Viruslar tabiati haqida tushuncha
Viruslar tabiati haqida tushuncha R e ja: 1. Viruslarning ochilish tarixi. 2. Viruslarning umumiy harakteristikasi. 3. Viruslarning rivojlanishi. 4. Viruslarning klassifikatsiyasi. 5. O’simliklarning virusli kasalliklari.
Odam, hayvon va o’simliklarda ma’lum bo’lgan ko’pchilik kasalliklarning qo’zg’atuvchilari oddiy mikroskopda ko’rinmaydi. Shuning uchun L. Paster bunday kasalliklarga bakteriyalardan bir necha yuz marta kichik bo’lgan ma’ lum mikroorganizmlar sababchi bo’ladi deb taxmin qilgan edi.
Viruslarning umumiy harakteristikasi: viruslar asosan maxsus filtrdan o’tuvchi mikroblar sinfiga kiradi. Viruslarning tayoqchasimon, sharsimon, kubsimon, spermatozoidsimon va ipsimon shakli elektron mikroskop va ultramikrotom yordamida yaqqol ko’rinadi, lekin tashqi ta’sirotda ularning shakli o’zgaradi.