logo

Viloyat, shahar, tuman hokimliklarining

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1241.513671875 KB
 Viloyat, shahar, tuman hokimliklarining
        yuridik xizmati • Viloyat,  shahar  va  tuman  hokimliklarida  huquqiy  ishlarni  amalga  oshirish  uchun 
yuridik  xizmat  tashkil  qilinadi.  Viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklarida  ilgari 
huquqiy ishlarni olib borish Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik 
va  favqulodda  vaziyatlar  masalalari  bo`yicha  guruh  zimmasiga  yuklatilgan  edi. 
Viloyat  hokimliklarida  boshqaruv  apparati  tashkiliy  tuzilmalarining  faoliyatini 
takomillashtirish  hamda  ularga  yuklangan  funksiyalarning  bajarilishi  uchun  zarur 
shart-sharoitlarni  ta`minlash  maqsadida  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  2004  yil  5  yanvardagi  “Davlat  boshqaruvi  hududiy  organlari 
tuzilmasini  takomillashtirish  to`g`risida”gi  Qarori  hamda  O`zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  2005  yil  10  avgustdagi  “Toshkent  shahar  hokimligi  boshqaruv 
apparati  tuzilmasini  tasdiqlash  to`g`risida”gi  Qarori  bilan  viloyat  va  Toshkent 
shahar hokimliklarida yuridik xizmatni Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy 
safarbarlik  va  favqulodda  vaziyatlar  masalalari  bo`yicha  guruh  emas,  balki 
hokimlik  boshqaruv  apparatining  tuzilmasida  nazarda  tutilgan  yuriskonsult 
bajarishligi  belgilab  qo`yildi.  Bundan  tashqari  ushbu  qarorga  muvofiq  hokimlik 
boshqaruv  apparatidagi  yuriskonsult  o`z  funksiyalarini  bajarishda  faqat  bevosita 
hokimga bo`ysunishi qat`iy belgilab qo`yildi.   •
Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  yuridik  xizmatining  faoliyati 
asosan    normativ-huquqiy  hujjatlarni  qabul  qilishda  qonuniylikni 
ta`minlash, shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish hamda mahalliy 
davlat  hokimiyati  organlarining  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  sudda 
va boshqa organlarda himoya qilishga qaratilgan.
•
    O`zbekiston  Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining  1998  yil  24 
apreldagi 177-sonli Qarori bilan mahalliy hokimiyat organlarining ishini 
huquqiy  ta`minlash  maqsadida  tuman  va  shahar  hokimliklari  apparati 
tuzilmasida yurist lavozimi joriy etildi.

Viloyat, shahar, tuman hokimliklarining yuridik xizmati

• Viloyat, shahar va tuman hokimliklarida huquqiy ishlarni amalga oshirish uchun yuridik xizmat tashkil qilinadi. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ilgari huquqiy ishlarni olib borish Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha guruh zimmasiga yuklatilgan edi. Viloyat hokimliklarida boshqaruv apparati tashkiliy tuzilmalarining faoliyatini takomillashtirish hamda ularga yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to`g`risida”gi Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 avgustdagi “Toshkent shahar hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasini tasdiqlash to`g`risida”gi Qarori bilan viloyat va Toshkent shahar hokimliklarida yuridik xizmatni Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha guruh emas, balki hokimlik boshqaruv apparatining tuzilmasida nazarda tutilgan yuriskonsult bajarishligi belgilab qo`yildi. Bundan tashqari ushbu qarorga muvofiq hokimlik boshqaruv apparatidagi yuriskonsult o`z funksiyalarini bajarishda faqat bevosita hokimga bo`ysunishi qat`iy belgilab qo`yildi.

• Mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatining faoliyati asosan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda qonuniylikni ta`minlash, shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sudda va boshqa organlarda himoya qilishga qaratilgan. • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 apreldagi 177-sonli Qarori bilan mahalliy hokimiyat organlarining ishini huquqiy ta`minlash maqsadida tuman va shahar hokimliklari apparati tuzilmasida yurist lavozimi joriy etildi.