nomini oladi. Boyazid Yildirim bilan Amir Temur o‘rtasidagi Anqara jangi. O‘rta asr arab miniatyurasidanSultonning Konstantinopolni qamal qilishi Yevropani sarosimaga solib qo‘yadi. Ayni paytda Amir Temur ning Boyazidga qarshi Kichik Osiyo yurishi boshlanadi.

1402-yilning yozida A nqara yaqinidagi jangda sohibqiron qo‘shinlari Boyazid lashk arini ye ngadi . Usmonlilar sultoni Mexmet II yuz minglik qo‘shini bilan Konstantinopolni qamal qiladi. 1453-yilning mayida Konstantinopol turklar tomonidan olinadi. Vizantiyaning so‘nggi imperatori jangda halok bo‘ladi.