logo

Xo‘ja Ahror Valiy ziyoratgohi va tarixi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1453.2958984375 KB
Mavzu: X o‘ja Ahror 
Valiy ziyorat gohi va 
t ar ix i. •
Reja.
•
1. Xo‘ja Ahror Valiy hayoti.
• 2. Xo‘ja Ahror Valiy haqida chet el olimlari fikrlari.
• 3. Xo‘ja Ahror Valiy  ziyoratgohi haqida. •                  Hazrat Xo ’ ja  Ubaydulloh Ahror —  Markaziy Osiyo xalqlarining  XV 
asr  ikkinchi  yarmidagi  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy  va  tafakkur  rivojida 
muhim  o’rin  tutgan.  Naqshbandiya  tariqatining  nazariy,  amaliy  jihatlarini 
boyitib,  bu  ta’limotning  mashhur  bo’lishiga  hissa  qo’shgan  tarixiy  shaxsdir. 
U  hijriy  806  yil  ramazon  oyida  (1404  yil,  mart)  Shosh  —  Toshkent  viloyati 
muzofotlaridan  Bog’istonda  dunyoga  kelgan.  Otasi  Xoja  Mahmud  va 
buvalari  ma’rifatli  kishilardan  bo’lib,  dehqonchilik  va  tijorat  bilan 
shug’ullangan. Ona tarafidan Xoja Ahror mashhur Shayx Xovandi Tahurga 
borib ulanadi. Xo’ja  Ahror  boshlang’ich  ma’lumotni 
Toshkent  madrasalarida  olib,  yoshlik 
chog’laridanoq  muqaddas  joylarni 
ziyorat  qilishga  moyillik  ko’rsatadi  va 
23—24  yoshlarda  tog’asi, 
zamonasining  bilimdon  kishilaridan 
bo’lgan  Xoja  Ibrohim  uni 
Samarqandda  o’qitishni  maqsad  qilib 
qo’yadi.   • Xo’ja Ahror ko’proq tasavvuf ilmiga qiziqadi. Shu maqsadda Hirotga kelib, 
1428—1431  yillar  orasida  Shayx  Bahovuddin  Umar,  Shayx  Zayniddin 
Xavofiy  kabi  taniqli  mutasavvuf  bilimdonlari  suhbatida  bo’ladi.  So’ng 
Chag’oniyonning  Xulg’atu  mavzeida  istiqomat  qiluvchi  Xoja  Bahovuddin 
Naqshbandning shogirdi bo’lgan Ya’qub Charxiy (vafoti 1447)ga qo’l berib, 
undan  Naqshbandiya  tariqati  asoslarini  o’rganadi.  1431—1432  yillar 
orasida  Xoja  Ahror  Toshkentga  qaytib,  Naqshbandiya  tariqatining  yirik 
arbobi  Bahovuddin  Naqshband  ta’limotining  davomchisi  sifatida  tanilib, 
ayni vaqtda dehqonchilik va tijorat ishlari bilan mashg’ul bo’ladi. • Manbalarda  ko’rsatilishicha,  Xoja  Ahrorning  xo’jalik  faoliyati  tez  orada 
juda keng rivoj topadi. Chunonchi, «Rashahot» asari muallifi Faxriddin Ali 
Xoja  Ahror  yerlari  Toshkent  viloyatidan  to  Amudaryo  sohillarigacha 
bo’lgan  hududda  1300  dan  ortiq  ekinzorlarni  tashkil  etganini  eslatadi. 
Shunisi  e’tiborga  sazovorki,  tadqiqot  ishlarida  aniqlanishicha,  mayda 
mulkchilar  soliqlardan  qutulmoq  uchun  o’z  yerlarini  Xoja Ahror  ixtiyoriga 
o’tkazishgan.  Xoja  Ahrorning  hukmdorlar  oldidagi  nufuzi  shariatda 
belgilangandan  (ushr,  mol,  zakot)  tashqari  favqulodda  soliqlarni 
mehnatkashlar gardaniga yuklashdan ularni himoya etgan.   • Xo’ja Ahror yerlarining  ko’payib  borishiga bu  omil ham  bir sabab bo’lgan, 
xolos.  Dehqonchilik,  chorvachiliqdan  tashqari  Xoja Ahrorning  shaharlarda 
ham  hunarmandchilik  rastalari,  ustaxonalari  bo’lgan  va  bulardan  ham 
katta  daromad  kelib  turgan.   Savdo-sotiq  masalalarida  Xoja  Ahror  nafaqat 
Movarounnahr  hududida,  balki  Xuroson,  Hindistonga  ham  mollarni 
yuborib, sav-do qilgan. Shuni ham aytib o’gmoq lozimdirki, Xoja Ahror o’z 
xo’ja-lik  faoliyatidan  olgan  daromadning  ko’pgina  qismini  aholi  bo-shiga 
tushgan  og’ir  soliqlarni  to’lash,  diniy  va  madaniy  qurilishlarni  amalga 
oshirish kabi ishlarga sarflagan.  • Chunonchi,  Umarshayx  Mirzo Toshkent  aholisidan  250  000  dinor  hajmida  soliq  talab 
qilganida Xoja Ahror bu mablag’ning hammasini o’zi to’lab, yana 70 000 dinorni ham 
soliq  yig’uvchilarga  topshirgan.  Shuningdek,  Xoja  Ahror  tomonidan  Samarqandda, 
Toshkentda va Kobudda ham madrasalar qurdirilganligi manbalardan ma’lum.
• Naqshbandiya  tariqatining  asosiy  g’oyasi:  mehnat  bilan  mashg’ul  bo’lish  va  ayni 
vaqtda  dil  Alloh  bilan  bo’lmog’i  lozimligi  Xoja  Ahror  tomonidan  e’tirof  etilgani  va 
amalda  qo’llanilgani  uning  o’z  so’zidan  ravshandir.  «Hazrat  Abdulxoliq  G’ijduvoniy 
buyurmishlarki,  —  deydi  u  Ali  Safiyning  «Rashahot»  asarida  keltirilishicha,— 
xalqning  og’irini  yengil  qilmoq  darkor,  ammo  bunga  halol  kasb  bilangina  erishiladi. 
«Qo’l ish bilan, dil yor (Alloh) bilan» shiori Xojagon tariqatida muqarrardir». Xoja Ahror Valiy maqbarasi. Samarqand • Xo’ja  Ubaydulloh Ahrorning  mamlakat  siyosiy  hayotida  faol  ishtiroki  1451
—1452  yillarga  oiddir.  1447  yili  Temuriylar  davlati  bosh  hukmdori 
Shohruxning,  1449  yili  esa  Movarounnahr  hukmdori  Mirzo  Ulug’bekning 
vafotidan  so’ng  bir  necha  yil  Temuriy  shahzodalar  orasida  taxt  uchun 
kurash  boradi.  1451  yili  shahzodalardan  biri  Abu  Sa’id  Mirzo  Toshkentda 
bo’lib,  Xo’ja  Ahrorni  o’ziga  ma’naviy  madadkor  deb  taniydi  va  shu  yili 
Mirzo  Abdullo  bilan  bo’lgan  jangda  qo’li  baland  kelib  Samarqandni 
egallaydi hamda Xo’ja Ahrorni Toshkentdan Samarqandga ko’chirib keladi. • Xo’janing  Samarqandda  muqim  turishi  ana  shu  1451  yildan  boshlanadi.  Uning 
mamlakatdagi  siyosiy  jarayonlarda  ishtiroki  1454  yilga  oid  bo’lib,  shu  yili  Xuroson 
hokimi  Abul-qosim  Bobur  Samarqandni  qamal  qilganida  Xo’ja  Ahror  shahar 
himoyachilariga  bosh  bo’lib,  dushmanni  sulh tuzishga majbur etadi. Shu bilan Xo’ja 
Ahrorning  shahzodalar  orasidagi  nizolarni  sulh  bilan  yakunlab,  mamlakatda 
osoyishtalik  o’rnatishga  qaratilgan  siyosiy  faoliyati  umr  bo’yi  davom  etadi.  Uning 
1458  yili  Shohruxiyada  o’zaro  qonli  to’qnashuvga  tayyor  uch  huqmdor:  Sulton Abu 
Sa’id  (1451—1469)ning  o’g’illari  Sulton  Ahmad  Mirzo,  Umarshayx  Mirzo  va 
Yunusxon  (1462—1487)ning  o’g’li  Sulton  Mahmudlar  orasidagi  nizoni  sulh  bilan 
bartaraf qilganligi manbalarda ko’p talqin etilgan. •
Xo’ja Ahror Valiy 1490 yilda vafot etgan va Samarqandda dafn etilgan.
•
Xo’ja Ahror qalamiga mansub uch risola bizgacha yetib kelgan. Ulardan biri — «Faqarot 
ul-orifin»  («Oriflar  so’zlaridan  parchalar»)  nomi  bilan  mashhur  bo’lib,  unda  Xo’ja 
Ahrorning  va  ba’zi  boshqa  tasavvuf  namoyandalarining  tariqatga  oid  fikrlaridan 
namunalar keltirilgan. «Volidiya» deb nomlangan ikkinchi risolasini Xo’ja Ahror o’z otasi 
iltimosiga  ko’ra  yozgan.  Unda  tariqat  yo’liga  kirgan  kishining  axloq-odobi,  faqr  va  fano 
tushunchalari haqida so’z boradi. Bu risola o’z davrida mashhur bo’lib, Jomiy va Alisher 
Navoiylar u bilan yaqindan tanishganlar. Zahiriddin Muhammad Bobur esa uni forsiydan 
o’zbek  tiliga  she’riy  tarjima  qilgan.  Uchinchi  risola  «Havroiyya»  deb  atalib,  mashhur 
mutasavvuf  shoir  Abu  Sa’id  Abulxayrning  (XI  asr)  ushbu  «Havro»  («Hurlar»  yoki 
«Farishtalar») so’zi bilan boshlanuvchi bir ruboiysini sharhlashga bag’ishlangan.   • Bulardan  tashqari  Xo’ja  Ahror  tomonidan  o’z  zamondoshlariga  yozilgan 
anchagina  ruq’a  —  nomlari  ham  bizgacha  yetib  kelganki,  ularni  ham 
mazkur  asarlar  sirasiga  kiritish  joiz,  chunki  ularda  muallifning  o’z  davri 
ma’naviy,  ijtimoiy  va  siyosiy  hayotida  tutgan  o’rni  aks  etadi.  Xatlar  turli 
to’plam  va  manoqiblar sahifalari  orqali  bizgacha  yetib kelgan.  Ulardan  eng 
muhimi  «Majmuayi  murosalot»  deb  nomlangan  XV  asr  dastxatlar  to’plami 
tarkibidagi  ruq’alardir.  To’plam  Alisher  Navoiy  buyrug’i  bilan  tuzilgan  va 
shuning  uchun  «Navoiy  albomi»  deb  ham  ataladi  (O’zR  FA  Sharqshunoslik 
instituti qo’lyozmalar fondi, raqam 2178).  •
Unda  Xo’ja  Ahrorning  128  dona  ruq’alari  mavjud.  Ular  Samarqanddan 
Hirotga  —  Husayn  Boyqaroga  va  aksari, Alisher  Navoiyga  yozilgan.  Bu  haqda 
«Nasoim  ul-muhabbat»  asaridagi  Navoiyning  o’z  so’zlari  tasdiqlaydi:  «…
Alarning  bu  haqir  ila  iltifotlari  ko’p  bor  uchun  vahiy  osor  ruq’alari  bilan 
musharraf  qilib,  ishlarga  ma’mur  qilur  erdilar,  ul  ruq’alarni  muraqqa  yasab, 
jazval  va  takallufot  bila  asrarmen».  Mazmun  jihatdan  ruq’alarni  uch 
turkumga  bo’lib  sharhlash  mumkin:  birinchisi  —  bu  Movarounnahr  va 
Xurosonda  hukmronlik  qilgan  Temuriy  hukmdorlar,  chunonchi,  Badaxshon 
hokimi  Sulton  Mahmud  (1459—1494),  Movarounnahr  hokimi  Sulton  Ahmad 
(1468—1493)  hamda  Sulton  Husayn  Boyqarolar  orasidagi  siyosiy,  hududiy 
munosabatlarga doir xatlar. •
Ikkinchi  tur  xatlarda  esa  Xo’ja  Ahror  shariat  qonun-qoidalarini  mustahkamlash  va  bu 
orqali  mamlakatda  adolat  o’rnatish,  musulmonlar,  ya’ni  oddiy  raiyatlarga  jabru  zulm 
o’gkazishdan  zolimlar  qo’lini  ko’toh  qilish  kabi  fikrlarni  ifodalaydi,  ba’zan  esa 
adolatsizlikka  uchragan  biror  jabrdiydaning  aniq  nomini  aytib,  yordam  ko’rsatishni 
so’raydi.
• Uchinchi  turkum  xatlarga  kelsak,  ular  Xo’ja Ahror  va  uning  yaqin  muridlarining  Xuroson 
hududida  olib  bergan  xususiy  xo’jalik  hamda  savdo-sotiq  ishlariga  va  shular  bilan  bog’liq 
soliq-yig’inlar  masalasiga  oiddir.  Bu  xatlarda  Xo’ja Ahror  o’z  davrining  yirik  yer-suv,  mol-
mulk egasi sifatida gavdalanadi, o’zining va yaqin kishilarining manfaatlari Xurosonda ham 
himoya  qilinishiga  intiladi.  Ammo,  aytib  o’gish  lozimki,  bu  turdagi  xatlar  orasida  ham 
ba’zan  oddiy  adolattalab  kishilar  huquqini  himoya  qilishga  qaratilgan  iltimoslar  uchrab 
turadi.  •
Xo ’ ja Ahror majmuasi — Samarqand atrofidagi me moriy yodgorlik (15—ʼ
20-a.lar); Samarqand tumanidagi Ulug bek qishlog i hududida. Xoja Axror 	
ʻ ʻ
qabri yaqinida turli davrlarda bunyod etilgan Nodir Devonbegi madrasasi, 
ikki  ayvon,  masjid,  minora  hamda  hovuzli  hovlidan  iborat  majmua. 
Majmuaning  markazi  8  yoqli  hovuz,  uning  jan.da  Xoja  Axrorning  oq 
marmarli qabrtoshi bor, qabrtoshiga arab yozuvida husnixat bilan marsiya 
yozilgan.  Shimolida  Nodir  Devonbegi  madrasasi,  to rtburchak  hovlining 	
ʻ
atrofida  hujralar  joylashgan;  hovlining  g arbida  ayvon  bor,  bezaklari  17-	
ʻ
asrga  xos,  marmar  kursili  ustunlar  boshasi  muqarnasli,  shifti  3  qismga 
bo linib,  yulduzsimon  shakldagi  hovuzaklar  ishlangan.  Ikkinchi  murabba 	
ʻ
tarxli  ayvonning  sharqiy  tomoni  ochiq,  qolgan  uch  tomoni  kalin  devor 
bilan  o ralgan,  devorlariga  chuqur  ravoqlar  ishlangan;  yon  tomonidan 	
ʻ
masjidga  kiriladi.  Masjid  sinchli  bino  bo lib,  to g ri  to rtburchak  tarxli, 	
ʻ ʻ ʻ ʻ
yog och  ustun  to sinli,  shifti  vassali,  nafis  naqshlar  bilan  serhasham 	
ʻ ʻ
bezatilgan. Masjid  izorasiga  koshinkori  naqshlar  ishlangan,  mexrob  va  ravoklari 
muqarnaslar  bilan  to ldirilgan,  yuqoridagi  hoshiya  qatorlar  qirma  usulida ʻ
bajarilgan.  Hujralar  hovlining  shim.da  joylashgan,  sodda,  bezaksiz.  Hovuz 
yonida  tagi  6  qirrali  minora  qad  ko targan.  Ta mir  vaqtida  tomi  tunuka 	
ʻ ʼ
bilan  yopilgan.  Ta mirlashda  usta  Sa dulla  (1909),  ganchkor  usta 	
ʼ ʼ
Tursunboy  Ismoilov  (1921),  duradgor  usta  Hafiz  va  boshqa  qatnashgan. Foydalanilgan adabiyot
1.T oshkent  allomalari  va  tarixiy  shaxslari (ikkinchi  kitob)Abdulaziz 
Muhammadkarimov   “Toshkentnoma”.	
 2009 yil

Mavzu: X o‘ja Ahror Valiy ziyorat gohi va t ar ix i.

• Reja. • 1. Xo‘ja Ahror Valiy hayoti. • 2. Xo‘ja Ahror Valiy haqida chet el olimlari fikrlari. • 3. Xo‘ja Ahror Valiy ziyoratgohi haqida.

• Hazrat Xo ’ ja Ubaydulloh Ahror — Markaziy Osiyo xalqlarining XV asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va tafakkur rivojida muhim o’rin tutgan. Naqshbandiya tariqatining nazariy, amaliy jihatlarini boyitib, bu ta’limotning mashhur bo’lishiga hissa qo’shgan tarixiy shaxsdir. U hijriy 806 yil ramazon oyida (1404 yil, mart) Shosh — Toshkent viloyati muzofotlaridan Bog’istonda dunyoga kelgan. Otasi Xoja Mahmud va buvalari ma’rifatli kishilardan bo’lib, dehqonchilik va tijorat bilan shug’ullangan. Ona tarafidan Xoja Ahror mashhur Shayx Xovandi Tahurga borib ulanadi.

Xo’ja Ahror boshlang’ich ma’lumotni Toshkent madrasalarida olib, yoshlik chog’laridanoq muqaddas joylarni ziyorat qilishga moyillik ko’rsatadi va 23—24 yoshlarda tog’asi, zamonasining bilimdon kishilaridan bo’lgan Xoja Ibrohim uni Samarqandda o’qitishni maqsad qilib qo’yadi.

• Xo’ja Ahror ko’proq tasavvuf ilmiga qiziqadi. Shu maqsadda Hirotga kelib, 1428—1431 yillar orasida Shayx Bahovuddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavvuf bilimdonlari suhbatida bo’ladi. So’ng Chag’oniyonning Xulg’atu mavzeida istiqomat qiluvchi Xoja Bahovuddin Naqshbandning shogirdi bo’lgan Ya’qub Charxiy (vafoti 1447)ga qo’l berib, undan Naqshbandiya tariqati asoslarini o’rganadi. 1431—1432 yillar orasida Xoja Ahror Toshkentga qaytib, Naqshbandiya tariqatining yirik arbobi Bahovuddin Naqshband ta’limotining davomchisi sifatida tanilib, ayni vaqtda dehqonchilik va tijorat ishlari bilan mashg’ul bo’ladi.